Ochiq taqsimlash qurilmalariga oʻrnatiladigan ajratkichlar tegishli izolyatsiyaga ega boʻlishi va oʻz vazifasini atrof-muhit sharoitlari noqulay boʻlganda ham ishonchli bajarishlari shart.
Oʻz vaqtida kesuvchitipidagiajratkichlarkeng qoʻllanilar edi. Ularning kamchiligi boʻlib pichoqni uzgan holatidagi gabaritining kattaligi hisoblanadi. Masalan, РОН (3)-500/2000 ajratkichning pichog’i koʻtarilganda balandligi 9,8 m ga yetadi. Pichoqni koʻtarishda sarflanadigan kuchni kamaytirish uchun shuningdek, balandligi boʻyicha gabaritlarini kichraytirish uchun ajratkichning pichog’i ikki qismdan iborat qilib yasaladi. Ikkita yarim pichoqlari vertikal harakatlanadigan shunday (РНВ-500) ajratkich 4.10-rasmda koʻrsatilgan. Uning uzilgan holatdagi balandligi 8,45 m. Ajratkich ikkita yerga tutashtiruvchi pichoqqa ega boʻlib, bosh pichoqlar yuritmasi - elektr dvigatelli (ПДН), yerga tutashtiruvchi pichoqlar qoʻlda harakatlantiriladi.
Gorizontal burilma tipdagi ajratkichlar 10-750 kV kuchlanishga moʻljallab ishlab chiqariladi. Bu ajratkichlarning keng qoʻllanilishiga sabab, ular gabaritining ancha kichikligi va boshqarish mexanizmining soddaligidir.
4.10-rasm. Vertikal-aylanuvchi РНВ-500 tipidagi tashqi qurilma uchun ajratgich: 1-yerga tutashtiruvchi pichoqlarning yuritish mexanizmi; 2-rama; 3-yerga tutashtiruvchi shina; 4-yerga tutashtirish pichog’i; 5-izolyator; 6,9,12-ekranlar (toʻsiqlar); 7-kontakt; 8-biriktiruvchi shina; 10- lamelli bosh pichoq; 11-kurakchali bosh pichoq; 12-ПДН yuritmasi
Bu ajratkichlarda bosh pichoq РНВ ajratkichlarga oʻxshash ikki qismdan iborat, biroq ular izolyatorlar kolonkalariga oʻrnatilgan boʻlib, kolonkalar burilganda gorizontal tekislikda harakatlanadi (4.10-rasm). Qutblardan biri yetaklovchi boʻlib, unga yuritma ulangan. Boshqa ikkita qutblar (yetaklanuvchi)ga tortqichlar orqali harakat beriladi. Ajratkichlar bir yoki ikkita yerga tutashtiruvchi pichoqqa ega boʻlishi mumkin. Ajratkichning kontakt qismi pichoqlardan birining uchiga mahkamlangan lamellar va boshqa pichoqning oxiridagi kontakt sirtdan iborat. Ulanganda pichoq lamellar orasiga kiradi. Kontaktda bosim prujinalar
orqali hosil qilinadi.
Gorizontal burilma ajratkichlarda pichoq uzilgandan soʻng u ikki qismga
«singandek» boʻladi, shuning uchun kontaktlar muzlangan hollarda yuritmaning ishi ancha osonlashadi. Kesuvchi tipdagi ajratkichlarda muz qatlamini buzish uchun pichoqqa ilgarilama-aylanma harakat berilib, yuritma kinematikasi murakkablashar
Keng qoʻllanilgan РЛНД tipidagi gorizontal burilma ajratkichlar hozirgi paytda konstruksiyasi takomillashgan РНД va РНД (3) (ikki kolonkali yerga tutashtiruvchi pichoqlari boʻlgan, tashqi qurilma uchun moʻljallangan ajratkichlar) bilan almashtirilmoqda. 330-750 kV li ajratkichlarda kontaktlarni toʻsib turuvchi muzdan saqlovchi qoplama bor.
Ajratkichning yuritmasi ham uzilgan, ham ulangan holatda ishonchli qulflanuvchi trosli elektr tortgichidan (лебёдкадан) iborat. Yuritma ajratkichning oʻz-oʻzidan ulanib qolishidan saqlovchi tormozga ega.