Zbekiston respublikasi oliy



Download 4,4 Mb.
bet37/84
Sana01.03.2022
Hajmi4,4 Mb.
#476709
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   84
Bog'liq
elektr qurilmalar

Energetika sistemada elektr stansiya yoki podstansiyaning tutgan oʻrni, yondosh tarmoqlarning sxemalari va kuchlanishlari. Elektrostansiya yoki podstansiyalarning yuqori kuchlanishli shinalari energosistemaning tugun (uzlovoy) nuqtasi boʻlib, unda bir nechta elektrostansiyalarni parallel ishlashga biriktiriladi. Bu holda shinalar orqali energosistemaning bir qismidan boshqasiga doimo quvvatni oʻtkazib turish - quvvatni tranzitlash mumkin. Bunday elektrqurilmalar sxemasini tanlashda, birinchi navbatda, quvvatni tranzitlash masalasini hisobga olish lozim.
Podstansiyalar boshi berk (tupikli), oʻtiladigan (проходной), ajragan (отпаечный) boʻlishi mumkin; bunday podstansiyalarning ulanish sxemalari hatto bir xil sonli va quvvatli transformatorlarda ham turlicha boʻladi.
6-10 kV li taqsimlash qurilmalarining sxemalari iste’molchilarning elektr bilan ta’minlanish sxemasiga: yakka yoki parallel liniyalar bilan ta’minlash, iste’molchilarda ishga solinadigan rezervlarning mavjudligi va hokazoga bog’liq boʻladi.
Elektr bilan ta’minlash ishonchliligi darajasiga qarab iste’molchilar (toifasi) kategoriyasi. Elektr bilan ta’minlash ishonchliligi nuqtayi nazaridan hamma iste’molchilar toifalarga boʻlinadi.
Elektr stansiya, podstansiya va tarmoqning yondashgan uchastkasini kengaytirish istiqboli hamda taraqqiy ettirishning oraliq bosqichlari. Taqsimlash qurilmalarining sxemasi hamda joylashishini energetika sistemaning taraqqiy etishida ulanishlar sonining ortish imkoniyatini hisobga olib tanlash lozim boʻladi. Yirik elektr stansiyalar navbati bilan qurilganligi uchun ulash sxemasini tanlashda birinchi, ikkinchi, uchinchi navbatda va uni tugal rivojlantirishda ishga tushiriladigan agregat va liniyalar soni hisobga olinadi.
Podstansiya sxemasini tanlashda yuqori va oʻrta kuchlanishli liniyalar soni
bilan ularning mas’uliyat darajasini hisobga olish lozim, shuning uchun turli rivojlanish bosqichida podstansiya sxemasi turlicha boʻlishi mumkin.
Stansiya va podstansiya taqsimlash qurilmalari sxemasining bosqichli rivojlanishi katta oʻzgartirishlarga olib kelmasligi kerak. Bunga sxemani tanlashda uning rivojlanish istiqbolini hisobga olgandagina erishish mumkin.
Elektr qurilmalarning sxemalarini tanlashda q.t. toklarining yoʻl qoʻyilgan darajasi hisobga olinadi. Ehtiyoj tug’ilsa, tarmoqlarni seksiyalash, elektr qurilmani mustaqil ishlovchi qismlarga boʻlish va maxsus tok chegaralovchi qurilmalarni oʻrnatish kabi masalalar hal qilinadi.
Elektr qurilmaning bosh sxemasini tanlashga ta’sir etadigan kompleks shartlardan sxemalarga qoʻyiladigan quyidagi asosiy talablarni koʻrsatish mumkin:
iste’molchilarni elektr bilan ta’minlashning ishonchliligi; remont ishlarining bajarilishiga moslanganligi;
elektrik sxemaning operativ ixchamliligi; iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi.
Ishonchlilik - bu elektr qurilmaning elektr tarmog’i uchastkasining yoki energetika sistemaning iste’molchilarini belgilangan sifatdagi elektr energiyasi bilan uzluksiz, toʻla ta’minlash xususiyatidir. Sxemaning istagan joyidagi asbob- uskunaning buzilishi, elektr bilan ta’minlashni, sistemaga energiya berishni, shina orqali quvvatni tranzitlashni mumkin qadar buzmasligi kerak. Sxemaning ishonchliligi shu elektr qurilmadan ta’minlanayotgan iste’molchining harakteri kategoriyasiga toʻg’ri kelishi kerak.
Ishonchlilikni iste’molchilarni elektr bilan ta’minlashning buzilish davomiyligi hamda chastotasi va energetika sistemasi bilan uning ayrim tugunlari (uzellari)ni yetarli darajada avariyasiz ishlashini ta’minlash uchun kerak boʻladigan avariya rezervining nisbiy kattaligi bilan baholash mumkin.
Elektr qurilmalarining remont ishlariga moslanganligi iste’molchilarni elektr bilan ta’minlashni cheklamasdan yoki buzmasdan turib, remont ishlarini olib borish imkoniyatiga ega boʻlishi bilan baholanadi. Shunday sxemalar borki, uchirgichni remont qilish uchun uni remont tamom boʻlguncha uzib turish kerak
boʻladi, boshqa sxemalarda ulanganlardan ayrimini maxsus remont sxemasini tuzish uchun vaqtincha uzib turish talab etiladi; uchinchilarda - uchirgichlarni remont qilishda elektr bilan ta’minlash hatto qisqa vaqtga ham uzilmay amalga oshiriladi. Shunday qilib, koʻrilayotgan sxemaning remont ishlarini amalga oshirish uchun moslanganligini son jihatidan quyidagicha: asbob-uskunalarni remont qilish va iste’molchilarni uzish chastotasi hamda oʻrtacha davomnyligi bilan baholash mumkin.
Elektr sxemaning operativ ixchamliligi kerakli ekspluatatsion rejimlarni hosil qilish va operativ qayta ulanishga moslanganligi bilan aniqlanadi.
Sxemaning eng katta operativ ixchamliligi operativ qayta ulashlar uzoqdan (distansion) boshqariluvchi yuritmaga ega boʻlgan uchirgich yoki boshqa kommutatsion apparatlar tomonidan amalga oshirilgandagina ta’minlanadi. Agar hamma qayta ulashlar uzoqdan, avtomatika vositasi yordamida amalga oshirilsa, yana ham yaxshiroq boʻlardi, u holda avariyani yoʻqotish ancha tezlashar edi.
Operativ ixchamlilik operativ qayta ulanishlar soni, murakkabligi va davomiyligi bilan baholanadi.
Sxemaning iqtisodiy maqsadga muvofiqligi kurilmani qurish uchun sarflangan kapital mablag’, uni ekspluatatsiya qilish va elektr bilan ta’minlash buzilganda koʻrilgan zararlarni oʻz ichiga oladigan umumiy sarf miqdori bilan baholanadi.
Qilingan harajatlarni hisoblash metodikasi quyida batafsil bayon etilgan.

Download 4,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish