10. Nafosat tarbiyasi
Nafosat tarbiyasi barkamol shaxs tarbiyasining ajralmas tarki-
biy qismidir. 0 ‘quvchilarda nozik didlilikni, go^H ikni fahmlay va
qadrlay olishga o‘rgatish nafosat tarbiyasining asosiy masalalaridan
biridir.
Nafosat tarbiyasi (estetik tarbiya) bu o‘quvchilami voqelik-
dagi, san’atdagi, tabiatdagi, kishilaming ijtimoiy va mehnat
munosabatlaridagi, turmushdagi go‘zallikni idrok qilish hamda
to‘g‘ri tushunishga o‘rgatish, ulaming badiiy didini o‘stirish, ularda
go‘zallikka muhabbat uyg‘otish va hayotiga go‘zallik olib kirish
qobiliyatlarini tarbiyalashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |