‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 19,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet212/412
Sana15.07.2021
Hajmi19,15 Mb.
#120500
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   412
Bog'liq
Umumiy pedagogika Mavlonova R.A

-  s h a x s i y  

ibrat,  ya’ni,  ota-onaning  amalda  tabiatni  asrashga 

harakat qilishi, bevosita o‘z faoliyatlari orqali buni isbotlab berishi.

Ota-ona,  bobo-momolami  e’zozlash,  kattalarga  hurmat, 

kichiklarga  izzat,  oilani  muqaddas  bilish,  er-xotin  o‘rtasidagi 

muomalada  teng  huquqlilik  farzandlar  tarbiyasiga  mas’ullik, 

qarindoshlik  urug‘chilik  munosabatini  me’yorida  olib  borish, 

yaxshi  qo‘shnichilik  munosabatlarini  o£matish  — bular  umumin- 

soniy  qadriyatlaming  eng  oddiy  ko‘rinishlaridir.  Chunki  oila 

vakillari tor darajadagi qiziqishlaridan umuminsoniy qadriyatlarga 

ko‘proq  yaqin  bo‘lishi,  odamlar o‘rtasidagi  milliy,  irqiy,  ijtimoiy 

farq-’larga falsafiy qaray bilishlari kerakligini hayot ko'rsatmoqda.

Ilmiy tarbiya esa bolaga dastlabki ekologik ko‘nikmalar paydo 

bo‘lgandan  so‘ng,  mustahkamlovchi  omillar  sifatida  singdiriladi. 

Masalan,  ekologiyaga  oid  maqolalami  sodda  bir  tarzda  sharhlab 

tushuntirishni,  oilaviy  dasturxon ustida  sulibat chog‘ida  ekplogik 

fojialar har bir insonning aybi bilan yuzaga kelishini isbotlab berish 

orqali amalga oshiriladi. Ko‘rgazmali tarbiya esa bevosita onaning 

xatti-harakati  orqali  bola  mustaqil  ish  bajara  oladigan  yoki  ona 

bilan  birga  ish  qila  boshlagan bir  paytda  olib  boriladi.  Masalan, 

uydagi gullami ehtiyotkorlik bilan, hayvonlar, qushlami mehr bilan 

parvarishlashi, suv, gazning tejab ishlatilishi va boshqa ishlarni olib 

borishi,  shuningdek,  ko‘chalarning  go‘zal  joylarini  alohida 

ko‘rsatish,  yoki  chiqindi uyumlarini,  sindirilgan  daraxt,  toptalgan 

o‘t-o‘lanlami bolaga ko‘rsatib, unday ishni qilgan bolalami yaxshi 

inson bo‘lib yetisha olmasligini misollar bilan aytish orqali amalga 

oshiriladi.

305



Aslida,  bu  tarbiya uzluksiz,  mantiqiy izchillik bilan har doim 

davom  etishi  lozim.  Bunday  tarbiya  uchun  avvalo,  ota-onaning 

o‘zlari ekologik ma'lumotga ega bo‘lishi zarur. Hech bir oilayo‘qki 

o‘z  farzandlarining  barkamol  bo‘lishini  xohlamasa,  hech  bir  zot 

yo‘qki,  go‘zal,  xushhavo,  serobgarchilik  yurtni  istamasa.  Zero, 

ekologik  tarbiya  barkamol  insonning  o‘zagidir.  Oilada  bola 

o'simlik 

va  hayvonlami 

e’zozlash, 

avaylash  mohiyatini 

tushunmasa  va  bilmasa,  kundalik  turmushda  unga  o‘rgatilmasa, 

bolaning umumiy tarbiyasida tabiatni qadrlash, e’zozlash fazilatlari 

va  u  bilan  bog‘liq  axloqiy  va  insoniy  ko‘nikmalari  yetishmaydi. 

Hozirgi  sharoitda  ekologiya  muammosi  axloqiy  ongning  bu 

masalaga oid tomonlarini chuqur va har tomonlama o‘rganish ilmiy 

uslubiy  asoslangan  amaliy  tavsiyalar  berish  kerakligini  taqozo 

etmoqda.  Umuman  olganda,  inson  umrini  qamrab  oladigan 

ekologik  ta’lim-tarbiya  tizimini  takomillashtirish  payti  keldi. 

Bugungi  kunda tabiat  va  uning  boyliklariga  nisbatan bo‘layotgan 

ehtiyotkorlik  ko‘pgina  obyektiv  ehtiyojlar  tufayli  emas,  balki 

ekologik 

madaniyatsizlik, 

tabiatdagi 

o‘zaro 


aloqadorlikni 

tushunmaslik oqibatida  sodir bo‘lmoqda.  Tabiatga yetkaziladigan 

salbiy  ta’sir  asta-sekin  kishilar  hayoti  uchun  xavf  tug‘dirishini 

aholi, ayniqsa yoshlar ongiga singdirish darkor. Yoshlami ekologik 

ruhda  tarbiyalash  dastawal  oilada  boshlanadi.  Xalqimizda  bola 

boshdan  degan  naql  bor.  Yoshlikdagi  to‘g‘ri  tarbiya  kamolotni 

ta’minlaydi.  Ekologik  tarbiyaning  o‘ziga  xos  va juda  murakkab 

xususiyatlarini  hisobga  olgan  holda,  uni  ekologik  ma’naviyat  va 

ommaviy  tarbiya  ishlarining  muhim  tarmoqlaridan  biri  sifatida 

yuqori  darajaga  ko‘tarmoq  kerak.  Bizning  farzandlarimiz 

kamolotga yetishlari uchun oilada sog‘lom muhit barqaror bo‘lishi 

lozim.  Oila  asosi  er-xotin  orasidagi  munosabatlar  samimiy,  bir- 

biriga mehribon bo‘lib, yolg‘on gaplarsiz, gumonsiz ochiq chehra

shirin  so‘z  orqali  kechishi  oiladagi  ruhiy va  ma’naviy  muhitning 

sozligini  ta’minlaydi.  Shu  o‘rinda  birinchi  navbatda  oilada  ota- 

onaning ekologik ma’lumotlar bo‘yicha pedagogika madaniyatini 

hamda  uni  amaida  qo£llashga  o‘rgatish  bilan  ta’lim  berish 

muammolarini ham hal etish darkor.  Shuningdek, oilada bolalarga 

ekologik tarbiya haqida ma’lumot berish hamda hayotda qo‘llashga



o‘rgatuvchi  ko‘nikma va milliy urf-odatlami  shakllantirish lozim. 

Bu  muhim  muammoni  hal  qilmay  oilada  bolalami  ekologik 

tarbiyalash mushkuldir. Inson hayoti bilan tashqi muhit o‘rtasidagi 

bog‘liqlikni hech kim  inkor etmaydi.  Lekin uni ko'pincha yuzaki 

tushunamiz.  Aslida,  mana  shu  nuqtayi  nazar,  tasavvur  insonni 

tashqi olamdan ajratib qo!yishi mumkin.  Ekologik madaniyat, eng 

awalo,  insonning  o'*z-o‘zini  bilishidan  boshlanadi.  Ekologik 

madaniyat sohibi bo'lish, tabiatga zarar keltirish emas, balki uning 

gullab  yashnashi,  yanada  yaxshilanishiga  hissa  qo‘shish,  unga 

yomon  munosabatda bo‘Iganlarga  qarshi  mardonavor  kurashmoq 

ham demakdir.


Download 19,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish