‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


 ‘qituvchilarning zamonaviy axborot texnologiyalari



Download 19,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet316/412
Sana15.07.2021
Hajmi19,15 Mb.
#120500
1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   412
Bog'liq
Umumiy pedagogika Mavlonova R.A

0 ‘qituvchilarning zamonaviy axborot texnologiyalari 

imkoniyatlaridan foydalanish malakalarini shakllantirish

O‘zbekistonda ta’lim-tarbiya  sohasini  isloh  qilishning  asosiy 

omillaridan  biri,  bu  ta’lim  jarayonlariga  zamonaviy  axborot  va 

kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishdir.

Nima uchun bugungi kunda ta’limda axborot texnologiyalarini 

joriy etishning nazariy  asosini yaratish va amaliyotga tatbiq etish 

zaruriyati  paydo  bo'ldi?  Birinchidan,  o'qituvchini  o‘quv 

jarayonining tashkilotchisi sifatida emas, balki bilimlami egallash 

manbalaridan biriga aylanib qolayotganligini ta’kidlash mumkin.

Ikkinchidan,  ilmiy-texnik  taraqqiyotning  rivojlanayotgan 

bosqichida  axborotlaming  keskin  ortib borayotganligi  va  ulardan 

o‘qitish jarayonida foydalanish uchun vaqtning chegaralanganligi, 

shuningdek, o‘quvchilami kasbiy faoliyatga mukammai tajyorlash 

talablari  ta’lim  tizimiga  zamonaviy  texnologiyalami joriy  etishni 

taqozo etmoqda.

Ta’lim tizimini isloh qilishning muhim yo‘nalishlaridan biri — 

axborot  va  telekommunikatsiya  texnologiyalari  bilan  ta’lim 

jarayonini  tizimli  integratsiyalash va  uni  boshqarish  hisoblanadi. 

Islohotlar jarayonida  bosh  vazifa  qilib,  o4quv  jarayonini  tashkil 

etish,  uning  mazmunini  tubdan  yangilash,  kompyuterlashgan 

muhitda o' qituvchilaming pedagogik faoliyati va o‘qu vchilaming 

bilim olish jarayonini tashkil etish bilan belgilanadi.



469


Zamonaviy  axborot texnologiyalarmmg ta’limni  intensivlash- 

tirish  va  optimallashtirish  imkoniyatlari  masofaviy  malaka 

oshirishni  tashkil  etishda  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Shuning 

uchun umumiy  o‘rta  ta’lim  maktablari,  o‘rta maxsus,  kasb-hunar 

ta’limi  muassasalari  o‘qituvchi  kadrlari  malakasini  oshirishdan 

asosiy maqsad o‘qituvchilarda zamonaviy axborot texnologiyalari 

imkoniyatlaridan  foydalanib  bilim,  ko‘nikma  va  malakalarini 

hamda pedagogik mahoratlarini shakllantirishdir.

Bugungi kunda pedagogik ta’lim samaradorligini о shir ish bilan 

bevosita aloqador bo‘lgan bir qator, hozirgacha yechimi topilmagan 

muammolar  mavjud.  Bu  muammolar  ta’lim  sohasini  axborot- 

lashtirish,  zamonaviy  axborot texnologiyalari  sohasida o‘qituvchi 

kadrlar  tayyorlash,  o‘qituvchilaming  zamonaviy  axborot-kom- 

munikatsiya  texnologiyalardan  foydalanish  malakasining  yetarli 

emasligi bilan bog‘liq.

Bu  muammolaming muhim  qirralaridan  biri  sifatida  o‘qituv- 

chilaming  o‘zlarida  ta’limni  zamonaviy  axborot  texnologiyalari 

bilan jihozlashga bo'lgan munosabatlarini ko‘rsatish mumkin.  Shu 

narsani  ta’kidlash  joizki,  axborotlashtirish  sharoitida  o‘qituv- 

chining  pedagogik  mahorati  hozirgi  zamon  talablari  darajasida 

yanada oshadi.

Hozirgi  kunda  barcha  ta’lim  muassasalari  zamonaviy  komp­

yuter  va  telekommunikatsiya  texnologiyalari  asosida  jihozlan- 

moqda.  Bu  o‘z  navbatida  o'qituvchilaming  o‘z  melmat  faoliyat- 

lariga  yangicha  yondashuvlarini  talab  etadi.  0 ‘quv  jarayonida 

yangi  texnologiyalami joriy etilishi,  o‘qituvchini  texnik  vositalar 

tomonidan siqib chiqishga emas, balki uning vazifalari, rolini o‘z- 

gartiradi,  o‘qituvchilik  faoliyatini  yanada  serqirra  kasbga  aylan- 

tiradi.

Kompyuter  va  zamonaviy  axborot  texnologiyalarmmg  jadal 

sur’atda  rivojlanishi  endilikda  hozirgi  zamon  o‘qituvchisining 

pedagogik mahorati naqadar serqirra ekanligini namoyon etmoqda. 

Hozirgi kunda zamonaviy o‘qituvchidan:

о 'quv kurslari dizayneri — o‘quv kurslarining yaratuvchisi;




Download 19,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish