‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


  M.Ralimonov.  0 ‘zbek tealri tarixi (XVIII asrdan XX asr awaligacha), «Fan», Т.,  1968-yil, 333-



Download 19,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet269/412
Sana15.07.2021
Hajmi19,15 Mb.
#120500
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   412
Bog'liq
Umumiy pedagogika Mavlonova R.A

1  M.Ralimonov.  0 ‘zbek tealri tarixi (XVIII asrdan XX asr awaligacha), «Fan», Т.,  1968-yil, 333- 

bet.

418


to‘ntarishiga  qadar  4  marta  nashr  etilgan.  Avloniy  uni  yozishda 

mavjud  darsliklarga,  birinchi  navbatda  Saidrasul  Aziziyning 

“Ustozi  aw al”iga  suyanadi  (dars  berish  jarayonida  orttirgan 

tajribalaridan  samar ali  foydalanadi).  Avloniyning  “Ikkinchi 

muallim”  kitobi  “Birinchi  muallim”  kitobining  uzviy  davomidir. 

Biz birinchi kitobini, shartli ravishda, alifbo deb, ikkinchi kitobini 

xrestomatiya  deb  atasak  joiz  bo‘lar,  desak  xato  bo‘lmas.  Kitob 

maktabni olqishlovchi she’r bilan boshlanadi:

Maktab sizi inson qilur,

Maktab hayot ehson qilur,

Maktab g‘ami vayron qilur,

G‘ayrat qilib o‘qing, o‘g‘lon!

Maktabdadur ilmu kamol,

Maktabdadur husnu jamol,

Maktabdadur milliy xayol,

G‘ayrat qilib o‘qing, o‘g‘Ion!

Bu she’rda Avloniy maktabni insonning najot yo‘li, hayotning 

gulshani,  kishilami  kamolot  sari  safarbar  qiluvchi  lcuch,  deb 

maqtaydi.  Abdulla  Avloniyning  pedagogikaga  oid  asarlari  ichida 

“Turkiy guliston yoxud axloq” asari XX asr boshlaridagi pedagogik 

fikrlar taraqqiyotini o‘rganish sohasida katta ahamiyatga molikdir. 

“Turkiy guliston yoxud axloq” asari axloqiy va ta’limiy tarbiyaviy 

asardir.  Asarda insonlami  “yaxshilikka chaqiruvchi,  yomonlardan 

qaytaruvchi»  bir  ilm-axloq  haqida  fikr  yuritiladi.  Shu jihatlardan 

qaraganda bu  asar  Yusuf Xos  Hojibning  “Qutadg‘u bilig”, Mosir 

Xisravning  “Saodatnoma”,  Sa’diyning  “Guliston”  va  “Bo'ston”, 

Jomiyning “Bahoriston”, Navoiyning “Mahbub ul-qulub”, Ahmad 

Donishning  “Farzandlarga  vasiyat”  asarlari  shaklidagi  o‘ziga  xos 

tarbiyaviy  asardir.  Abdulla  Avloniy  pedagog  sifatida  bola 

tarbiyasining roli haqida fikr yuritib “Agar bir kishi yoshligida nafsi 

buzulib,  taibiyasiz,  axloqsiz bo‘lib  o‘sdimi,  allohu akbar. bunday 

kishilardan  yaxshilik  kutmoq  yerdan  turub  yulduzlarga  qo‘l 

uzatmak  kabidur”,  -   deydi.  Uning  fikricha,  bolalarda  axloqiy 

xislatlaming  tarkib  topishida  ijtimoiy  muhit,  oilaviy  sharoit  va 

bolaning  atrofidagi  kishilar  g‘oyat  katta  ahamiyatga  ega.  0 ‘zbek 

pedagogikasi 

tarixida 

Abdulla 


Avloniy 

birinchi 

marta

419



pedagogikaga  “Pedagogiya”,  ya’ni  “Bola  tarbiyasining  fanidir”. 

deb  ta’rif  berdi.  Tabiiy  bunday  ta’rif  Avloniyning  pedagogika 

fanini  yaxshi  bilganligidan  dalolat  beradi.  Abdulla  Avloniy  bola 

tarbiyasini nisbiy ravishda quyidagi to‘ri bo‘limga ajratadi:

1. “Tarbiyaning zamoni”.

2. “Badan tarbiyasi”.

3. “Fikr tarbiyasi”.

4. “Axloq tarbiyasi” haqida hamda uning ahamiyati to‘g‘risida 

fikr yuritadi. “Tarbiyaning zamoni” boiim ida tarbiyani yoshlikdan 

berish zarurligini,  bu  ishga  hammani:  ota-ona,  muallim,  hukumat 

va  boshqa!aming  kirishishi  kerakligini  ta’kidlaydi.  “Al-hosil 

tarbiya  bizlar uchun  yo  havot  yo  mamot,  yo  najot-yo  halokat,  yo 

saodat yo falokat masalasidur” deb uqtiradi, Avloniy.

Tarbiya  xususiy  ish  emas.  milliy,  ijtimoiy  ishdir.  Har  bir 

xalqning  taraqqiy  qilishi,  davlatlaming  qudratli  bo‘lishi  avlodlar 

tarbiyasiga  ko‘p  jihatdan  bog‘liq,  deb  hisoblaydi  adib.  Tarbiya 

zurriyot  dunyoga  kelgandan  boshlanib,  umrning  oxiriga  qadar 

davom  etadi.  U bir  qancha bosqichdan -  uy,  bog'cha,  maktab va 

jamoatchilik  tarbiyasidan  tashkil  topgan.  Avloniy  tarbiyaning 

doirasini  keng  ma’noda  tushunadi.  Uni  birgina  axloq  bilan 

chegaralab  qo'ymaydi.  U  birinchi  navbatda  bolaning  sog‘ligi 

haqida g‘amxo‘rlik qilishi lozimligini uqtiradi.

Avloniyning  fikricha,  sog‘lom  fikr,  yaxshi  axloq,  ilm- 

ma’rifatga  ega  bo‘lish  uchun  badanni  tarbiya  qilish  zarur. 

“Badanning  salomat  va  quwatli  bo‘lmog‘i  insonga  eng  kerakli 

narsadur.  Chunki  o‘qumoq,  o‘qutmoq,  o‘rganmoq  va  o‘rgatmoq 

uchun insonga kuchli, kasalsiz jasad lozimdir”.

Abdulla  Avloniy  badan  tarbiyasi  masalasida  bolani  sog‘ lorn 

qilib o‘stirishda ota-onalarga murojaat qilsa, bolani fikr tomondan 

tarbiyalashda  o'qituvchilarning  faoliyatlariga  alohida  e’tibor 

beradi.

Bolalarda  fikrlash  qobiliyatini  o‘stirish  va  bu  tarbiya  bilan 

muntazam  shug‘ullanishi  benihoya zarur va muqaddas bir vazifa. 

Binobarin,  u muallimlaming  “diqqatlariga  suyalgan,  vijdonlariga



420


yuklangan muqaddas vazifadur... Negaki fikming quwati, ziynati, 

kengligi, muallimning tarbiyasiga bog'liqdur”1.

Ayni zamonda muallif ta’lim va tarbiya uzviy bog‘liq ekanini 

ham ta’kidlaydi: “Dars ila tarbiya orasida biroz farq bor bo‘isa ham, 

ikkisi bir-biridan ayrilmaydurgan, birining vujudi biriga boylangan 

jon  ila tan  kabidur”2  deydi.  Abdulla  Avloniyning  fikricha,  inson 

butun  borliqning  ko‘rki  va  sharafidir.  Inson  o‘z  go‘zalligi  va 

murakkabligi  bilan  Koinotdagi  barcha  mahluqotlardan  afzaldir. 

Butun mavjudot insonga xizmat qilishi kerak, chunki inson uning 

sohibidir.  Chunki  insonning  aqli  bor.  U  shu  aql  yordamida  ilm 

egallaydi, ilm tufayli dunyoni boshqaradi.:

“Aql,  — deydi  Avloniy,  ~  insonlaming  piri  komili,  murshidi 

yagonasidur,  ruh  ishlovchi, 

aql  boshlovchidur. 

...jnsonni 

hayvonlardan so‘z va aql ila ayirmishdur. Lekin inson aql va idroki 

soyasida  o'ziga  keladirgan  zarar  va  zulmlardan  saqlanur.  Yer 

yuzidagi hayvoniami asir qilib, bo‘ynidan boylab, iplarining uchini 

qo‘llariga bergan insonlaming aqlidur”.  Avloniy insonga va uning 

aqliga ana shunday yuksak baho beradi. “Ilm insonlarning madori, 

hayoti,  rahbari  najotidur.  Agar  aqlingni  qo‘li  nafsingni  jilovini 

ushlasa.  sani  yomon yo'llarga  kirmoqdan  saqlar.  Har narsa  ko‘p 

bo‘lsa, bahosi arzon  bo Mur,  ammo  aql  esa ilm va tajriba soyasida 

qancha ko‘paysa, shuncha qimmatbaho bo‘lur”.

“Turkiy  guliston  yoxud  axloq”  kitobi  ma’rifatparvarlik 

g‘oyalarini targ‘ib qiladi.  Abdulla Avloniy kitobda ilm to‘g‘risida 

bunday deydi:  “Ilm dunyoning izzati, oxiratning sharofatidur.  Ilm 

inson uchun g‘oyat oliy, muqaddas bir fazilatdur. Zeroki, ilm bizga 

o‘z  axvolimizni,  harakatimizni  oyina  kabi  ko‘rsatur.  Zehnimizni, 

fikrimizni qilich kabi 

0

‘tkur qilmoq,... Ilmsiz inson mevasiz daraxt 



kabidur...”.  Avloniy  ilmni  mnuman  emas,  balki  uning  amaliy  va 

hayotiy  foydalarini  aytib,  “Bizlami  jaholat,  qorong‘ulikdan 

qutqarur.  Madaniyat  insoniyatni  ma’rifat  dunyosiga  chiqarur, 

yomon fe’llardan, buzug1  ishlardan qaytarur, yaxshi xulq va odob 

sohibi  qilur...  Alhosil  butun  hayotimiz,  salomatimiz,  saodatimiz,


Download 19,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish