‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


 Turkiston o‘lkasida diniy-islomiy tarbiyaviy muassasalar va



Download 19,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet266/412
Sana15.07.2021
Hajmi19,15 Mb.
#120500
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   412
Bog'liq
Umumiy pedagogika Mavlonova R.A

2. Turkiston o‘lkasida diniy-islomiy tarbiyaviy muassasalar va 

pedagogik fikr taraqqiyoti

XIX asrning o'rtalarida Turkiston o‘lkasida boshlang‘ich ma’- 

lumot beradigan maktab hamda o‘rta va oliy diniy ta’lim beradigan 

madrasalar  mavjud  edi.  Maktablaming  aksariyati,  shu jumladan, 

qishloq maktablarining ko‘pchiligi diniy ta’lim beruvchi eng oddiy 

boshlang‘ich maktablar edi. Bu maktabda machitlaming imomlari,

407



savodxon  mullalar  dars  berardilar.  Bunday  maktablarda  o‘qitish 

eng  oddiy  diniy  vazifalami  o'rgatish  bilan,  ya’ni  arab  tilida 

yozilgan  Qur’onni  o'qishni  o‘rgatish,  har  bir  musulmon  uchun 

zarur bo‘lgan asosiy vazifalami bildirish bilan cheklanardi.

Shahar maktablarida diniy ta’limdan tashqari,  iimumiy ta’lim 

elementlari -  yozish va hisoblash yo‘llari o‘rgatilardi.

Shahar maktablarida o4quvchilar soni 20-30 taga qishloq joyla- 

rida  esa  10-15  taga  yetar  edi.  o‘qishga  6  yoshdan  qabul  qilinib, 

o‘zIashtirishga qarab  17-18 yoshlarigacha davom etardi. Maktabda 

aw al “Haftiyak”, keyin “Qur’on” yod olinar, so‘ng “Chor kitob”ga 

o‘tilardi.

“Chor kitob” 4 bo‘limdan iborat bo‘lib,  1-bo‘lim -  haq-xudo- 

ning  nomlari  tushuntirilardi,  din  qoidalari,  tahorat,  namoz  bayon 

etiladi,  ikkinchisida  bidon-e’tiqodni  anglash,  uchinchi  bo‘limda 

kalomi  nabi-rivoyatlar  bahs  etilgan.  Shuningdek,  xalq  orasida 

mashhur  shoirlarning  she’r  va  g‘azallari  o‘qitilar  edi.  Odatda, 

bunday  maktablaming  o'quvchilari  badavlat  oilalarning  bolalari 

bo‘lar  edi.  Ular  o‘qishni  tamomlab,  olgan bilimlarini  savdo-sotiq 

ishlarida,  hunarmandchilik ustaxonalarida  qo‘llar  edilar,  ba’zilari 

qo‘shimcha ta’lim olib, xattotlik kasbi bilan shug‘ullanar, ba’zilari 

madrasaga  kirib  o‘qishni  davom  ettirardilar.  Oliy  diniy  maktab 

bo‘lgan  madrasada  o‘rta  asrga  oid  diniy  falsafa  va  musulmon 

huquqlari,  arab  tilining  grammatikasi  va  mantiq  ilmlaridan  dars 

o‘tilardi.  Uning  o‘quv  rejalari  vaqt  va  sharoitga  qarab  o‘zgarib 

turgan.  Masalan:  XV  asming 30-40  yillarida  Samarqand va Hirot 

madrasalaxida  dunyoviy  bilimlar:  matematika,  astronomiya, 

musiqa kabi fanlar ham o‘qitilgan.

Madrasa uch bo‘limdan iborat bo‘lgan: birinchi bo‘limda mu­

sulmon diniy  aqidalari bayon qilingan kitob -  arab tili  va qonun- 

chilik o‘rgatilar edi. Bu bo‘lim talabasi 9-10 yil o‘qigan.

Ikkinchi bo‘limda qonunchilik,  ilohiyot,  (qonunchilik), mush- 

kulot,  mantiq,  arab  tili  grammatikasi,  notiqlik  mahorati  kalom 

o‘qitilgan. Unda 7-8 yil o‘qishgan.

Uchinchi bo'limda ilohiyot, qonunchilik, kalom o‘qitilgan. Qo­

nunchilik kursida  geografiya va  arifmetikadan ba’zi  ma’lumotlar

408



berilgan.  Madrasani  tamomlab  chiqqanlar  imomlik  bilan  shu- 

g‘ullanish va qozixonalarda ishlash huquqiga ega bo‘lar edi. Mak- 

tab va madrasalarda asosan o‘g‘il bolalar o‘qitilar edi.  Shaharlar- 

dagi  diniy  maktablarda  ba’zi  domlalarning  xotinlari  -   otinoyilar 

qizlami  ham  o‘qitish  bilan  shug‘ullanar  edilar.  Maktab  va 

madrasalarda dars o ‘zbek, arab va fors-tojik tillarida olib borilardi.

Musuimon maktablarida ta’lim tizimi 5 toifaga bo‘lingan edi.

Quyi  maktab  -   bu  maktablarda  o‘g‘il  bolalarga  savod 

o‘rgatishgan (4 yil).

Xalilxona maktabi -  (namoz) yod oldirib o‘rgati!gan.

Qorixona - Qur’on yod olingan.

Madrasa.


Maktab intemat -  o‘rta madrasa. Bu maktabda ham diniy, ham 

dunyoviy fanlar o‘qitilib, o‘rta ma’lumot berilgan.

Markaziy  Osiyo  Rossiya  tomonidan  bosib  olingandan  keyin 

maktab  va  madrasalarda  ba’zi  o‘zgarishlar yuz  berdi.  Musuimon 

maktablari  uchun  bosmaxonaga  chop  qilingan  darsliklar  paydo 

bo‘ldi.  Qozondan  bosmaxonada  nashr  qilingan  qur’on  va 

haftiyaklar,  Hindiston va Erondan  shoirlarning litografiyada chop 

qilingan to£pIamlari keitirildi, Toshkentning o‘zida ham maktablar 

uchun darsliklarni litografiya usulida nashr qilish yo‘lga qo‘yildi.


Download 19,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish