Ўзбекистон республикаси олий ва


-mavzu. Psixika va uning evolyusiyasi. Ong va ongsizlik muammosi. (2 soat)



Download 2,43 Mb.
bet138/308
Sana25.09.2021
Hajmi2,43 Mb.
#184821
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   308
Bog'liq
Ахмедова Малохат Педгогика Психология

8-mavzu. Psixika va uning evolyusiyasi. Ong va ongsizlik muammosi. (2 soat)

Reja.

1.Psixika haqida tushuncha. Ongsizlik muammosi.

2.Hayvon psixikasining rivojlanishi. Ong va uning taraqqiyoti. Ong haqida

tushuncha,

3.Inson psixikasini rivojlanishining tarixiy-madaniy konsepsiyasi. Inson

psixikasining rivojlanishi.

4. Inson psixikasining fiziologik asosi. Davrlashtirish
Tayanch tushunchalar. Psixika, ongsizlik, ong, taraqqiyot, inson psixikasi rivojlanishi, konsepsiya, fiziologik asosi, davrlashtirish
Psixikaning reflektorlik xarakteri. I.M.Sechenov "Bosh miya reflekslari" (1863) asarida "ongli va ongsiz hayotning barcha harakat lari ro‘y berish usuliga ko‘ra reflekslardan iboratdir", degan xulosaga kelgan edi. Ongning harakati (psixik hodisa) ruhning tanasiz mohiyat xususiyati emas, balki Sechenov tili bilan aytganda, "ro‘y berish usuliga ko‘ra" refleksga o‘xshash jarayondir. Psixik hodisa kishiga o‘z sezgilarini, g‘oyalarini, his-tuyg‘ularini kuzatish chog‘ida beriladigan narsalardangina iborat emas. U xuddi refleks kabi tashqi qo‘zg‘ovchining ta’sirini va unga javoban harakat reaksiyasini ham o‘z ichiga oladi. Psixik hodisa yaxlit reflektorlik harakatda yuz bergan va uning mahsuli bo‘lgan holda, ayni paytda hali yuzaga kelmagan natija (ta’sir o‘tkazish, harakat qilish)dan darak beruvchi omil vazifasini ham bajaradi. Shunday qilib, kishining bilimlari, tevarak-atrof haqidagi tasavvurlari, ya’ni individual tajribaning butun boyliklari reflektor harakatiga kiradi. Psixik hodisalar-bu miyaning tashqi (tevarak-atrofdagi muhit) va ichki (fiziologik sistemasi sifatidagi organizmning holati) ta’sirlariga javobdir. Psixik hodisalar-bu faoliyatning hozir ta’sir etayotgan (sezgilar, idrok) yoki qachonlardir, ya’ni o‘tmish tajribada (xotira) yuz bergan qo‘zg‘atuvchiga javob tarzida ro‘y beradigan, ana shu ta’sirni umumlashtiradigan, ular pirovardida olib keladigan natijalarni (tafakkur, xayol) oldindan ko‘ra bilishga yordam beradigan, bir xil taassurotlar natijasida faoliyatni (his-tuyg‘u, iroda) kuchaytiradigan yoki susaytiradigan, umuman aktivlashtirib yuboradigan va boshqa xildagi ta’sirlar oqibatida uni tormozlashtiradigan, odamlar xulq-atvoridagi (temperament, xarakter va boshqalar) tafovutlarni aniqlaydigan doimiy boshqaruvchilardir.

I.M.Sechenov psixikaning reflektorligi va faoliyatning psixik jihatdan boshqarilishi g‘oyasini ilgari surdi. Bu muhim nazariy qoidalar I.P.Pavlov (1849-1936) tomonidan tajriba yo‘li bilan tasdiqlandi va konkretlashtirildi. U hayvonlarning, shuningdek odamning tashqi muhit bilan o‘zaro harakati miya tomonidan boshqarilishi qonuniyatlarini kashf etgan edi. I.P.Pavlovning ushbu qonuniyatlarga nisbatan jami qarashlari odatda ikki signal sistemasi haqidagi ta’limot deb ataladi.

Narsaning timsoli (ko‘rinishi, eshitilishi, hid tarqatishi va shu kabilar) hayvonlar uchun biron bir shartsiz qo‘zg‘atuvchi signal bo‘lib xizmat qiladiki, bu ular xatti-harakati shartli refleks tarzida o‘zgarishiga olib keladi. Hayvonlar o‘z xatti-harakatlarida I.P.Pavlov birinchi signal sistemasining signallari ("birinchi signallar") deb atagan signallarga amal qiladi. Odamda ham birinchi signal sistemasining signallari (konkret timsollar, tasavvurlar) uning xulq-atvorini boshqarish va yo‘naltirishda muhim rol o‘ynaydi.

Nerv sistemasi tuzilishining umumiy plani barcha umurtqalarda bir xildir. Uning asosiy elementlari nerv hujayra lari yoki neyronlar bo‘lib, ularning vazifasi qo‘zg‘atishdan iboratdir. Neyron hujayra tanachasidan va tanachaning shoxlab ketgan o‘simtalari- qo‘zg‘atishni qabul qiluvchi dendritlardan va qo‘zg‘atishni boshqa neyronlarga o‘tkazadigan tolalar - aksondan tarkib topadi. Aksonning dendritlar bilan yoki boshqa neyronlarning hujayra tanasi bilan bog‘lanadigan nuqtada neyronlar o‘rtasida funksional bog‘lanish yuz beradi. Nerv sistemasidagi yangi bog‘lanishlarni hosil bo‘lish mexanizmlarini tushuntirib berishda sinaps hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu bog‘lanishlarni hosil qilishda sinapslardagi o‘zgarishlar (kimyoviy yoki strukturaviy o‘zgarishlar) tufayli impulslarni muayyan yo‘nalishda tanlab o‘tkazish ta’minlanadi. Sinaps qo‘zg‘alish bo‘yicha qo‘yilgan o‘ziga xos to‘siq bo‘lib, qo‘zg‘alish uni engib o‘tishi kerak.

Bosh miyaning yuqori qismi olti qavat neyronlar (10 mlrd.ga yaqin) bilan qoplangan hamda po‘stloq deb ataladigan katta yarim sharlarni hosil qiladi. Po‘stloq - psixik faoliyatning eng muhim, lekin yakkayu yagona bo‘lmagan organidir. YArim sharlardan pastroqda, ensa qismida miyacha joylashgan bo‘lib, uning funksiyalari hali etarlicha o‘rganilmagan. Katta yarim sharlarga miya naychasi kelib taqaladi. Naychaning yuqori qismi - talamus orqa miyadan katta yarim sharlarga boradigan barcha nerv yo‘llari uchun "oraliq stansiyasi" vazifasini bajaradi. Naychaning pastki qismi - gipotalamus- suv almashinuvi, ovqatlanish ehtiyojini va organizmning boshqa funksiyalarini boshqarib turadigan markazlardan tarkib topgandir. Markaziy nerv sistemasi qismlari tuzilishini o‘rganish va ta’riflash bilan anatomiya va gistologiya shug‘ullanadi.

Tananing har bir sezuvchi a’zosi (teri, ko‘zning to‘r pardasi, va shu kabilar) va har bir harakat a’zosi miyada o‘zining xususiy markazlariga egadir. Hayvonlar miyasida ko‘plab eksperimentlar o‘tkazilgan. Sog‘lom kishilarning miyasida jarrohlik bilan bog‘liq bironta eksperiment o‘tkazilmaydi, albatta. Inson katta yarim sharlar qobig‘ining anchagina qismining qo‘l barmoqlari bilan bog‘liq hujayralar, shuningdek nutq organlari - lab va til mushaklari funksiyasi bilan bog‘liq hujayralar egallaydi. Miya katta yarim sharlari ishining umumiy qonunlari I.P.Pavlov tomonidan aniqlab berilgan. Pavlov o‘tkazgan klassik tajribalarda itlarda oldinlari faqat tegishli shartsiz qo‘zg‘atuvchi (masalan, ovqatning) bevosita ta’siri ostida yuz beradigan fiziologik reaksiyaga (masalan, so‘lak oqishga) olib kela boshlaydigan xilma-xil signallar beradigan shartli reflekslar hosil qilingan edi. Real vaziyatda hayvonlar oziqa qachon og‘ziga tushishini kutib turmaydi, balki uni izlashga tushadi, harakat qiladi, xullas sharoitga faol muvofiqlashadi.

Odamning psixik hayotida katta yarim sharlar qobig‘i sirtining 30% ni egallaydigan peshona qismlari alohida rol o‘ynaydi. Peshona qismlarining shikastlanishi xulq-atvorning oddiy formalariga emas, balki yuksak formalariga ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘pgina klinik faktlar shuni ko‘rsatadiki, miyaning peshona qismlari shikastlanishi aqliy qobiliyat doirasida, uning xarakterida ham qator buzilishlarga sababchi bo‘ladi.

Psixik funksiyalar muayyan tarzda chap va o‘ng yarim sharlar o‘rtasida taqsimlangan bo‘lishi aniqlandi. Har ikkala yarim sharlar axborotni obrazlar tarzida ham, so‘zlar tarzida ham qabul qilish va qayta ishlash qobiliyatiga ega, ammo chap va o‘ng yarim sharlarda u yoki bu funksiyalarni turlicha darajada ifodalanishi - bosh miyaning funksional assimmetriyasi ham yuz beradi. CHap yarim sharning funksiyasi o‘qish va hisoblashdan, umuman ko‘proq belgilarga asoslangan axborot (so‘zlar, belgilar, raqamlar va shu kabilarga) tayanishidan iboratdir. CHap yarim shar mantiqiy tuzilishlar imkoniyatini ta’minlaydi, busiz izchil analitik tafakkur bo‘lishi mumkin emas. Chap yarim shar faoliyatining izdan chiqishi odatda nutqning buzilishiga olib keladi, nerv to‘qimalarining og‘irroq shikastlanishi fikrlash faoliyatida jiddiyroq nuqsonlar sodir bo‘ladi. Har ikkala yarim shar o‘zaro bog‘liq holda ishlaydi.

Psixika voqelikning kishi miyasidagi aksi sifatida har xil darajalari bilan farqlanadi. Psixikaning odamga xos bo‘lgan oliy darajasi ongni tashkil etadi. Ong psixikaning oliy, uni yaxlit bir holga keltiruvchi shakli bo‘lib, kishining mehnat faoliyatida, boshqalar bilan (til yordamida) doimiy muloqot qilish jarayonida shakllanishining ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlari natijasi hisoblanadi.

Psixologiya inson shaxsini va kishilar o‘rtasidagi munosabatlarni bilishning faqat umumiy nazariya muammolarini emas, balki konkret masalalarini ishlab chiqishga to‘g‘ri falsafiy yondashuvning ahamiyatini aniq belgilab beradigan fanlar qatoriga kiradi. U bir jihati bilan tabiiy fanlar (zoopsixologiya, psixofiziologiya va b.) sohasini o‘z ichiga olsa, bir jihati bilan ijtimoiy fanlar (sotsialpsixologiya, pedagogik psixologiya va b.) sohasiga kirib boradi. XX asrda psixologiya idealistik va metafizik falsafadan ajralib chiqdi. Hozirgi zamon ilmiy psixologiyaning negizini ilmiy-falsafiy tasavvurlar miyaning ob’ektiv reallikni aks ettirishdan iborat xususiyati sifatidagi psixikaga nisbatan ilmiy dialektik-materialistik nuqtai nazar tashkil etadi. Falsafa va uning tarkibiy qismi - bilish nazariyasi psixikaning tevarak-atrofdagi dunyoga nisbatan munosabati to‘g‘risidagi masalani o‘rganadi. Materiyaning birlamchi, ongning ikkilamchi ekanligini ta’kidlagan holda, psixikani, olamni aks ettirilishi sifatida talqin qiladi. Psixologiya inson faoliyatida va uning rivojlanishida psixikaning qanday rol o‘ynashini aniqlaydi.

Psixologiyaning tabiatshunoslik bilan tobora mustahkamlanayot gan ittifoqi uning mustaqil fanga aylanishiga yordam berdi. Bu jarayon XIX asrning ikkinchi yarmida boshlangan edi. Eksperiment metodining psixologiyaga joriy etilganligi (G.Fexner), I.M.Sechenovning "Bosh miya reflekslari" kitobining chiqqanligidan keyin ayniqsa keng tus olgan edi. Sechenovning reflektorlik nazariyasi psixologik bilimlarni tabiiy-ilmiy negizini tashkil etdi. Bu nazariya keyinchalik Pavlovning shartli reflekslar haqidagi ta’limotida, Pavlov shogirdlari-L.A.Orbeli, P.K.Anoxin va boshqalar asarlarida rivojlantirildi. Hozirgi zamon psixologiyasining asosiy muammolarini tadqiq qilishda Ch.Darvinning "Tabiiy tanlanish yo‘li bilan turlarning kelib chiqishi to‘g‘risida, yoki yashash uchun kurashda qulaylikka ega bo‘lgan turlarning saqlanib qolishi" (1859) kitobida bayon etilgan evolyusion g‘oyalari katta ta’sir ko‘rsatdi SHu tariqa hozirgi zamon psixologiyasi o‘z taraqqiyotida mustaqil fan sifatida mustahkam tabiiy-ilmiy negizga ega bo‘ldi. Tabiatshunoslik qonuniyatlarini (umumiy biologiya, fiziologiya, nevrologiya, evolyusion ta’limot va b.) bilish psixologiya tomonidan jiddiy o‘rganishni taqozo etadi. Psixologiyaning qator sohalari va eng avvalo qiyosiy psixologiya, zoopsixologiya, etologiya, tibbiyot psixologiyasi, patopsixologiya va boshqalari ayni chog‘da tabobat va tabiatshunoslikning ham bo‘limlari bo‘lib hisoblanadi.

XX asr ishlab chiqarishning, texnikaning yangi turlari, aloqa vositalarining beqiyos taraqqiy etganligi bilan, elektronika va avtomatikaning keng qo‘llanishi bilan, transportning tovush tezligidan ortiq tezlikda yuradigan yangi turlari o‘zlashtirilgani va shu kabilar bilan belgilanadi. Bularning hammasi inson psixikasiga juda katta talablar qo‘yadi. "Inson- mashina" muammosini o‘rganish bilan shug‘ullanadigan injenerlik psixologiyasi, umuman mehnat psixologiyasi kabi odam va EHMning, odam va texnikaning ko‘pgina bo‘limlarining o‘zaro munosabatlari bilan yaqinlashib ketadi.

XX asr 30-yillarining o‘rtalariga kelib psixologiya fanining asosiy prinsiplari: determinizm, ong va faoliyatning birligi prinsipi, psixikaning faoliyatda rivojlanishi prinsipi aniq ifodalab berildi.

Determinizm prinsipi - psixikaning turmush tarzi o‘zgarishiga qarab o‘zgarishini anglatadi.

Ong va faoliyat birligining psixologiyada qabul qilingan prinsipi ong bilan faoliyat bir-biriga qarama-qarshi emas, lekin ular bir-biriga aynan o‘xshash ham emas, ammo birlikni tashkil etishini bildiradi. Ong faoliyatning ichki planini, uning programmasini tashkil etadi. Voqe’likning o‘zgaruvchan modeli aynan ongda hosil bo‘ladiki, odam o‘zini qurshab turgan muhitda shuning yordamida mo‘ljal oladi.

Psixika va ongning faoliyatda rivojlanishi prinsipi shuni anglatadiki, psixika agar faoliyat samarasi va rivojlanish mahsuli sifatida qaraladigan bo‘lsagina, u to‘g‘ri tushunilishi va aynan bir xil tarzda izohlab berilishi mumkin. L.S.Vigotskiy ta’lim psixikaning rivojlanishini yo‘naltiradi degan fikrni aytib, shu bilan birga bu jarayonda ongli faoliyatning yangi, mutlaqo boshqacha shakllari yaratiladi deb ta’kidlaydi. P.P.Blonskiy tafakkurning kichik maktab yoshida o‘yinlar bilan, o‘spirinlik yoshida o‘qish bilan bog‘liq tarzda rivojlanishini tahlil qildi. Rubinshteyn ong faoliyatda paydo bo‘lib, ana shu faoliyatda shakllanadi, deb yozgan edi. B.M.Teplov odamning eng muhim individual psixologik fazilatlaridan bo‘lgan qobiliyatni tadqiq qilarkan, qobiliyat faqat rivojlanishda mavjud bo‘ladi, deb ta’kidladi.

Umumiy psixologiya - bu psixologiya tomonidan aniqlanadigan eng umumiy qonuniyatlari, bu fanda qo‘llaniladigan tadqiqot metodlarini, u amal qiladigan nazariy prinsiplarni, unda ishlatilayotgan asosiy ilmiy tushunchalarni ta’riflash uchun qo‘llaniladigan maxsus nomdir. Umumiy psixologiya ba’zan nazariy va eksperimental psixologiya deb ham ataladi. Uning vazifalari psixologiya metodologiyasi va tarixiy psixik hodisalarning hosil bo‘lishi, rivoji va saqlanib qolishining eng umumiy qonuniyatlarini tadqiq qilish nazariyasi va metodlarini o‘rganishdan iboratdir. Umumiy psixologiya bilish va amaliy ish faoliyatini, sezgilar, idrok, xotira, hayol, tafakkurning umumiy qonuniyatlarini, psixik jihatdan o‘zini-o‘zi idora qilishni, shaxsning differensial-psixologik xususiyatlarini, xarakter va temperamentni va shu kabilarni o‘rganadi.

Tushunchalarning uchta asosiy kategoriyasi: 1) psixik jarayonlar;

2) psixik holatlar; 3) shaxsning psixik xususiyati yoki fazilatlari.

Psixologiya tadqiqot metodlari psixologiya amal qiladigan asosiy nazariy prinsiplarga va psixologiya hal etayotgan konkret vazifalarga bog‘liq ekanligini ko‘rsatib beradi. Psixologiyaning nazariy negizini dialektik va tarixiy materializm tashkil etadi, shuning uchun ham psixologik tadqiqotga prinsipial yondashuv dialektik metod talablaridan kelib chiqadi. Dialektik metod predmetni uning barcha aloqalari va bevosita ifodalari orqali o‘rganishni taqozo qiladi.

Kuzatishdan farqli o‘laroq, psixologik eksperiment tadqiqot chining sinalayotgan faoliyatga faol aralashuvi mumkinligini nazarda tutadi. Jumladan, tadqiqotchi psixologik fakt aniq namoyon bo‘lishiga, uning eksperimentchi xohlagan yo‘nalish bo‘yicha o‘zgartirilishiga, har jihatdan tadqiq qilish uchun bir necha martalab takrorlanishiga imkon beradigan shart-sharoitni yaratadi. Eksperiment metodining ikkita asosiy turi farqlanadi: laboratoriya eksperimenti va tabiiy eksperiment. Psixologik metodlar yordamida olim ilmiy bilish uchun muhim faktlarni aniqlashi, u yoki bu qonuniyatlarning mavjudligini kashf etishi, psixik hodisalarning sirli mexanizmini topishi mumkin. Psixologik metodlar faqat tadqiqot maqsadlari uchun emas, balki sinov maqsadlari uchun ham qo‘llanilishi mumkin. Psixologik shaxs ning muayyan psixologik fazilatlarini aniqlash maqsadida foydalanishga harakat qiladigan metodlar - testlar bo‘lib hisoblanadi.

Test -bu qisqa muddatli topshiriq bo‘lib, uning bajarilishi ba’zi bir psixik funksiyalar mukammalligining ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi. Testlar yordamida ayrim qobiliyatlarning, ko‘nikmalarning, malakalarning bor yo yo‘qligini aniqlashga, u yoki bu kasb sohasida ishlash uchun layoqatlilik darajasini va hakozolarni bilishga harakat qiladi.

Psixologik tadqiqot to‘rt bosqichga ajratiladi: 1) tayyorgarlik bosqichi; 2) eksperimental bosqich; 3) tadqiqot ma’lumotlarini sifat jihatdan qayta ishlashdir; 4) olingan ma’lumotlarni izohlab berish, ularni nazariya asosida talqin qilish, gipotezaning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini aniqlashdan iborat.





Download 2,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   308




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish