Bahs va munozara
Bu metoddan foydalanganda ba`zi bir noqulaylik va qiyinchiliklarni uchratishga to`g`ri keladi, masalan, tadqiqotchi psixologning tekshirishi uchun qaysi psixik hodisalarning yuzaga chiqishi kerak bo`lsa, o`sha hodisalar yuzaga chiqqan kishilarni qidirishga yoki biron kishida, ba`zan psixologning o`zida shu hodisalarning yuzaga chiqishini kutib turishga to`g`ri keladi. Eksperiment metodidan foydalanganda bu ung`aysizlik va qiyinchiliklar barham topadi yoki kamayadi. Psixologiya fanida eksperimentning ikki turi: laboratoriya eksperimenti va tabiiy eksperiment tafovut qilinadi. Laboratoriya eksperimenti. Laboratoriya eksperimentining mohiyati shundaki, tekshiruvchi kishi tekshiriladigan psixik hodisani qachon kerak bo`lsa o`sha vaqtda ataylab vujudga keltiradi. Bunda tekshirilayotgan psixik hodisa tabiiy sharoitda birgalikda sodir bo`ladigan boshqa psixik hodisalar kompleksidan ajratib olinishi mumkin. Tekshiriladigan psixik hodisalar eksperiment davomida o`zgartirilishi, boshqa psixik hodisalar bilan muayyan bir suratda bog`lanishi, kuch, tezlik, hajm va boshqa shu kabi jihatlari o`lchab ko`rilishi mumkin. Bu yerda muayyan bir psixik hodisani vujudga keltirgan sharoit sun`iy yo`l bilan o`zgartirilishi, psixik hodisa davom etadigan sharoit o`zgartirilishi mumkin. Shuning uchun ham psixik hodisalarning qonuniyatlari metodi bilan tekshirishda yaxshiroq ochiladi. Eksperimental tadqiqotlar o`tkazishda mahsus metodik materiallar – narsa, rasm va so`zlar, shuningdek mahsus asboblar (masalan, xronoskop) qo`llaniladi. Tekshiriladigan hodisalar shu material va asboblar yordami bilan vujudga keltiriladi, shuningdek, psixik hodisalarning tezligi, kuchi, hajmi va shu kabilar qayd qilinadi.
Eksperimental metodni birinchi marta fiziolog Veber (1795–1878) va fizik Fexner (1801 – 1887) sezgilarni tekshirishda qo`llanilgan eksperimental tadqiqot usullarini Vilgelm Vundt (1832 – 1920) mukammal ishlab chiqqan. 1879 yilda Vundt Leypsik universiteti ho`zurida eksperimental psixologiya bo`yicha birinchi laboratoriyani ochgan. Eksperiment metodining ikki turi mavjud: laboratoriya va tabiiy eksperiment. Laboratoriya eksperimenti maxsus tashkil etilgan laboratoriyada yoki yozib oladigan asboblar yordamida olib boriladi . Bu metodning kamchiligi – uning sun`iyligidadir. Tabiiy eksperiment metodida sharoitning tabiiyligi saqlanishi shart. Eksperiment metodida tekshiriluvchilar o`zlarining ko`zatilib turilganligi va o`rganilayotganligini sezmasliklari lozim, aks holda ular o`zlariga xos bo`lgan xulq-atvorni o`zgartirib yuborishadi va bu bilan eksperimentning tabiiy xarakterini bo`zib qo`yishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |