Ўзбекистон республикаси олий ва



Download 2,43 Mb.
bet139/308
Sana25.09.2021
Hajmi2,43 Mb.
#184821
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   308
Bog'liq
Ахмедова Малохат Педгогика Психология

FSMU txnologiyasi

(F) – Fikringizni bayon eting.

(S) – Fikringiz bayoniga biron sabab ko‘rsating.

(M) – Ko‘rsatilgan sababni tushuntiruvchi misol keltiring.

(U) – Fikringizni umumlashtiring.






Psixologiyani hayotiy zarurligi, ahamiyatini ushbu texnologiya asosida asoslang

FSMU texnologiyasini loyihasi

F fikringizni bayon eting

S – fikringizni bayoniga biron sabab ko‘rsating

M – ko‘rsatilgan sababni tushuntiruvchi, isbotlovchi misol keltiring

Ufikringizni umumlashtiring














Psixika va ongning rivojlanishi. Psixikaning filogenetik taraqqiyoti.

Kishi psixikasining paydo bo‘lishi va rivojlanishi eng murak kab muammolardan biri bo‘lib, tabiat qonunlarinining tushuntirib etishga harakat qiladigan tadqiqotchilarni bu muammo hamma vaqt qiziqtirib kelgan. Materialistik yo‘nalishdagi olimlar psixikaning paydo bo‘lishini materialning uzoq davom etishining rivojlanishining natijasi deb izohlashgan. Ular materialning tabiatini tadqiq qilisharkan, harakat materialining hayot kechish usuli, uning tarkibi ni o‘ziga xos ajralmas xususiyati ekanligi uchun ham materiya harakatining turli xil shakllarini o‘rganadilar. Harakatsiz, hamisha mutloqo harakatsizlikdagi materiya umuman bo‘lmaydi. Olamdagi butun materiya jami noorganik va organik tabiat harakatlanish, o‘zgarish va rivojlanish holatida bo‘ladi.

Materiya harakatning biologik shakli-hayot-tabiat rivojlanishining sifat jihatidan yangi bosqichidir. O‘lik materiyadan tirik materiyaga o‘tishni izohlaydigan qator gipotezalar mavjuddir. Ulardan biri A.I.Oparinga tegishli bo‘lib, unga ko‘ra organik moddalar atomlari turli shakllarda azotning, kislorodning, vodorodning, fosfor va oltingugurtning atomlari bilan bog‘langan modda-uglerod negizida xosil bo‘lgan birikmalarning paydo bo‘lishi jonli materiya paydo bo‘lishining zarur sharti hisoblanadi. Hozirgi paytda fanda A.I.Oparining gipotezasini aniqlaydigan, tasdiqlaydigan juda ko‘p ma’lumotlar mavjuddi. Oparining gipotezasiga ko‘ra taxminan ikki milliard yil ilgari atmosferada erkin kislorod ajralib chiqqan organik moddalarga fotoximiyaviy reaksiyaning va fotosintezning yuz berishiga olib keldi. Birinchi galgi okean bamisoli xuddi organik moddalardan tayyorlangan allaqanday sho‘rvaga o‘xshash bo‘lgan. Organik birikmalarning rivojlanishi jarayonida uglerodning juda ham murakkab birikmalari-benihoya katta molekulalar paydo bo‘ldi. Molekulalar shunisi bilan ajralib turadiki, ular tarkibiy qismlarga osongina parchalanishadi. Bu birikmalarning mavjud bo‘lib turishini ta’minlash uchun muhit bilan doimiy modda almashinuvi bo‘lib turishi ya’ni bu molekulalar muhitdan yangi moddalarni tanlab olib, chatishtirishlari (o‘zlashtirishlari) va parchalanish mahsullarini o‘zga tusga kiritgan holda tashqi muhitga ajralib chiqishlari lozim edi. Shunday qilib bu benihoya katta molekulalar muhit bilan modda almashinuvini avtokatalitik tarzda yo‘naltirib, o‘z-o‘zi qaytadan hosil qiluvchi sistemaga aylanib qolishdi.

Koatservantlar hayot kechirishini qo‘llab-kuvvatlash uchun zarur moddalarga ma’lum darajada o‘zgaruvchanligini namoyon qilgan va o‘zlarining hayotiy faoliyatida bevosita ishtirok etishning hojati bo‘lmagan moddalarga nisbatan indefferent bo‘lib qolgan holda tashqi muhitdagi "Ozuqa" moddalarini tanlab o‘zlashtirardi. Modda almashinuvidagi bunday ehtiyoj o‘zini tartibga solish qobiliyatining samarasi bo‘ldi. Koatservantlar kimyoviy tarkibi turlicha bo‘lgan molekulalarni ajratish va qo‘shishga, ya’ni tabiiy tanlash chog‘ida evolyusiyada o‘zining rolini o‘ynagan tuhfa materialni yaratishga layoqatli bo‘lib chiqdi. Bundan tashqari, bu o‘rinda tashqi ta’sirlarning in’iokosi bu ta’sirlarning faqat kuchi va xarakteriga emas, balki shuningdek organik birikmalar-koatservantlarning ichki holatiga ham bog‘liq bo‘lgan edi.

Uzoq vaqt davom etgan evolyusiya natijasida hozirgi organiz mlarga in’ikosning qo‘zgaluvchanlikdan tortib to uning ancha yuksak darajadagi shakllari psixik hayotning ifodalanish shakllari bo‘lmish sezgilar, idrok, xotira, tafakkurga qadar turli xildagi shakllarini ko‘ramiz.

Kuzatuvchanlik, tropizmlar o‘simlik va hayvonlarga mansub shakllar evolyusiyasining barcha bosqichlarida jamiki jonli organizmlar in’ikosning alohida biologik shakli-ta’sirchanlikka ega bo‘ladi. Ta’sirchanlik tirik organizmnng biologik ahamiyatiga ega bo‘lgan ta’sirlarning javob berish qobiliyati demakdir.

Biotik omillarga nisbatan o‘ziga xos harakatlari bilan javob berish usullari tropizlar yoki tiokislar deb ataladi.Uning fototro pizm-jonli organizmlarning yorug‘lik ta’siri ostida harakatlanish tendensiyasi: termotropizm-issiqlik ta’siri ostida harakatlanish tendensiyasi: xemotropizm muayyan fizikaviy-ximiyaviy muhitni tanlash tendensiyasi: xemotropizm -mexanik usul bilan kuzatuvchining ta’siri ostida harakatlanish tendensiyasi kabi turlari va boshqa bir qancha tropizmlar mavjuddir. O‘simliklarning biologik in’ikos etish shakli o‘zini tartibga solishga yordam beradigan tropizmlarning mavjudligi bilan mukammallik kasb etadi.

SHunday qilib, ko‘p sonli nerv tugmachalarining paydo bo‘lishi hali beri yana ham nafisroq aks ettirish va demak tevarak-atrofdagi tashqi muhitga moslashish uchun sharoit tug‘dirish mumkin bo‘lgan o‘sha haqiqiy foydali murakkablikni ta’min eta olmaydi. Lekin hozirdayoq ancha murakkab aks ettirish imkoniyatlari paydo bo‘la boshladi. Ular asosiy gangliada mujassamlashgandir. Asosiy ganglia funksiyalari va bog‘lanishlariga ko‘ra bir xil bo‘lmagan nerv hujayralarining birikuvidan tarkib topadi. Bu ganglia ganglialar zanjirida asosiy etakchi kuch hisoblanadi. U hayvon tanasining istalgan qismida yuz beradigan qo‘zg‘alishlarni jamlaydi, ularni tahlil qiladi, boshqa hujayralarga o‘tkaziladi.




Download 2,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   308




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish