Xissiy bilish - inson bilishining dastlabki bosqichi bo‘lib, miyada predmet va
xodisalarning belgilari, signallari va xissiy obrazlarining hosil bo‘lishidir.
Mantiqiy bilish - inson borliqni aqliy bilishidir.
Haqiqat - inson bilimlarida borliqning to‘g‘ri in’ikos etishi, predmet va xodisalar
asli qanday bo‘lsa ularni inson o‘z miyasida huddi shunday in’ikos ettirgan bilimlaridir.
Nisbiy haqiqat - borliqdagi narsa va xodisalar to‘g‘risidagi taxminan to‘g‘ri, lekin
to‘liq bo‘lmagan, bilish jarayonimizda tuzatilib, to‘ldirilib borilishi bilimlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |