Mutlaq haqiqat - borliqdagi narsa va xodisalar haqidagi to‘liq aniq mukammal
bilimlardir.
Kuzatish - harakat o‘zgarish va rivojlanishdagi ma’lum ob’ektni tabiiy sharoitda u
qanday bo‘lsa, shu xolisa diqqat bilan, belgilangan vaqt ichida, ma’lum maqsad asosida
ko‘zdan kechirib borishdir.
Eksperiment - o‘rganilayotgan predmet yoki xodisani o‘z xolida, lekin sun’iy
yaratilgan sharoitda kuzatishdir.
Analiz - bir butunni qismlarga, bo‘laklarga, tomonlarga va elementlarga ajratib,
ularning har biri nima ekanligini bilishdir.
Sintez - analiz tufayli ajratilgan bo‘laklar tomonlar, qismlar, elementlarni o‘zaro
biriktirib, ularni bir butun xoliga keltirishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |