Birinchi odob talabi: talaba qalbi jirkanch xulqlardan, yomon sifatlardan pok bo`lishi kerak. Payg`ambrimiz (s.a.v.) “Bu din poklik ustiga barpo bo`lgan” ,--deydi. Inson qalbi farishtalar qo`nadigan makon. Agar bu qalb g`azab, shahvat, gina, hasad, kibr kabi razil sifatlardan holi bo`lmasa, u erga farishtalar, demakki ilm ham kira olmaydi. Zero, Alloh Taolo ilm nurini qalbga farishtalar orqali yuboradi: «Inson bilan Alloh (bevosita) so`zlashishi mumkin emas. Faqat vahiy orqali yo parda ortidan yoki elchi (farishta) yuborib, (Allohning) izni bilan u xohlagan narsani vahiy qilishi mumkin». (SHo`ro surasi, 51-oyat).
Do'stlaringiz bilan baham: |