Ikkinchi odob talabi: Ilm tolibi dunyoviy mashg`ulotlarni ozaytirmog`i, ahli va vatanidan yiroqda bo`lmog`i lozim. Ular bilan aloqa talabani maqsadidan chalg`itadi.
Qur`oni Karimda: «Alloh bir kishining ichida ikki qalb qilgan emasdir»,-- deyiladi. Uchinchi talab: Talaba ilmiga kibrlanmasligi, ustoziga qarshi chiqmasligi shart. Barcha ishda butunlay ishning jilovini muallimiga topshirmog`i, johil kasalning mehribon va hoziq tabibga quloq tutganidek, uning nasixatiga quloq solmog`i, unga tavoze` ko`rsatmog`i, xizmatini qilish bilan savob va sharaf talab etmog`i lozim. Tavoze` hamda ustozini jon qulog`i ila tinglash bilangina ilmga etishish mumkin. Qur`onda shunday deyiladi: “Albatta, uyg`oq qalb egasi bo`lgan yoki o`zi hozir bo`lib , quloq tutgan kishi uchun eslatma bordir”. (Qof surasi, 37-oyat).
Do'stlaringiz bilan baham: |