[140]. Diversifikatsiya so„zi lotincha «diversificatio» iborasidan
olingan bo„lib o„zgarish, xilma-xil, taraqqiyot ma‟nosini, ya‟ni korxona
(birlashma)larning faoliyati sohalari va ishlab chiqaradigan mahsulotlari
turining kengayishi, yangilanib turishini bildiradi.
Investitsiya portfelini diversifikatsiya qilish – bu investitsiya bilan
bog„liq risklarni kamaytirish usullaridan biridir. Diversifikatsiya qilish
natijasida investitsiya portfelida turli xil, ko„pdan-ko„p qimmatli
qog„ozlar jamlanadi. Diversifikatsiya usulida investitsiya siyosatini
amalga oshirishda qimmatli qog„ozlarning turli xususiyatlarini hisobga
olish lozim. Bular:
ularning to„lash muddati va sifati (ta‟minlangani), emitentning
salohiyati, qimmatli qog„ozlarning sifati bo„yicha diversifikatsiya qilinishi;
qimmatli qog„ozlarning geografik tarqalishi bo„yicha diversifi-
katsiya qilinishi;
qimmatli qog„ozlarning to„lanish muddati bo„yicha majburiyat-
larning turi va boshqalar.
Yuqoridagi belgilar bo„yicha ta‟minlanganligiga ko„ra diversifi-
katsiya qila turib investitsiya siyosatining maqsadlari aniqlanadi.
Tijorat banklarining qimmatli qog„ozlar portfelini diversifikatsiya
qilishning quyidagi turlari mavjud. Bular qimmatli qog„ozlarning turlari,
muddati bo„yicha diversifikatsiya qilish, qimmatli qog„ozlarning
emitentlari bo„yicha diversifikatsiya qilish va boshqalar.
Qimmatli qog„oz sifatiga doir diversifikatsiyaning asosiy maqsadi –
bu riskni minimallashtirishdir (u emitentning o„z majburiyatlarini bajara
olmay qolish ehtimoli bilan belgilanadi). Shu munosabat bilan aksiya
sifatining ta‟minlanganlik darajasi bo„yicha diversifikatsiya usuli ham
mavjud bo„lib, nazariyotchilar fikricha, u bir qator omillarni o„rganib
chiqishni talab qiladi. Bular emitent qanday faoliyat bilan shug„ulla-
nishini, aksiya daromadi, dividend miqdori, kompaniya aksiyasining
joriy narxi, zaxirasi, kompaniyani kim boshqarayotganligi va boshqalar
bo„lib, ko„rsatilgan savollarga javobni emissiya prospekti va birja
axborotnomalaridan olish mumkin.
Qimmatli qog„ozlarning geografik tarqalishiga nisbatan diversifika-
228
tsiya maqsadi – tegishli tumanlardagi iqtisodiy qiyinchiliklar ro„y
berganda yuzaga keladigan risklarni kamaytirishdan iborat.
Qimmatli qog„ozlarning to„lash muddati bo„yicha diversifika-
tsiyasidan maqsadi – foiz stavkalarining tebranishi bilan bog„liq risklar-
ning oldini olishdan iborat. Bu investitsiya siyosatini amalga oshirishda
tijorat banklari, odatda, qimmatli qog„ozlarning tugatilish muddati
bo„yicha pog„onali strukturadan foydalanadi.
Qimmatli qog„ozlarning foiz darajalari prognozi amaliyotda
nazariyadan farq qiladi. Shuning uchun tijorat banklari prognoz
natijalarining ishonchlilik darajasini oshirish maqsadida foiz stavkalari
tarkibini tahlil qiladilar.
Odatda jahon amaliyotida tijorat banklari o„z investitsiya siyosatini
ishlab chiqish va amalga oshirish uchun boshqarish strukturasida maxsus
investitsiya bo„limlarini tashkil qilishadi. Bo„limdagi xodimlar soni bir
qator omillarga bog„liq bo„lishi mumkin. Bu omillar: qimmatli qog„ozlar
portfeli kattaligi, bo„lim tomonidan qimmatli qog„ozlarni sotish va sotib
olish bo„yicha bajariladigan funksiyalarga, bankning mijozlariga
ko„rsatadigan xizmatlarga, qimmatli qog„ozlar turi va sifatiga va
boshqalarga bog„liq bo„ladi. Bo„lim ishchilarining malakasi qanchalik
yuqori bo„lsa, ular bajarayotgan vazifa, ishning sifati ham shunchalik
yuqori bo„ladi. Mutaxassislar investitsiya dasturida ko„zlangan maqsad
va vazifalarni yaxshi tushunishlari, investitsiya xizmatlari bo„yicha
ma‟lumotlarga ega bo„lishlari, moliyaviy-iqtisodiy ma‟lumotlardan
xabardor bo„lishlari, qimmatli qog„ozlar bozorini mustaqil tahlil qila
olishlari, qaysi qimmatli qog„oz turlari bankka to„g„ri kelishi yoki
kelmasligini aniqlashlari, daromadlilik egri chiziqlarining ko„ra olishlari,
bu bilan investitsiya faoliyatini boshqarishni ta‟minlashlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |