[136]. Aksept so„zi lotincha «acceptus» iborasidan olingan bo„lib,
rozilik berilgan, ya‟ni pul, hisob-kitob, tovar hujjatlarini yoki tovar
haqini to„lashga rozilik yoki to„lashga kafillik ma‟nosini beradi.
To„lashga rozilik berish akseptlash deyiladi.
Akseptda mol yetkazib beruvchi tashkilot mahsulot jo„natilgandan
keyin to„lash uchun talabnoma varaqasi yozadi va o„ziga xizmat
qiluvchi bank inkassosiga topshiradi. Belgilangan qoidaga muvofiq,
varaqani aksept qilish yoki rad etish oluvchining ixtiyorida bo„ladi. Bir
shahar doirasida budjet tashkilotlari o„rtasida tovar va xizmatlar uchun
qilinadigan hisob-kitoblarda hamda moliya idoralariga budjet daro-
madlarini aloqa korxonalari orqali jo„natishda akseptlangan chek
qo„llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |