Mavzu-12: Mutaxassis murabbiyning faoliyat mahorati va pedagogik odobi.
(2 soat)
Reja:
Mutaxassis mahorat haqida tushuncha.
Mutaxassislik mahoratining mazmuni va amalga oshirish yo`llari.
Mahoratning san`at va madaniyat bilan aloqadorligi.
Mutaxassisning o`z-o`zini boshqarishdagi mahorat, tashqi qiyofasi, nutq madaniyati, mimikasi va tili.
Mutaxassisning pedagogik odobi, taktikasi.
Odobiylikning asosiy sifatlari.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Aliev A. Ta`lim tayanchi. Xalkqta`limi 1992 yil. № 8-9.
2. Nasriddinov B. Pedagogik mahoratga yangicha munosabat. Xalq ta`limi. № 8-9. 1992 yil.
3. Xasanov T. Ko`p qirrali pedagogik mahorat. Xalq ta`limi. 1992 y. №4
4. Zyaz’yun I.A. Pedagogik mahorat asoslari M.1989 y.
5. Yunusov. O`qituvchining faoliyatini oshirish. Xalq ta`limi. 1992 y.№4
Mutaxassis mahorat haqida tushuncha. Mutaxassislik mahoratining va amalga oshirish yo`llari. Mahoratning san`at va madaniyat bilan aloqadorligi. Mutaxassisning o`z-o`zini boshqarishdagi mahorat, tashqi qiyofasi, nutq madaniyat, mimikasi va tili. Mutaxassisning pedagogik odobi, taktikasi. Odobiylikning asosiy sifatlari: muomala madaniyati, xushmuomala, shirinso`z bo`lishi, kamtarinligi, mehr-shafqatliligi, mehnatga nisbatan intizosliligi, hamjihatliligi.
Mahorat so`zining lug’aviy ma`nosi haqida gapiradagan bo`lsak – bu ma`lum ishni a`lo darajada bajarmoqdir. Mutaxassis murabbiy mahorat deganda esa chuqur bilimli, talabalar ruhiyatini yaxshi biladigan, o`qituvchilikning g’ururi, yuqori darajada bo`lgan insonlar faoliyati tushuniladi. Aslida bizning kasbda mayda ish yo`q. Har bir harakatimiz katta ahamiyatga ega.
Bola eng toza, eng nafis va eng buyuk mavjudotdir. Shuning uchun tozaki, hali u bu yoshda gunoh qilishga ulgurmagan bo`ladi. Hamma narsaga hayrat va hayajon bilan boqadi. U kattalarni juda aqlli, ishonchli, ibratli deb biladi. Bola-rostu yolg’oningizga chippa-chin ishonadi.
Bola shuning uchun ham nafiski, u hali aldovga yo`liqmagan, zarbaga duchor bo`lmagan-bir aldov uning ming ishonchini poymol qilishi, bir zarba uning murg’ak dunyoqarashini alg’ov-dalg’ov qilib yuborishi mumkin.
Ayting, ruhiyatning bolalikda shakllanadigan poydevori darz ketmasin!
Xayoldagi qalban nogiron odamlar kattalarning bolalar ko`nglini asrab-avaylab olmaganining natijasidir. Bolalarning buyukligi shundaki, ular yer kurrasining ertangi sohiblari, kelajak tarixini bituvchilaridir.
Aytingchi, shunday toza, nafis va buyuk zot qoshiga qanday qilib taraddudsiz, shunchaki ro`baruy kelib bo`ladi? Bu bokira olamda bo`ynida la`nat, ko`nglida loqaydlik bilan kirish gunohi azim-ku! Bir noqobil shifokor umriga kushanda bo`lishi, no’noq muhandis muhim mexanizmni ishdan chiqarish mumkin . Noqobil muallim esa har gal o`ttiz nafar bolaning ma`naviy dunyosini qorong’i qilib chiqaveradi.
Haqiqatdan ham hayotda turli xil murabbiylarni uchratamiz. Ba`zilari bolalarni joni dilidan ortiq sevadi , biroq bilimi sayoz, ba`zilari chuqur bilimga ega bo`lsada bolalar bilan muomala qilishni bilmaydi, ba`zilari o`rta miyona. Sanasangiz nuqsonlar ko`payaveradi. Xo`sh, pedagogik mahorat nima o`zi? U hammada ham bormi ? Albatta, mahoratni hammada shakllantirish mumkin. Buning uchun avvalambor sabr - bardosh, qunt bilan o`qish, o`z ustida ishlash, bolalarning ruhiyatini, ularning rivojlanish xususiyatlarini chuqur o`rganib, tahlil qila olish va yana eng asosiy narsalar bolalarga mehr va o`qituvchining o`zida pedagogik g’urur mujassam bo`lmog’i lozim.
Demak, pedagogik mahorat bu-o`qituvchining kasbiy faoliyati jarayonida shaxs sifatidagi xususiyatlarni yuqori darajada tashkil qila olish mahoratidir.
Mutaxassis murabiyning mahorat bir qator kompanentlardan tarkib topadi.
U pedagogika va psixologiya bo`yicha ilmiy bilimlarni, ya`ni kasbiy bilimlar, kasbiy qobiliyat, pedagogik etika va pedagogik texnikani o`z ichiga oladi .
O`qituvchilar mehnat faoliyati jarayonida o`z ishlarining chinakam ustalariga aylanadilar. O`qituvchilar bilan bo`lgan o`z suhbatlaridan birida bir adib “…. men o`zimni bir oz bo`lsada, talantli pedagog deb hisoblamaganman va hisoblamayman ham …. Ammo men ko`p ishladim , o`zimni ishga qobiliyatli deb hisobladim va hisoblayman, men ana shu mahoratni egallashga harakat qildim, dastlab, xatto ishlaganim ham yo`q, ha shunday mahorat bormi yoki pedagoglik talanti deb aytilishi lozim bo`lgan narsa haqida gapirish kerakmi deb o`ylayman. Ammo biz talantlarning tasodifiy taqsimlanishiga bog’lasak bo`ladimi ?
Bizda bunday juda talantli tarbiyachilar qani? Mahorat haqida, ya`ni tarbiyaviy jarayonni chindan ham bilish to`g’ri sidagina, tarbiyalash o`quvi haqidagina gapirish lozim. «Men o`z tarjibamda masalani ko`nikma va malakaga asoslangan mahorat hal qiladi, degan xulosaga keldim», deb ta`kidlagandi bir adib. Sog’lom fikr yurituvchi har bir kishi mahoratli tarbiyachi bo`la oladi, mahoratga tajriba hamda fikr yuritish orqali eshitiladi , deb ishongandi. Mutaxassis murabiylik mahorat – bu avvalo o`qituvchiga pedagogik vaziyatni ta`lim tizimi oldida turgan siyosiy va pedagogik vaziyatlarga muvofiq tarzda hal etish imkonini beradigan kasbiy bilim, ko`nikma va malakalarni egallashdir. Mutaxassis murabiylik mahoratini nazariy asosi kasbga oid bilimlardir. Tarbiyaning birinchi galdagi vazifalarni konkret aniqlab yuzaga kelgan pedagogik vaziyatda pedagogik bilimlarni qo`llashni talab qiladi. Tarbiyaviy ishda maqsadga qat`iy va zo`r g’ayrat bilan intilish talab qilinadi .Bu nimaga erishmoqchi bo`lganimizni bilishimiz va buni hech qachon unitmasligimiz kerak. Ammo pedagogika psixologiyaga doir bilimlar konkret tarbiyaviy momentlarda yuzaga keladigan barcha vazifalarga tayyor javoblar berolmaydi. Mutaxassis murabbiyning faoliyati - ijodiy faoliyati va aynan bilimlarni ijodiy qo`llash mohir- pedagogning o`ziga xos xususiyatini ko`rsatib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |