Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Aliev A. Ta`lim tayanchi. Xalq ta`limi 1992 yil. № 8-9.
2. Nasriddinov B. Pedagogik mahoratga yangicha munosabat. Xalq ta`limi. № 8-9. 1992 yil.
3. Xasanov T. Ko`p qirrali pedagogik mahorat. Xalq ta`limi. 1992 y.№4-
4. Zyaz’yun I.A. Pedagogik mahorat asoslari M.1989 y.
5. Yunusov. O`qituvchining faoliyatini oshirish. Xalq ta`limi. 1992 y.№4
Milliy mustaqqillk jamiyatdagi har bir mehnatkashdan Prezident I. Karimov ta`kidlaganidek, «o`z kuchi ,salohiyatiga ishonadigan, boqimandalikni or deb biladigan, eng rivojlangan mamlakatlarning ilg’or kishilari bilan teppa-teng muomala qila oladigan, oqni qoradan yaxshini yomondan ajrata biladigan, bu murakkab , beshafqat hayotning pastu - balandi , tangu – tor ko`chalarida olloh bergan aql zakovati bilan to`g’ri yo`lni adashmay topa olishga qodir bo`lgan barkamol avlodni tarbiyalab etishtirishni taqazo qilmoqda. Zero fikri teran, e`tiqodi sog’lom yoshlar hech qachon milliy mafkuramizga zid xarakterlarga, soxta oqimlarga qo`shilmaydi. O`quv – tarbiya jarayoni ishtirokchilari oldida turgan birinchi galdagi ,eng muhim vazifa, o`quvchi yoshlarimizda mafkuraviy bo`shliq paydo bo`lish sabablarini bilish va ularni yosh g’oyalar ta`siridan asrash hamda ularni davr talabidagi mutaxasis qilib tarbiyalashdir. Bu ulkan vazifani muvoffakiyatli bajarish uchun oliy ta’lim maktabda tayyorlanayotgan murabbiy yuksak mahorat va odobga ega bo`lish kerak».
Buning uchun avvalo pedagogik mahorat va odobning mohiyati va mazmunini o`rganib chiqish zarur .
I. Pedagogik mahorat: mohiyat va mazmun ta`limning muvaffakiyatli bo`lishi, oqibat natijada darslik yoki metodga emas , balki o`qituvchiga bog’liq.
Mehnat, bilish, mahorat , ijod. Inson hayotining bosh mezoni. Bu mezon faoliyat orqali amalga oshiriladi – mehnat qilish, izlanish jarayonida, ya`ni faoliyat jarayonida yutuqlar qo`lga kiritiladi, mahoratga erishiladi. Kasbiy mahorat sirlarini o`rganishga harakat qiluvchi har bir murabbiy avvalo egallashi lozim bo`lgan pedagogik bilim ma`lumotlarga ega bo`lishga intilishi, qilayotgan ishning barcha qirralarini tasavvur qilishga harakat qilishi, ish natijalarini baholashi, yo`l qo`ygan xato – kamchiliklarni mohiyatini tushunib borishga harakat qilishi lozim. Bu holatlar albatta, faoliyat orqali amalga oshiriladi. Natijada o`quvchilarga bilim beriladi, ularning shaxsiy sifatlari tarbiyalanadi, psixologik xususiyatlari rivojlantiriladi, natijada o`quvchi shaxs sifatida kamol topib boradi. Shuning uchun kasbiy faoliyat jarayonida pedagog tashkil qiluvchi , yo`l ko`prik ko`rsatuvchi, targ’ibot-tashviqot yurituvchi, ma`lumot- axborot to`plovchi, shaxsiy xususiyatlarini va mahoratini takomillashtiruvchi shaxs sifatida ishtirok etadi. Bularning barchasi bevosita va bilvosita pedagogik mahoratni shakllantirishga ta`sir ko`rsatadi. Pedagogik faoliyat aniq ko`rinishda bo`lsa unda o`qituvchi o`qitish, tarbiyalash, rivojlantirish vazifalarini aniq ko`ra oladi va ularni hal qilishga harakat qiladi. Bu jarayonda faoliyat ruhiy jihatdan tayyorlanadi, ta`sir ko`rsatish vositalari belgilanadi, natijalarni nazorat qilish, tahlil qilish, baholash va yangi vazifalar belgilash bilan chegaralanadi. Bilimlarni o`zlashtirish vositasida shaxsning o`sishi ta`minlanadi, natijada jamiyat talabi va vazifalari bajariladi. Buning uchun o`qituvchi avvalo vaziyatni tushunishi, har bir o`quvchining o`zlashtirish jarayoni, rivojlanib shaxs sifatida shakllanish darajalarining mezonini aniq ko`ra bilish imkoniyatiga ega bo`lmog’i darkor. Bu o`z navbatida o`qituvchidan katta bilim, tajribalarni talab etadi. Bu faqat nisbiy mahoratga ega bo`lish orqali amalga oshadi. Shuning uchun ham o`quvchi tarbiya jarayonida oldidagi muhim vazifalarni amalga oshirish uchun murabbiyga mahorat zarurdir.
Avvalo pedagogik mahoratga ta`rif beraylik. Shunday qilib, «Pedagogik mahorat» nima? U qanday qilib qo`lga kiritiladi? o`qituvchi tarbiyachining kasbiy mahorat – bu ma`lum shaxsiy (bolalarni sevishi ,mehribonligi , hayrixohligi va h. k ) va kasbiy (bilimdonligi, javobgarlikni his qilishi, ijodkorligi eruditsiyasi va h. k.) fazilatlarining yig’indisi hisoblanib, u o`quv pretmetini chuqur va atroflicha bilishida, pedagogik-psixologik, usuliy tayyorgarligida, o`quvchi– yoshlarni o`qitish va tarbiyalashning optimal yo`llarini izlab topishida namoyon bo`ladi. O`qituvchi pedagogik mahorat sirlarini o`rganishi va yuksak natijalarga erishishi uchun, avvalo o`quvchi yoshlarni o`qitish, ma`lumotli qilish va tarbiyalashning eng qulay, oson, ko`p natija beradigan yo`llarini izlab topish va qo`llashga harakat qilmog’i, ta`lim va tarbiyasining, shakl usul va vositalaridan unumli foydalanish kerak. Albatta, o`quv ishlarining tashkil qilishning zamonaviy shakl, usul va vositalarini qo`llash orqali o`qituvchi o`quvchilarni o`quv ishlarining turli jarayonlarga, xususan, ijodiy ishlarga jalb qiladi. Natijada o`quvchilarda ma`lum ilmiy bilimlar tizimi vujudga keladi va amaliy ko`nikma va malakalar bilan qurollanish imkoniyatiga ega bo`ladi. Ammo ba`zan eng ko`p natija beradigan usul va vosita ham ko`zlangan natija beravermaydi. Biz ba`zan ayrim o`qituvchilardan men barcha metodik ko`rsatmalarga asoslanganda, o`qituvchilar meni tushunmayaptilar, darsda meni tinglamay qo`ydilar, degan e`tirozlarni eshitib qolamiz. Buning sababi shundan iboratki, ba`zan o`qitishning ma`lum faol shakllari , usul va vositalari ham o`quvchilarni o`qishga bo`lgan qiziqishlarini tarbiyalashga ojizlik qiladi. Bunday sharoitlarda o`qituvchi shaxsi, uning individualligi o`quvchilar bilan munosabati ma`lum darajada muhim ahamiyat kashf etadi. Shuning uchun, avvalo, o`qituvchi pedagogik mahoratning ustasi bo`lishi uchun o`zining shaxsiy fazilatlarini tarbiyalab takomillashtirib borishi, davr, vaziyat, imkoniyatga qarab ish tutishi lozim. Shuning uchun o`qituvchi- tarbiyachining kasbiy mahorat, bilimdonligi, zukkoligi, ijodkorligi bilan birga shaxsiy sifatlarni ham takomillashtirishni ham taqozo qiladi. Murabbiy faoliyat mahoratini qanday fazilatlar belgilaydi? Mohir o`qituvchi avvalo mafkuraviy tayyorgarlikka ega bo`lishi lozim. Bu deganimiz Milliy qadriyatlar, urf-odatlar, an`analarni bo`lishi va ularni yoshlar ongiga etkazib o`quvchilarni ota-bobolarimiz yaratgan boy merosga hurmatni tarbiyalay olishi kerak. Buning uchun avvalo murabbiyning o`zi milliy qadriyatlarning mohiyat mazmunini chuqur anglashi, ularga hurmat e`tiqodi bo`la olishi darkor, Ijtimoiy hayot qonunlarini aniq tushunish, milliy-ahloqiy qadriyat, mafkura mazmunini anglash o`quvchilarda bobolar avlodlar ruhiga hurmatni, ilmiy dunyoqarash asoslarini tarbiyalash uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday qilib, o`qituvchi shaxsiy fazilatining muhim omili o`tmish merosini mukammal bilish, qadriyatlar, urf-odatlar mazmunini anglash ijtimoiy taraqqiyot qonuniyatlarini tushunish orqali ilmiy dunyoqarashni o`zida tarbiyalangan bo`lishi kerak.
Bolalarni seva olish, ularga o`z ota-onalaridek mehribonlik ko`rsata bilish mohir pedagogning muhim shaxsiy fazilatlaridan biridir. Murabbiy har doim, hamma vaqt o`quvchilarga mehribonlik ko`rsata olishi lozim. O`z o`quvchisi to`g’risida shoshma-shosharlik bilan xulosa chiqarmaslik, ular haqida salbiy yoki ijobiy fikrga kelmaslik o`quvchilar orasida uning "sevimli" yoki "yomon"-ko`radigan tarbiyalanuvchilarni bo`lishi o`qituvchida pedagoglikni so`ndiradi qanday bo`sh va past o`zgashtiradigan, "tarbiyasi qiyin" o`quvchining vazifasi shundan ibotratki, o`quvchidagi ana shu bilinar bilinmas lekin eng muhim ijobiy fazilatni topa olish va shu fazilatga tayanib o`quvchi mulkidagi, o`tmishidagi salbiy xususiyatlarni tugatishga intilmog’i lozim. O`qituvchi shaxsiy fazilatlari tizimida pedagogni faoliyatga bo`lgan ehtiyoj nomli muhim kasbiy yo’nalishi mavjudki u pedagogni mahoratni egallash uchun katta rol’ o’ynaydi. Bunday professional xususiyatlarni olimlarimiz S.Baranov va boshqalar shunday izohlaydilar. Pedagogik faoliyatga bo`lgan ehtiyoj professional mahoratdagi o`qituvchi shaxsiy fazilatlarini belgilovchi qimmatli bahodir, u o`zida: "...bolalarga qiziqish va muxabbatni; pedagogni ishga havasni; psixologik-pedagogik ziyraklik va kuzatuvchanligimni mujassamlashtiradi.
Murabbiyning o`quvchilarga nisbatan mehribonligi, hayrixohligi bolalarni sevishi insoniy talabchanlik asosida ko`rilmog’i lozim, insonparvarlikka asoslangan talabchanlik o`quvchilarni intizomga chaqiradi, o`z hulq-atvori to`g’risida o`ylashni, o`ziga boshqalar ko`zi bilan. qarashni, salbiy xususiyatlarim qayta tarbiyalashni, ijobiy fazilatlarini takomillashtirishni yo`lga qo`yishga da`vat etish muddaosiga erishadi. Buning uchun murabbiy talabning me`yorini bilishi lozim. Talab istiqbolli bo`lib, bolaning kelajak hayoti, faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan, bolalarni quvonchga qiziqishlarini takomillashtiruvchi yunaltirilgan bo`lsagina, maqsadga muvofiq bo`ladi. L.I.Ruvinskiy tahriri ostida chop etilgan "Tarbiyaviy ishlar metodikasi" qo`llanmasida talablarning bir necha shakllari ko`rsatib o`tilgan, jumladan, iltimos shaklidagi talab, ishonch bilan talab qilish, talab-ma`qullash, talab-maslahat, o`yin shaklidagi talab, talab-sha`ma, shartli-talab, qoralovchi talab, ishonchsizlik asosidagi talab, talab qo`rqitish va boshqalar»
Murabbiy shaxsiy sifatining yana bir ko`rinishi "uning shaxsiy namunasidir”. O`tmish mutafakkirlarimi?: mehnat shaxsni shakllantiradi deb da`vat etgan edilar. Darhaqiqat, murabbiyning shaxsiy namunasi o`quvchi uchun hayot darsligi vazifasini o`taydi. Shaxsiy namuna o`z ishiga bo`lgan munosabatda, o`quvchilarni, tushunish, hurmat qilish, talabning me`yorda bo`lishida namoyon bo`ladi. o`qituvchining shaxsiy namunasi har qanday pedagogik jamoadagi munosabati bilan belgilanadi. Ayrim xollarda eng yaxshi deb, yoki eng yomon deb tushunilgan o`quvchilarimiz teskari bo`lib chiqishi mumkin. Shuning uchun o`qituvchi sinchkov, ziyrak, chidamli, sabr-toqatli, o`zini tuta biladigan» hayri-xoh muntazam o`z hissiyotini, faoliyati, xulq-atvorini nazorat qila oladigan kishi bo`lishi lozim. Shundagina ish ham, tarbiya ham unumli bo`ladi. o`quvchilar o`zlarining qilgan ishlari, hulq atvorlariga qo`yiladigan bahona ziyraklik bilan kuzatuvchan bo`ladilar. Ayniqsa, kollej yoshlarida bolalar o`qituvchining qay holatlarida haq, qay vaziyatlarda u nohaq ekanligini aniq baholaydigan bo`ladilar. Munosabatda garmjo`shlik, xulq-atvorda vazminlik og’ir-bosiqlik, talabda ob`ektivlik hozirgi davr o`qituvchisining muhim shaxsiy sifatlaridan biridir.
O`qituvchining shaxsiy fazilatlarini uning kasbiy xususiyatlari to`ldirsa, u kasbiy mahorat pillapoyalari sari yana ilgari odimlaydi. Yuqorida qayd qilib o`tganimizdek o`qituvchi kasbiy mahoratini uning bilimdonligi pedagogik- psixologik, metodik tayyorgarligi, erudutsiyasi, ijodkorligi, o`quvchi-yoshlarni o`qitish, tarbiyalash va rivojlantirishning optimal yo`llarini izlab topishi kabi malakalar tashkil etadi. Kasb mahoratining bu malakalari pedagogik texnika, pedagogik qobiliyat, pedagogik xayol; pedagogik takt; pedagogik muloqot mazmunida tarkib topib boradi. O`qituvchi kasbiy mahoratining bunday tarkibiy qismlari o`qituvchining g’oyaviy-siyosiy tayyorgarligi, o`quv predmetining ilmiy-nazariy va amaliy asoslari bilan qurollanish, muntazam mustaqil bilim olishga intilishi kabi xususiyatlar bilan to`ldiriladi.
Komponentlar o`zaro pedagogik mahoratning mazmunini tashkil etadi. Izohlab o`tilgan murabbiyning shaxsiy va kasbiy sifatlari, uzviy bog’liklikda shakllanib takomillashib boradi. Ular pedagogik faoliyat zaminida mustahkamlanar ekan o`quvchilar bilan bo`lgan munosabatlarda, ularning qalbini bilishga intilishda, o`z shaxsiy va kasbiy faoliyatini muntazam nazorat va tahlil qilishda namoyon bo`ladi. Mabodo o`qituvchi pedagogik kasbni faqat o`quvchilarga bilim berish, ularni tarbiyalashdan iborat deb bilsa, katta xatolikka yo`l qo`yadi. Shuning uchun u vaqti-vaqti bilan o`z ishlarini, muomalasini, munosabatlarini, hoh u ijobiy bo`lsin, hoh salbiy tahlil qilib borishga odatlanish kerak. Bulardan tashqari kasbiy mahorat tizimida yana shunday masalalar, borki ularni bilmaslik, ularga e`tiborni qaratmaslik maktabda ta`lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish va amalga oshirishni qiyinlashtiradi, oqibat-natijada pedagogik mahoratni shakllantirish va uni takomillashtirish ishlariga sharoit yaratilmaydi.
Ilmiy pedagogik ta`lim, maktab tajribasini o`qituvchining kasbiy mahorat quyidagi omillar asosida, rivojlanishi mumkinligini ko`rsatmoqda: o`quv predmetining ilmiy-nazariy va metodologik asosi bilan qurollanishi ta`lim-tarbiyaning maqsad va vazifalarini davr talablari asosida anglash va amalga oshirishni rejalashtirish;
• shaxsiy pedagogik mahoratni mustaqil tashkil etish va mustaqil bilim olishni aniq reja mahoratni, shakllantirish va uni takomillashtirish ishlariga sharoit yaratilmaydi.
Ilmiy pedagogik ta`lim, maktab tajribasini o`qituvchining kasbiy mahorat quyidagi omillar asosida rivojlanishi mumkinligini ko`rsatmoqda.
• predmetining ilmiy-nazariy va metodologik asosi bilan qurollanishi.
• ta`lim-tarbiyaning maqsad va vazifalarini davr talablari asosida anglash va amalga oshirishni rejalashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |