KIRISH
O`zbekiston Respublikasining «Ta`lim to`g’risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ning talablaridan biri mutaxassislarda umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan shaxsiy va kasbiy fazilatlarni shakllantirish, kasbiga qiziqishni rivojlantirish, izlanish, tadbirkorlik, ishbilarmonning ko`nikmalarini tarkib toptirishdan iboratdir. Bu talabni amalga oshirishning muhim omillaridan biri kasbiy mahorat texnologiyasini joriy etishdir.
Pedagogik mahorat fanining maqsadi bo`lajak pedagoglarda kasbiy ijod, mahorat ko`nikmalarini hosil qilish, nutq madaniyati, pedagogik tenika malakalarini shakllantirishdan iboratdir.
Pedagogik mahorat fanini o`rganish jarayonida talabalarga kuzatuvchanlik, ijodkorlik, ilg’or pedagogik tajribalarini mustaqil o`zlashtirishga o`rgatiladi, diqqatlarini taqsimlay olish, bilim, ko`nikmalari, psixik holatlarini boshqara olishga, pedagogik texnika mahoratini mustaqil o`zlashtirishga malakalari shakllantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |