Mavzu: Ijtimoiy pedagogning kasbiy kompetenligi. Mundarija: Kirish i-bob ijtimoiy pedagoglarda texnologik kompetentlikni shakllantirish yo’llari muammosining pedagogik nazariy asoslari



Download 49,08 Kb.
bet1/14
Sana01.06.2022
Hajmi49,08 Kb.
#625769
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Ijtimoiy pedagogning kasbiy kompetenligi


Mavzu: Ijtimoiy pedagogning kasbiy kompetenligi.

Mundarija:
Kirish
I-BOB Ijtimoiy pedagoglarda texnologik kompetentlikni shakllantirish yo’llari muammosining pedagogik nazariy asoslari.

    1. Kompetentlik, texnologik kompetentlik, mahorat tushunchalari taxlili.

    2. Bo’lajak pedagoglarda texnologik kompetentlik qobilyatini shakllantirish yo’nalishlari.

    3. Texnologik kompetentlik – zamonaviy o’qituvchiga qo’yilgan talab.

II-BOB Pedagoglarda texnologik kompetentlikni rivojlantirish shart-sharoitlari.
2.1 Ijtimoiy pedagoglar texnologik kompetentligini rivojlantiruvchi omillar…..
2.2 Ijtimoiy pedagoglarda texnologik kompetentlikni rivojlantirish metodmezonlar
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

Kirish
Мuammoning dolzarbligi Hоzirgi kundа Rеspublikаmizdа аmаlgа оshirilаyotgаn keng ko’lamdagi islоhоtlаrning tаqdiri yoshlаrning yuksak mа’nаviy kamoloti, intellektual salohiyati va kasbiy fazilatlariga bоg’liq. Ushbu vаzifаlаrni аmаlgа оshirish, O’zbеkistоn Rеspublikаsining “Tа’lim to’g’risidа”gi Qоnuni va “Kаdrlаr tаyyorlаsh milliy dаsturi”dа belgilab qo’yilgan.
Mamlakatimizda o’tgan yillar davomida amalga oshirilgan keng ko’lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, kuchli fuqorolik jamiyati qurishga, erkin bozor munosabatlariga va hususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirishga, xalq osoyishtaligi va farovon hayot kechirishi uchun munosib shart-ssharoitlarni yaratishga qaratilgan islohotlar amalga oshirilmoqda.
Hususan, 2017-2021 yillarda mamlakatimizni rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi ishlab chiqildi:
1.Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish;
2.Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish;
3.Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish;
4.Ijtimoiy sohani rivojlantirish;
5.Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash, chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish;
Mazkur yo’nalishlarning har biri mamlkatdagi islohotlarni va yangilanishlarni yanada chuqurlashtirishga oid aniq bo’limlardan iborat.
Davlat dasturining “Ijtimoiy sohani rivojlantirish” deb nomlangan to’rtinchi yo’nalish aholi bandligini oshirish, fuqorolarni ijtimoiy himoya qilish va ularning salomatligini saqlash, yo’l-transport, muhandislik-komunikatsiya hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va modernizatsiyalash, aholining muhtoj qatlamlariga ko’rsatiladigan ijtimoiy yordam sifatini oshirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi maqomini oshirish, maktabgacha ta’lim muassasalarining qulayligini ta’minlash, umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus va oliy ta’lim sifatini yahshilash hamda ularni rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirishni nazarda tutadi.
Oliy ta’lim sifatini yaxshilash bevosita barkamol avliodga ta’lim tarbiya beruvchi ijtimoiy pedagoglarni har tomonlama yetuk kadr bo’lib yetishishlarini kafolatlaydi.Chunki, pedagogik kasb bir paytning o’zida ham islohotchilik, ham boshqaruvchilik kasbi hisoblanadi.Shaxs kamolotini boshqarish uchun esa kompetent bo’lishi lozim. Shuning uchun o’qituvchini kompetentligi tushunchasi uning pedagogik faoliyatini amalga oshirishga nazariy va amaliy tayyorgarligi hamda yuksak darajadagi mahoratini ifodalaydi.O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonunining 5-moddasida «Yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo’lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug’ullanish huquqiga ega» ekanligi ko’rsatilgan. Shunga ko’ra bo’lajak o’qituvchilarning kompetentligi tarkibi pedagogik ko’nikmalar orqali namoyon bo’lishi mumkin. Bugungi zamonaviy ta’lim tizimiga nazar tashlaydigon bo’lsak pedagogning mahorati, uning kasbiy kompetentligi ta’limni sifatli amalga oshirish garovi desak mubolag’a bo’lmaydi. Binobarin, texnologik kompetentlik ham kasbiy kompetentlikning asosiy qismlaridandir. Bizga ma’lumki XXI asr axborot texnologiyalari asri bo’lishiga qaramay pedagoglarimiz ta’lim jarayonida bu borada hali ham oqsashmoqda.
Ko’plab pedagoglarimiz faoliyati quruq ma’ruza bilangina cheklanib qolyapti, zotan buyuk rus pedagogi Y.A.Komenskiy ta’kidlaganidek:”Eshitsam unutaman, ko’rsam eslab qolaman, bajarsam anglab yetaman”, degan edi. Shunday ekan ijtimoiy pedagoglarimiz ta’lim jarayonini pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar, multimedia, slayd, audio-video vositalari bilan boyitishi uchun ularda texnologik kompetentlikni, mahoratni shakllantirish lozim.Bu esa o’z navbatida pedagogning o’z ustida ishlashiga, mavjud zamonaviy axborot texnologiyalaridan, zamonaviy pedagogik texnologiyalaridan foydalanish ko’nikmasiga ega bo’lishga undaydi.

Download 49,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish