Qisqa xulosalar
Modellashtirishni tabiat, jamiyat va inson rivojlanishining barcha tizimlarida qo„llash mumkin. Iqtisodiy jarayonlar va ko„rsatkichlarni modellashtirishda turli xil usullardan foydalaniladi. Barcha modellar moddiy modellar va ideal modellarga bo„linadi. Iqtisodiyotda eng keng qo„llaniladigan modellardan biri - bu iqtisodiy- matematik modellardir. Iqtisodiy-matematik modellar funksional va strukturali bo„lishi mumkin. O„rganilayotgan davrga qarab modellar statik va dinamik modellarga bo„linadi. Bundan tashqari modellar chiziqli va chiziqsiz, determinatsion va stoxastik turlarga bo„linadi. Statik modellarda iqtisodiy jarayonlar va ko„rsatkichlarning ma‟lum bir vaqtdagi holati o„rganiladi. Dinamik modellarda esa iqtisodiy ko„rsatkchilarning vaqt davomida qanday o„zgarishi kuzatiladi va ularga qaysi omillar ta‟sir etishi o„rganiladi. Тanlangan maqsadga qarab modellar optimallashtiriladigan va optimallashtirilmaydigan modellarga ajratiladi. Modellashtirish - takrorlanuvchi (davriy) jarayondir. Bu shuni bildiradiki, birinchi
davrdan so„ng ikkinchisi, uchinchisi va hokazo keladi. Bunda tekshirilayotgan ob‟ekt haqidagi bilimlar kengayadi va tobora aniqroq bo„ladi, boshlang„ich model esa takomillasha boradi. Ob‟ektni ham o„rganish natijasida paydo bo„lgan kamchilik va model qurishdagi xatolar birinchi davrdan so„ng aniqlanib, keyingi davrlarda tuzatilishi mumkin. Demak, modellashtirish uslubiyotida o„z-o„zini rivojlantirish asoslari mavjud.
Тayanch iboralar
Modellashtirish jarayoni. Moddiy va ideal modellar. Haqiqiy ob‟ektlar. Fizik modellar. Belgili modellar. Тajriba. Iqtisodiy-matematik modellar. Matematik modellashtirish. Iqtisodiy izlanishlar. «Model-masala». Noma‟lum miqdorlar. Vektor komponentlari. Ichki va tashqi parametrlar. Ekzogen va endogen o„zgaruvchilar. Funksional va strukturali modellar. Kirish va chiqish parametrlari. Bog„lanish funksiyalari. Ichki struktura. Statik va dinamik, chiziqli va chiziqsiz, determinatsion va stoxastik modellar. Qavariq dasturlash. Kvadratik dasturlash. Butun sonli dasturlash. Dinamik dasturlash. Ekstremal masala. Boshlang„ich ma‟lumotlar. Тarmoqlararo bog„lanishlarni ifodalovchi modellar. Mahsulotlarni ishlab chiqarish va taqsimlash, kapital jamg„arma balanslari modellari. Optimal variant. Cheklanishlar tizimi. Optimallik mezoni (maqsad funksiyasi). Funksional (yoki kibernetik) modellar. “Qora quti”. Iqtisodiy-statistik modellar. Korrelyatsiya va regressiya tenglamalari. Modellashtirish bosqichlari. Haqiqiy ob‟ekt. “Modelli” tajriba. Iqtisodiy muammoning qo„yilishi. Ichki va tashqi ahborot aloqalar. Matematik modelni tuzish. Modelning matematik tahlili. Iqtisodiy ma‟lumotlarni tayyorlash. Masalaga algoritmlarni tuzish, dasturlarni tayyorlash va ular asosida masalani hisoblash, yechimini olish. Model bo„yicha yechimni miqdoriy tahlili va uning qo„llanishi. iqtisodiy rivojlanishdagi ehtimolliklar, model, modellashtirish, imitatsion modellash, noaniqlik sharoitida modellash.
Do'stlaringiz bilan baham: |