Њзбекистон республикаси олий ва њрта махсус



Download 0,89 Mb.
bet18/65
Sana16.04.2022
Hajmi0,89 Mb.
#557703
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   65
Bog'liq
10.Matematik-modellashtirish-2013-oquv-qollanma-N.Rozmetova-R.Fayziyev-va-bosh

Nazorat uchun savollar


  1. Iqtisodiy jarayonlarni matematik modellashtirishning zarurligi nimalardan iborat?

  2. Matematik usullar va modellarning ahamiyatini nimalarda ko„rish mumkin?

  3. Matematik modellarga ta‟rif bering.

  4. Iqtisodiy tahlilda matematik modellashtirishning vazifalari nimalardan iborat?

  5. Optimal dasturlash masalalarining umumiy qo„yilishini tushuntirib bering.

  6. Chiziqli dasturlash masalalarini yechish usullarini tushuntirib bering.

  7. Chiziqli dasturlashning to„g„ri va ikkilangan masalalari tuzishga sabab nimada?

  8. Simmetrik va simmetrik bo„lmagan ikkilangan masalalarni tushuntirib bering.

2-BOB




MAТEMAТIK MODELLASHТIRISH MASALALARINING ТURLARI


    1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida modellashtirishning ahamiyati


Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy jarayonlarni matematik modellashtirish o„ziga xos xususiyatlarga ega. Chunki, birinchidan, bozor tavakkalchilik va noaniqlik elementlariga ega; ikkinchidan, resurslarning chegaralanganligi; uchinchidan, ishlab chiqaruvchilar va iste‟molchilar o„rtasida raqobatning mavjudligi; to„rtinchidan, iqtisodiy ko„rsatkichlarni istiqboldagi holatini oldindan ko„ra bilish va boshqalar. Iqtisodiy jarayonlar turli xil va bir-biridan aniq bir belgilari bilan farqlanadi.
Kuzatilayotgan ob‟ektlarni chuqur va har tomonlama o„rganish maqsadida tabiatda va jamiyatda ro„y beradigan jarayonlarning modellari yaratiladi. Buning uchun ob‟ektlar hamda ularning xossalari kuzatiladi va ular to„g„risida dastlabki tushunchalar hosil bo„ladi. Bu tushunchalar oddiy so„zlashuv tilida, turli rasmlar, sxemalar, belgilar, grafiklar orqali ifodalanishi mumkin. Ushbu tushunchalar model deb aytiladi.
Model so„zi lotincha modulus so„zidan olingan bo„lib, o„lchov, me‟yor degan ma‟noni anglatadi.
Keng ma‟noda model biror ob‟ektni yoki ob‟ektlar tizimini namunasidir.
Model tushunchasi biologiya meditsia, fizika va boshqa fanlarda ham qo„llaniladi.
Jamiyatdagi va iqtisodiyotdagi ob‟ektlarni matematik modellar yordamida ifodalash mumkin. Bu tushuncha modellashtirish deyiladi.
Iqtisodiy model - iqtisodiy ob‟ektlarning soddalashtirilgan nusxasidir. Bunda modelning hayotiyligi, uning modellashtiriladigan ob‟ektga aynan mos kelishi muhim ahamiyatga egadir. Lekin yagona modelda o„rganilayotgan ob‟ektning
hamma tomonini aks ettirish mumkin emas. Shunda jarayonning eng xarakterli va eng muhim belgilari aks ettiriladi.
Demak, modelning haqiqiyligi to„plangan ma‟lumotlar hajmiga, aniqlik darajasiga, tadqiqotchining malakasiga va modellashtirish jarayoniga, aniqlanadigan masalaning xarakteriga bog„liq ekan. Shuni ham unutmaslik kerakki, juda soddalashtirilgan model qo„yilgan talablarga to„la javob bermaydi va aksincha, murakkab model esa uni yechish jarayoniga qiyinchiliklar tug„diradi.
Modelning hayotiyligi uning modellashtiriladigan ob‟ektga qanchalik mos kelishiga bog„liq. Bitta modelda ob‟ektni hamma tomonini aks ettirish qiyin bo„lganligidan unda ob‟ektning eng xarakterli va muhim belgilarigina aks ettiriladi. Shuni ham ta‟kidlab o„tish kerakki, ortiqcha soddalashtirilgan model qo„yilgan talablarga yaxshi javob bera olmaydi. O„ta murakkab model esa masalani yechish jarayonida qiyinchiliklar tug„diradi (2.1-rasm).

2.1-rasm. Matematik modellashtirishning xususiyatlari


Ifodalangan model yordamida kuzatilayotgan ob‟ektni bilish modellashtirish deyiladi. Modellashtirish jarayonini sxemasi quyidagicha (2.2-rasm).
2.2-rasm. Modellashtirish jarayonining oddiy sxemasi

Bu sxemaning asosi «maqsad» hisoblanadi, chunki qo„yilgan maqsadga ko„ra bitta ob‟ekt uchun har xil modellar tuzilishi mumkin. Ob‟ekt sifatida biror bir korxonani olsak, agar kuzatuvchini maqsadi ushbu ob‟ektni ishlab chiqarish jarayonini o„rganish bo„lsa, bu holda modelni parametrlariga korxonaning quvvati, ishlab chiqarish omillari, xom ashyo, ishchilar soni, asosiy fondlar, ishlab chiqarish dasturi va hokazolar kiradi va model ishlab chiqarish funksiyasi ko„rinishida ifodalanadi.


Agar kuzatuvchini maqsadi shu korxonaning ijtimoiy tomonlarini o„rganish bo„lsa, unda ijtimoiy-matematik model tuzilib, xususiy usullar bilan yechiladi. Parametrlar sifatida; ishchlarning soni, turmush darajasi, oladigan daromadi, ish sharoitlari, demografik strukturasi va parametrlar hisobga olinadi.
Modellashtirishning universal usul sifatida boshqa usullarga qaraganda afzalliklari mavjud. Ushbu afzalliklar esa quyidagilardan iborat:
Avvalo, modellashtirish katta va murakkab tizimni oddiy model yordamida ifodalashga imkoniyat beradi. Masalan, milliy iqtisod bu o„ta murakkab tizimdir. Uni oddiy qora yashik sxemasi orqali ifodalash mumkin (2.3-rasm).

Moddiy resurslar
Milliy daromad


Mehnat resurslari


Asosiy fondlar

Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish