Tarif-malaka spravochnigi
- muayyan razryad olish uchun (professional
va iqtisodiy bilimlar, ishlab chiqarish ko’nikmalari, mehnat usullari, o’z ish joyini
tashkil eta bilish) ishchilar oldiga qo’yiladigan talablar va murakkabligiga qarab
ishlarning ro’yxati va xarakteristikasi berilgan normativ xujjat. Mamlakatimizda
xalq xo’jaligidagi ishlar va kasblarning yagona tarif-malaka spravochnigi amal
qiladi.
Ishlab chiqarish samaradorligi
– ishlab chiqarish faoliyatining iqtisodiy
natijasi. Ishlab chiqarish samaradorligining oshishi mehnat unumdorligi va fond
samarasining o’sishida, material sarfining kamayib borishida, chiqarilayotgan
mahsulot sifatining yaxshilanishida, korxona foydasi va rentabelligining
kupayishida ifodalanadi. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish – ijtimoiy
mehnat sarflarini eng kam qilgan xolda katta xo’jalik natijalariga erishish
demakdir. Ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini o’stirishning asosiy
yo’nalishlari – fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish, iqtisodiy o’sish
rezervlaridan foydalanish, xo’jalik mexanizmini takomillashtirish, iqtisodiyotning
hamma bo’g’inlarida tartib va uyushqoqlikni mustaxkamlashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |