Mehnat unumdorligi – xodim tomonidan vaqt birligida, yoki mahsulot
birligiga mehnat sarflari bilan ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori bilan
belgilanadigan mehnat sarflari samaradorligi. Mehnat samaradorligining o’sishi
– ijtimoiy mahsulotni ko’paytirish va ishlab chiqarish samaradorligini
oshirishning bosh omilidir.
Ish joyi – ishchiga yoki ishchilar brigadasiga birkitib qo’yilgan, tegishli
mehnat vositalari bilan ta’minlangan va muayyan ishni bajarishga qaratilgan
ishlab chiqarish maydoni uchastkasi.
Ishlab chiqarish usuli – ishlab chiqarish va shaxsiy iste’mol uchun
kishilarga zarur moddiy ne’matlar yaratish usuli; jamiyatda xukmron bo’lgan
ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari birligi.
Tarif setkasi – turli malakadagi ishchilar mehnatiga to’lanadigan haqning
nisbati (tarif razryadlari va tarif koeffisientlari). Tarif setkalari tarmoq xususiyati
va ish sharoiti hisobga oligan xolda tarmoqlar bo’yicha tasdiqlanadi.
Tarif stavkasi – muayyan razryadli ishchining markazlashgan tartibda
belgilangan soatlik, kunlik va oylik ish haqi. Mahsulot birligi uchun vaqtbay ish
haqi va baxoni aniqlash uchun (ishbay haqida) asos xizmatini o’taydi.