255
mumkin. Bajarilgan ishlarimizni ahamiyati haqida tushuntirilib borilsa, yaxshi
natijalarga olib keladi.
Mehnat topshiriqlarini sinfdan tashqari ishlarda qo‘llash o‘qituvchidan
muntazam katta tayyorgarlikni, har bitta to‘garak ishlarini doimo nazorat qilib,
ularni chuqur va mastahkam bilimlar bilan qurollantirib, tanlagan kasbiga
qiziqtirib va o‘quv fanlari mazmunini mukkamalashtirib o‘quv jarayonini to‘g‘ri
tashkil etish kerak.
Sinfdan tashqari ishlarni samarali ravishda amalga oshirish, boshlang‘ich
sinflarda o‘zlashtirgan mehnat haqidagi bilim, mehnat ko‘nikmasi va
malakalarini mustahkamlaydi, dunyoqarashini shakllantiradi, ularning ijodiy
qobiliyatlarini o‘stiradi hamda badiiy yestetik didini oshirishda muhim omil
bo‘lib xizmat qiladi. O‘z vaqtida, rejali, tartibli o‘tkazilgan mashg‘ulotlar
o‘quvchilarning qiziqish va havaslarini oshiradi, ma‘naviy, mafkuraviy
qarashlarini boyitadi, xulosa qilib aytganda o‘quvchilarga boshlang‘ich sinfdanoq
kelajakda to‘g‘ri kasb tanlashlariga ulkan zamin yaratilsa, kelajakda
jamiyatimizning rivojlanishiga katta hissa qo‘sha oladigan barkamol avlodni
tarbiyalaymiz.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari maktabga ilk kunlaridan boshlaboq ularning
turli xil yo‘nalishdagi qobiliyatlari,qiziqishlari e‘tiborga olib qaralishi maqsadga
muvofiqdir. Kimda qog‘oz bilan ishlashga kimda tikish va bichishga, kimda
rang-tasvirga, yana kimdadir kashtachilikka xullas bir sinfda 25-30 nafar turli xil
yo‘nalishga moyilligi, qiziqishi mavjud ―mitti insonlar‖ kelajakda mashhur
tikuvchi, usta, duradgor, rassom, pazanda, kulol, haykaltarosh bo‘lmasligini
bashorat qila olmaymizku.
Chunki inson hayoti voqeliklarning o‘zaro chambarchas bog‘liqligi
qonuniyatlari bilan rivojlanadi. Agar kichik yoshdagi o‘quvchilarini qo‘l
mehnatiga qiziqishi maktabga kelgan ilk kunlaridanoq ye‘tibor qilinmasa,
kelajakka, ―noshud‖, ―epsiz‖, ―loqayd‖ kishilarning ko‘payishiga zamin
yaratilmaydi deb kim kafolat beradi.
Agar bola maktabga kelgan ilk kunlaridanoq uning o‘ziga xos iqtidori,
qobililiyatlari, ehtiyojlari inobatga olinmasa, maktab uning nazarida faqat ―o‘qish
va yozishni o‘rgatadigan‖ maskan bo‘lib qoladi. Kichik o‘quvchining
barmoqchalaridagi sezgilar o‘z vaqtida tarbiyalanmasa, uning ichki iqtidor
tuyg‘usi kurtakligiga qolib ketadi. Buni esa mehnat darsi va sinfdan tashqari
mehnat tarbiyasi yuzaga chiqaradi.
Agar mehnat tarbiyasini sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda o‘z o‘rnida
va o‘z vaqtida samarali tashkil etilsa, kelajakda kasb-hunar egallashga moyilligi
qobiliyati ustun bo‘lgan o‘ziga xos iqtidor egalari o‘z vaqtida aniqlanadi va
kelajakda yaxshi kasb egasi bo‘lishiga zamin yaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: