Internet bilan tanishish.
Internet Exploler dasturi bilan ishlash.Internet bu yagona standart asosida faoliyat kо‗rsatuvchi jahon global kompyuter tarmog‗idir.Uning nomi ikki xil talqin qilinadi, ya‘ni ―International Network‖ – halqaro tarmoq va ―Interconnected networks‖ «tarmoqlararo» degan ma‘noni anglatadi.U mahalliy (lokal) kompyuter tarmoqlarni birlashtiruvchi axborot tizimi bо‗lib, о‗zining alohida axborot maydoniga ega bо‗lgan virtual tо‗plamdan tashkil topadi.Internet tarmog‗i, unga ulangan barcha kompyuterlarning о‗zaro ma‘lumotlar almashish imkoniyatini yaratib beradi.Internet tarmog‗ining har bir mijozi о‗zining shaxsiy kompyuteri orqali boshqa shahar yoki mamlakatga axborot uzatishi mumkin. Masalan, Vashingtondagi Kongress kutubxonasi katalogini kо‗rib chiqish, Nyu-Yorkdagi Metropoliten muzeyining oxirgi kо‗rgazmasiga qо‗yilgan suratlar bilan tanishish, halqaro anjumanlarda ishtirok etish, bank muomalalarini amalga oshirishi va hatto boshqa mamlakatlarda istiqomat qiluvchi Internet tarmog‗i mijozlari bilan shaxmat о‗ynash mumkin. Internet tarmog‗ining asosiy yacheykalari (qismlari) bu shaxsiy kompyuterlar va ularni о‗zaro bog‗lovchi lokal tarmoqlardir. Internet tarmog‗i – bu global marmoq vakili hisoblanadi.Internet alohida kompyuterlar о‗rtasida aloqa о‗rnatibgina qolmay, balki kompyuterlar guruhini о‗zaro birlashtirish imkonini ham beradi.Agar bironbir mahalliy tarmoq bevosita internetga ulangan bо‗lsa, u holda mazkur tarmoqning har bir ishchi stansiyasi (kompyuteri) Internet xizmatlaridan foydalanish mumkin.Shuningdek, Internet tarmog‗iga mustaqil ravishda ulangan kompyuterlar ham mavjud bо‗lib, ularni xost kompyuterlar (host – asosiy hisoblash mashinasi) deb atashadi. Tarmoqqa ulangan har bir kompyuter о‗z manziliga ega va u yordamida dunyoning istalgan nuqtasidagi istalgan foydalanuvchi bilan muloqot qila olishi mumkin. Internet о‗z - о‗zini shakllantiruvchi va boshqaruvchi murakkab tizim bо‗lib, asosan uchta tarkibiy qismdan tashkil topgan:
texnik;
dasturiy;
axborot.
Internet tarmog‗ining texnik ta‘minoti har xil turdagi kompyuterlar, aloqa kanallari (telefon, sun‘iy yо‗ldosh, shisha tolali va boshqa turdagi tarmoq kanallari) hamda tarmoqning texnik vositalari majmuidan tashkil topgan. Internet tarmog‗ining dasturiy ta‘minoti (tarkibiy qismi) tarmoqka ulangan xilma-xil kompyuterlar va tarmoq vositalarini yagona standart asosida (yagona tilda) ishlashni ta‘minlovchi dasturlar. Internet tarmog‗ining axborot ta‘minoti Internet tarmog‗ida mavjud bо‗lgan turli elektron hujjatlar, grafik rasm, audio yozuv, video tasvir, veb-sayt va hokazo kо‗rinishdagi axborotlar majmuasidan tashkil topgan. Internetning ikkita asosiy vazifasi bо‗lib, buning birinchisi axborot makoni bо‗lsa, ikkinchisi esa kommunikatsion vositasidir.
Umumiy ma’lumot beruvchi saytlar bilan ishlash.
Web sahifa va web saytlarga xizmat ko`rsatish uchun mezbon kompyuterlar va serverlarda ishlatish uchun server dasturiy ta'minoti kerak bo`ladi. Web saytlar va bu saytlarni yaratish, boshqarish uchun mo`ljallangan dasturiy ta'minot mezbon kompyuterda joylashgan bo`ladi, mezbon kompyuterlar bog`lanish protokollarini boshqaradi. Mezbon kompyuterlar Unix, Windows yoki Macintosh kabi turli operatsion tizim ostida ishlaydilar. Bu operatsion tizimlarning hammasi tarkibiga TCP/IP protokolini qo`llab-quvvatlovchi dasturiy vositalar kiradi. Server dasturiy ta'minoti serverlarda joylashgan bo`lib, klient kompyuteridagi web brauzer talablariga ko`ra so`ralgan web sahifalarga xizmat ko`rsatadi va boshqa amallarni bajaradi. Server dasturiy ta'minoti TCP/IP bog`lanishlar uchun javob bermaydi.Buni serverdagi operatsion tizim bajaradi. Lekin server dasturiy ta'minoti operatsion tizim yordamida HTTP bog`lanishlar va talablarini qo`lga kiritadi va ularni qayta ishlaydi. Server dasturiy ta'minotining har xil turlari, masalan ma'lumotlar ombori serveri, FTP serveri, tarmoq serverlari mavjud. Xususan, web server HTTP serverining bir turi bo`lib, uning vazifasiga klient kompyuterlariga HTTP protokoli yordamida turli ma'lumotlarni jo`natish kiradi. Odatda, klient kompyuteridagi web brauzer serverga HTML xujjatni jo`natish kabi talablarni qo`yadi. Server bunday talablarni olgach, unga javob beradi. Bu javobning boshida uzatish haqida ma'lumot, qolgan qismi HTML fayldan iborat bo`ladi. Albatta, web serverlar sahifalarni web brauzerga uzatishdan boshqa ishlarni ham qiladi.U web sahifadagi CGI stsenariylarini mos CGI ilovalariga uzatadi.Bu stsenariylar tashqi mini-dasturlarni ishga tushiradi. Zarurat bo`lganda, bu dasturlar ishining natijalarini web server orqaga web brauzerga qaytaradi. Bulardan tashqari, web serverlar tarkibiga konfiguratsiya fayllari va utilitlar kiradi, ular web saytlarni turli usullarda himoya qilish va boshqarish imkonini beradilar.
Mahalliy va xorijiy web saytlar bilan ishlash.
Axborot texnologiyalari va Internet rivoj topib borayotgan bugungi kunda ulardagi axborot hajmi ham axborotlarni boshqarish strukturalari ham ancha murakkablashdi. Butun dunyo ―axborot omboriga‖ aylangan Internetda har soniyada minglab yangi web-sahifalar va web-saytlar paydo bo`lmoqda. Har bir web-sayt o`zining ma`lumotlar hajmi, tuzilish strukturasi va dizayniga egadir. Bunday saytlarni tuzishda turli usullar mavjud bo`lib ular o`zlarining imkoniyatlari va qulayliklari bilan boshqalaridan ajralib turadi. Bugungi kunda web – saytlarni tuzish va kontentlarni boshqarishda ikki usulni alohida takidlab o`tish mumkin. Ulardan biri hozirda judayam ommalashgan Portal texnologiyasi, ikkinchi texnologiya bu web – dizayn sohasidagi yangi va ancha istiqbolli Mashup texnologiyadir. Bugungi kunda web-saytlarni tuzishda ananaviy va keng tarqalgan texnologiya bu — Portal texnologiyasidir. Bu texnologiyani rivojlanishi uchun juda ko`p izlanishlar amalga oshirilgan. Bu izlanishlar natijasida Portal texnologiyasining keng yoyilishiga erishildi.Shunga qaramay web – sayt yaratishning Portal modeli bir qancha kamchiliklarga ega. Portal texnologiyasida web-sayt tuzish va uni Internetga joylashtirish uchun ko`p vaqt va mablag` talab etiladi. Masalan, biror tashkilotning web – saytini tuzish uchun ushbu sohada yetarlicha bilimga ega bo`lgan mutaxasisga murojaat etish kerak. U web – saytni ma`lum muddatda tayyor holatga keltiradi, uni Internetga joylashtiradi, bu orada ancha vaqt, mehnat va mablag` sarflanadi. Saytni Internetga joylashtirgandan keyin uni boshqaruvchi administrator kerak bo`ladi, buning uchun yangi ishchi kuchi kerak bo`ladi, agar sayt judayam murakkab bo`lsa bu ishlarni bir shaxs emas, balki guruh bo`lib amalga oshiriladi. Bu guruhning har bir a`zosini oylik maosh bilan ta`minlash kerak bo`ladi. Portal texnologiyada tuzilgan web – saytlarni o`zgartirish ham murakkab jarayon hisoblanadi, bundan tashqari ushbu saytdagi ma`lumotlarni yangilab turish zarur. Mana shu kamchiliklarni bartaraf etish uchun Mashup texnologiyasini qo`llash kerak bo`ladi. Хo`sh bu qanday texnologiya? Uning afzalliklari nimadan iborat?Eng avvalo Mashup haqida umumiy ma`lumotlarni bilib olish kerak. Mashup bir qancha manbaalardan ma`lumotlarni bir ilovaga joylashtirish va ularni boshqarishni ta`minlovchi texnologiyadir. Mashupda qo`llaniladigan kontentlar boshqa saytlar va internet хizmatlaridan ochiq interfeys yoki amaliy dasturlash interfeysi — ADI (ingliz tilidan API – Application Programming Interface) orqali olinadi. Shu o`rinda yopiq interfeysdan foydalanish Mashup bo`lmasligini eslatib o`tish joiz. Boshqa usullarda kontentlarni olish web-fidlar ya`ni RSS yoki HTML-sahifa parsing bo`lishi mumkin. Mashupni tuzish uchun alohida administratorlar talab etilmaydi, uni web – texnologiyalaridan хabari bor oddiy foydalanuvchi ham tuzishi mumkin.Buning uchun mashup dasturiy ta`minoti (masalan, IBM Mashup Center) qo`llaniladi. Ushbu dasturiy ta`minot yordamida foydalanuvchilar o`zi uchun qulay bo`lgan ko`rinish va o`zi uchun kerakli bo`lgan ma`lumotlarni o`zida jamlagan web-sayt tuzishlari mumkin. Mashupni tashkil etishda uni xavfsizlik darajasi va boshqaruviga qarab ikki turga ajratib olish mumkin: 1. Oddiy foydalanuvchi uchun mashup – bu ko`p hollarda Web 2.0 texnologiyaga asoslangan va foydalanish davomida tashkil etiladigan mashup hisoblanadi. 2. Ishlab chiqarish mashuplari – mashupning bu turida xavfsizlik va boshqaruv talablariga katta ahamiyat beriladi. 3. Mashup texnologiya arxitekturasini shartli ravishda uch qismga ajratish mumkin: 1. Kontent provayderi – bu ma`lumotlarning asosiy manbai hisoblanadi. Yuqorida aytib o`tilganidek ma`lumotlar ochiq interfeys yoki web-fidlar orqali olinishi mumkin. 2. Mashup sayti – bu axborot manbaiga bog`liq bo`lmagan holda xizmatlarni taqdim etuvchi webilovadir. 4. Mijoz brauzeri – foydalanuvchi uchun mo`ljallangan mashup interfeysidir. Agar mashup texnologiyani biznes faoliyatiga joriy etilsa, katta natijalarga erishish mumkin.Bu borada mashup foydalanuvchila
Turli xil qidiruv tizimlari bilan ishlash.
Foydalanuvchiga tegishli axborotlarni kо‗plari web-sahifalarda saqlanadi.Axborotlarni saqlaydigan Web-sahifani topish uchun internetdagi manzillarni topish zarur bо‗ladi.Internetda axborotlar tezlik bilan о‗zgarib, yangilanib boradi.Shuning uchun, axborotlarni topish maqsadida maxsus qidiruv tizimlaridan foydalaniladi. Bugungi kunda www.uz, www.ref.uz, www.uza.uz, www.rol.uz, www.rambler.ru, www.mail.ru, www.yahoo.com, www.hotbod.com, www.assalom.uz, www.book.uz, www.freenet.uz, www.google.uz, www.yandex.ru, www.rol.ru, www.google.ru, www.aport.ru va boshqa qidiruv tizimlari xizmat kо‗rsatmoqda. Google - dunyo bо‗yicha eng kо‗p qо‗llaniluvchi qidiruv tizimi hisoblanadi. Sodda va qulayligi bilan ajralib turadi. http://google.com/ —ingliz tilidagi sayti; http://google.co.uz/ —о‗zbek tilidagi saytlar bо‗yicha qidiruvga mо‗ljallangan; http://google.ru/ —rus tilida izlash uchun mо‗ljallangan; Yahoo — taniqliligi bо‗yicha ikkinchi о‗rinda turuvchi qidiruv tizimi.Ushbu portal avvallari Google qidiruv tizimi yordamida ishlagan, keyinchalik, о‗zlari qidiruv tizimini ishlab chiqishgan. http://yahoo.com/ Windows Live Search (avvalgi MSN Search)- mashhur Microsoft kompaniyasining mahsuloti. Avval MSN Search deb atalgan, keyinchalik bir qancha qо‗shimcha xizmatlari bilan birgalikda Windows Live tizimiga kiritilgan.http://live.com/ —ingliz tilida; http://www.live.com —rus tilida; Yandex-rus internetida eng ommabop qidiruv tizimi.Deyarli hamma davlatlarda Google qidiruv tizimlari ommabopligi bо‗yicha birinchi о‗rinda turadi, shunga qaramay, Yandex Rosssiyada eng ommabop qidiruv tizimligicha qolyapti.http://yandex.ru/ —asosiy sahifa; http://Y.ru/ — faqat qidiruv; GoGo qidiruv tizimi mail.ru portalining mahsuloti.Hozirda portaldagi qidiruvlar Yandex qidiruv tizimi yordamida ishlaydi.Keyinchalik, gogo, mail.ru portaliga biriktiriladi.http://gogo.ru/ — asosiy sahifa; Voydod Uz (О‗zbekiston) domenlari bо‗yicha qidiruv tizimi.Lekin, sayt tо‗liq rus tilida amalga oshirilgan.http://voydod.uz/ — qidiruv tizimi; Search.Uz Ushbu sayt ham UzNet bо‗yicha qidiruv tizimi. http://search.uz/ — ruscha qidiruv qidiruv tizimi;
Do'stlaringiz bilan baham: |