Millatning eng qadrli boyligi, ma’naviy qiyofasini aks ettiruvchi muhim vosita, bu – til Yo’ldasheva Salomat Farxodovna – Uzswlu o’qituvchisi Murodjonova Arofatxon Turobjon qizi – Uzswlu o’quvchisi Annotatsiya



Download 19,54 Kb.
Sana20.01.2023
Hajmi19,54 Kb.
#900565
Bog'liq
Maqola


Millatning eng qadrli boyligi, ma’naviy qiyofasini aks ettiruvchi muhim vosita, bu – til..
Yo’ldasheva Salomat Farxodovna – UzSWLU o’qituvchisi
Murodjonova Arofatxon Turobjon qizi – UzSWLU o’quvchisi
Annotatsiya: Ushbu maqolada ezgu tilimiz millatimiz uchun bebaho xazina hamda mana’viyatimizni ko’rsatib beruvchi vositalardan biri ekanligining sabablari va biz uni qay tarzda asrab-avaylashimiz to’g’risidagi tavsiyalar haqida fikr yuritiladi.
Tayanch so’zlar: til, millat, mustaqillik, globallashuv, madaniyat,
Avvalambor, milliy til haqida fikr bildirishdan oldin, uning tarixiga nazar tashlasak, tushunib yetamizki, tilning shakllanish tarixi, me’yoriy rivojlanish jarayonini millat tarixidan ayri holda o’rganib bo’lmaydi. Millatimiz tarixini o’rganishda esa o’z umrini turkiy tilning mavqeyini yuksaltirish, turkiy adabiyot imkoniyatlarini butun dunyoga tan oldirish, turkiy davlatchilik asoslarini mustahkamlashga va jamiyatda haqiqat, adolat mezonlarini qaror toptirishga bag’ishlagan insonga ya’ni o’zbek xalqining buyuk siymolaridan biri buyuk mutaffakkir, olim, g’azal mulkining sultoni Alisher Navoiy bobomizni tilimiz taraqqiyotiga o’z hissasini qo’shgan muhim inson sifatida bilamiz. Turkiy tilning rivoji uchun naqat Navoiy, balki boshqa ko’plab ulamolarimiz ham o’z hissalarini qo’shgan desak hech ham mubolag’a bo’lmaydi. Misol sifatida, o’rta asrlarda yashab, ijod etgan Mahmud Qoshg’ariy, Yusuf Hos Xojib, Ahmad Yugnakiy, Ahmad Yassaviy singari allomalarimiz ham o’z asarlarini turkiyda bitish orqali til rivojlanishi uchun yordam berganlar. Bugungi o’zbek tilimizning poydevorini ham Hazrat Alisher Navoiy bobomiz barpo etganlar.
XX asr boshlarida oʻzbek tili Buxoro va Xorazm Respublikalari (BXSR va XXSR)ning, Turkiston Muxtoriyati va Turkiston ASSRning, keyinchalik Oʻzbekiston SSRning rasmiy tili boʻlgan. 1989-yilning 21-oktyabr kuni esa oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan. Oʻzbek tili davlat tili sifatida xalqimizni birlashtiradigan, jamiyatimizni ulugʻ maqsadlar sari safarbar etadigan qudratli kuch boʻlib maydonga chiqgan. Ayni vaqtda u Oʻzbekistonning davlat mustaqilligi sari qoʻyilgan birinchi dadil qadam edi. 2019-yil 21-oktyabr kuni Birinchi Prezidentimiz I.Karimov “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonga imzo chekadi. Unga binoan “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilingan kunning ulkan tarixiy oʻrni va ahamiyatidan kelib chiqqan holda, 21-oktyabr sanasi yurtimizda “Oʻzbek tili bayrami kuni” deb belgilanadi.[1]. Mamlakatimizda har yili shu sanani milliy tilimizga ehtirom keltirgan holda yurtdoshlarimiz bilan keng ko’lamda nishonlab kelamiz. Bu esa – xalqimizning tarixiy yutug’i va milliy tilimizning mavqei hamda nufuzini yanada yuksaltirishga qaratilgan ishlardan hisoblanadi. Shu bilan birgalikda, davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida “Xalqimizning ko‘p asrlik madaniy, ilmiy-ma’rifiy va badiiy tafakkuri, intellektual salohiyatining yorqin va bebaho mahsuli bo‘lgan o‘zbek tili jahondagi boy va qadimiy tillardan biridir. Istiqlol yillarida ona tilimiz tom ma’noda davlat tiliga aylanib, xalqimizni yurtimizda erkin va ozod, farovon hayot qurishdek buyuk marralarga safarbar etadigan beqiyos kuch sifatida maydonga chiqdi. Bugungi globallashuv davrida har bir xalq, har qaysi mustaqil davlat o‘z milliy manfaatlarini ta’minlash, bu borada avvalo o‘z madaniyatini, azaliy qadriyatlarini, ona tilini asrab-avaylash va rivojlantirish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratishi tabiiydir” – deb ta’kidlab, qadrli boyligimiz, millatimizning ma’naviy qiyofasini aks ettiruvchi muhim vosita bo’lgan tilimizni asrash, uni yuksaltirish bo’yicha o’z tavsiyalarini berib o’tishdi.[2]. Prezidentimizning ma’naviy-ma’rifiy masalalarga doir har bir chiqishlarida ona tilini, milliy qadriyatlarni e’zozlash, ajdodlar merosini qadrlash, ularning tafakkur mahsulidan unumli foydalanish, kitob mutolaasiga alohida e’tibor qaratish ta’kidlanadi va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar jarayonida davlat tilining hayotimizdagi o’rni hamda nufuzi oshib bormoqda.
O’zbek tili siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy jabhalarda faol qo’llanib, xalqaro minbarlarda baralla yangramoqda. Xorijiy mamlakatlarda ham tilimizga e’tibor va uni o’rganishga qiziqish kuchaymoqda.[3]. Shunday ekan, biz yoshlar ham bu ishga o’z hissamizni qo’shishimiz darkor deb o’ylayman. Boshqa yangi va turli tillarni o’rganishga qiziqib, o’sha sohalarda ko’plab ishlarni amalga oshirganimiz kabi o’z ona tilimizni ham chuqur o’rganishimiz va uni kelajak avlodga ham asrab-avaylash kerakligini uqtirishimiz lozim. Buning uchun esa muhtaram Prezidentimiz yoshlarimiz uchun yaratib berayotgan shart-sharoitlardan ham oqilona foydalangan holda milliy tilimizini rivoj topishi uchun har qanday chora-tadbirlarni qo’llash kerakligi tarafdoriman. Bilyapmizki, bunday chora-tadbirlar yurtimiz bo’ylab amalga oshirib kelinmoqda. Misol uchun, maktab ta’lim tizimida o’quvchilarni tilga ko’proq e’tibor qaratishlari uchun turli xil “Kitoxonlik” musobaqalari, tilimizni asrab-avaylash mavzusiga bag’ishlangan insho yozish ko’rik-tanlovlari o’tkazib kelinmoqda. Bu tanlovlar, avvalo, tuman bosqichlarida, keyin viloyat boshqichlarida, undan keyin esa respublika bosqichlarida ham tashkillantirib kelinyapti. Bundan ko’zlangan maqsad o’quvchini milliy tilni rivojlantirish haqidagi qarashlarini o’stirish bilan birgalikda, g’olib o’quvchilarni rag’batlantirish hamdir. Oliygoh o’qitish tizimida ham shunday ishlar amalga oshirilishi to’g’risida ayta olamiz. Talabalar orasida ham ona tilini rivojlantirish mavzusiga oid maqolalar yozish ko’rik-tanlovlari, shunga o’xshash tadbirlar o’tkazish bir mano’da milly tilimizni ardoqlash va uni hurmat qilish mazmunidadir.
O‘zbek tili ta'limi barkamol shaxs tarbiyasi, unda ma'naviy sifat va
ijodiy tafakkurni rivojlantirish, milliy o‘zlikni anglash, milliy an'ana va
avlodlar o‘rtasidagi vorislikni asrash hamda davom ettirish jarayonida
yetakchi o’rin tutadi.
O‘zbek tili davlat tili sifatida O‘zbekiston Respublikasida davlat ramzi
o‘laroq aholini yagona milliy manfaatlar atrofida birlashtiradigan, shu tilda
so‘zlashuvchilarning tafakkur tili sifatida kishi shuurini milliylik zaminiga
bevosita bog‘laydigan, shu yurtda yashayotgan millat va elatlarning o‘zaro
aloqasini ta'minlovchi vosita, unga bo‘lgan munosabat Vatanga munosabat
va sadoqatni belgilaydigan omildir. Ta'lim tizimida o‘zbek tilini o‘qitish ana
shu g‘oya va ruhni singdirishga xizmat qiladi.
Jamiyatdagi ijtimoiy nufuzini yuksaltirish bilan ta'lim, ilm-fan, iqtisodiyot
va siyosat sohalarida o‘zbek tilining mavqeyini mustahkamlash, ularda ish
yuritishda davlat tilining mutloq yetakchilik maqomini ta'minlash yo‘nalishini
belgilagan holda ta'limda o‘zbek tilini o‘qitish tizimi ushbu yo‘nalishda
amalga oshiriladigan ishlarni yuzaga chiqarishni ko‘zda tutadi.[4].
Xulosa o’rnida aytish joizki, milliy til – milliy did, milliy tafakkur, milliy saviyaning asosi va mag’zidir hamda o’z tili uchun qayg’urayotgan millat dunyo xalqlari safida o’z o’rnini, chinakam mustaqilligini asrashga, himoya qilishga kirishayotgan millat hisoblanadi. Umid qilamizki, shu tilimizi ravnaq topishi uchun qilayotgan ishlarimiz kelajak avlod tomonidan faxrlanishga arzigulik natijalar beradi xuddi bobolarimiz biz uchun qoldirib ketishgan muqaddas xazinalar kabi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
Ilmiy – metodologik manbalar:

  1. I.Karimov “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmon

  2. Mirziyoyev Sh.M “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni, 21.10.2019-yildagi PF-5850-son

Adabiyotlar:

  1. Zulxumor Xolmanova. Tilshunoslik nazariyasi. Toshkent – 2020.

  2. Umumiy o’rta ta’limning Milliy O’quv Dasturi – Ona tili. 2020

Download 19,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish