Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълимвазирлиги мирзо улуғбек номидаги



Download 4,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/192
Sana13.05.2022
Hajmi4,25 Mb.
#603391
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   192
Bog'liq
IV qism

 
 
 
INTERFAOL TA‟LIM - DARS SAMARADORLIGINING
MUHIM OMILI 
Sanoat Zohidova - SamDU katta ilmiy xodim-izlanuvchisi 
 
Mamlakatimiz rahbari I.A.Karimov ta‘kidlaganidek: «Mustaqillikning 
dastlabki yillaridanoq butun mamlakat miqyosida ta‘lim-tarbiya, ilm-fan, kasb-
hunar o`rgatish sohalarini isloh qilishga nihoyatda katta zaruriyat sezila 
boshlandi»
19
. Yurtimizning kelajagi, uning ertangi taqdiri, ozod va obod jamiyat 
qurilishiga erishishimiz ham ma‘lum ma‘noda shu islohatlarning natijasiga 
bog`liq edi. «Chunki ta‘lim-tarbiya-ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi 
va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin, ta‘lim-tarbiya tizimini 
o`zgartirmasdan turib ongni o`zgartirib bo`lmaydi. Ongni, tafakkurni 
o`zgartirmasdan turib esa biz ko`zlagan oliy maqsad- ozod va obod jamiyat barpo 
etib bo`lmaydi»
20
degan yurtboshimizning fikrlaridan ta‘lim-tarbiya islohoti, 
yuqori malakali kadrlar tayyorlashga erishish mamlakatimiz taraqqiyotini 
ta‘minlovchi asosiy omillardan biri ekanligini bilib olishimiz mumkin. 
19
I.Kаrimоv. Jаmiyatimiz mаfkurаsi хаlqni-хаlq, millаtni-millаt qilishgа хizmаt etsin. 
«Tаfаkkur»jurnаli, 1998y, 2-sоn, 29 bеt. 
20
O‘shа jоydаn. 29-30 bеt. 


275 
Ta‘lim-tarbiya tizimini, jumladan, kadrlar tayyorlash tizimini isloh 
qilishning muhim omillari kadrlar tayyorlash milliy dasturida ko`rsatib berildi va 
ular quyidagilardan iborat: 

respublikaning demokratik huquqiy va adolatli fuqarolik jamiyati qurish 
yo`lidan izchil ilgarilab borayotganligi; 

mamlakat iqtisodiyotida tub o`zgarishlarning amalga oshirilishi, 
respublika iqtisodiyoti asosan xom ashyo yo`nalishidan raqobatbardosh pirovard 
mahsulot ishlab chiqarish yo`liga izchil o`tayotganligi, mamlakat eksport 
salohiyotining kengayayotganligi; 

davlat ijtimoiy siyosatida shaxs manfaati va ta‘lim ustuvorligi qaror 
topganligi; 

milliy o`zlikni anglashning o`sib borishi, vatanparvarlik, o`z vatani 
uchun iftixor tuyg`usining shakllanayotganligi, boy milliy madaniy-tarixiy an‘ana 
larga va xalqimizning intellektual merosiga hurmat; 

O`zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyasi, respublikaning 
jahondagi mavqeyi va obro`-e‘tiborining mustahkamlanib borayotganligi
21
Ta‘lim-tarbiya sohasida olib borilayotgan tub islohatlarning asosiy 
yo`nalishlari: 

ta‘lim tizimini, mazmunini isloh qilish; 

ta‘lim-tarbiya boshqaruvini isloh qilish; 

ta‘limning bozor iqtisodiyotiga asoslangan mexanizmini yaratish; 

ota-ona, o`qituvchi, o`quvchining ta‘lim jarayoniga bo`lgan yangicha 
qarashlarini shakllantirish va bu islohatlarning bosh harakatlantiruvchi kuchi 
yangi pedagogik texnologiyani amaliyotga tatbiq etishdan iborat. 
Ta‘lim tizimi va o`quv-tarbiya ishlari sohasiga turli o`zgarish, yangilik va 
pedagogik texnologiyalarni jalb qilish muammolari «Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi» ni ro`yobga chiqarish bosqichlarida o`ziga xos tarzda ko`rsatib berilgan. 
Mazkur dasturni ro`yobga chiqarishning birinchi bosqichi (1997-2001 yillar)da - 
«o`quv-uslubiy majmualarning hamda ta‘lim jarayonini didaktik va axborot 
ta‘minotining yangi avlodini ishlab chiqish va joriy etish», ikkinchi bosqich 
(2001- 2005 yillar)da - «ta‘lim muassasalarining moddiy-texnika va axborot 
bazasini mustahkamlashni davom ettirish, o`quv-tarbiya jarayonini yuqori sifatli 
o`quv adabiyotlari va ilg`or pedagogik texnologiyalar bilan ta‘minlash, uzluksiz 
ta‘lim tizimini axborotlashtirishni amalga oshirish», uchinchi bosqich (2005 va 
undan keyingi yillar) da «ta‘lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot 
bazalarini yanada mustahkamlash, o`quv-tarbiya jarayonini yangi o`quv-uslubiy 
majmualar, ilg`or pedagogik texnologiyalar bilan to`liq ta‘minlash» vazifalari 
belgilab qo`yilgan. 
Pedagogik texnologiyalarning bugungi kunda eng ommaviylashgan 
turlaridan biri-bu interfaol metodlardir. Interfaol metodlar o`quvchi va 
o`qituvchining birgalikdagi faoliyati bo`lib, asosan o`quvchilarni fikrlashga 
undaydi. Kerakli xulosalarga kelishni, ular o`zini tahlil qilishni va amaliyotda 
qo`llashni o`rgatadi. O`qituvchining asosiy vazifasi bu yerda o`quvchilarga yo`l 
ko`rsatish, yo`nalish berish, eng to`g`ri xulosani aytishdan iborat. 
21
Bаrkаmоl аvlоd-O‘zbеkistоn tаrааqqiyotinig pоydеvоri. Kаdrlаr tаyyorlаsh milliy dаsturi.T., 
«Shаrq», 1998y, 38-bеt. 


276 
Interfaol usullar yana shunisi bilan ham ahamiyatliki, o`qituvchi 
o`quvchining fikrini hech qachon keskin rad etmaydi, faqatgina vaqti bilan to`g`ri 
xulosani aytib o`tib ketadi. Natijada o`quvchi xatosini o`zi tushunib oladi. Bu esa 
ularni tushkunlikka tushish, fikrlashda tormozlanish kabi holatlarning oldini 
oladi. Interfaol metodlar o`quvchi va o`qituvchi o`rtasidagi o`zaro hurmatga 
asoslanadi. O`qituvchi qanday bo`lmasin o`quvchining fikrini tinglaydi va hurmat 
bilan qarashini bildiradi, shu bilan birga o`quvchilarni bir-birlarini tinglashga 
o`rgatadi. E`tirozlar, qo`shimchalar ham ―hurmatli‖, ―sizning fikringizga 
qo`shilgan holda‖, ―bizning ham ayrim fikrlarimiz bor edi‖ kabi so`zlar orqali 
bildiriladi. Bunday tarzda tashkil etilgan darsda o`quvchi o`zini hurmat 
qilinayotganligini sezadi va bunday sharoitda hech qanday tayziqsiz erkin fikrlay 
boshlaydi va uni ochiq bayon eta oladi. Ushbular bilan birgalikda u boshqalarni 
ham hurmat qilishga o`rganadi. 
O`qitish metodi ta‘lim oluvchi va o`qituvchining o`qitish jarayonidagi 
o`zaro aloqa shaklidir. O`qituvchi va o`quvchi orasidagi jarayon aslida 
o`quvchini u yoki bu bilim ko`nikma va malakalarini o`zlashtirish maqsadida 
bog`lab turganligini ko`rsatib turadi. Agar keng ko`lamda oladigan bo`lsak, 
o`qitishning birinchi kunlaridan to shu kungacha o`qituvchi va o`quvchi 
orasidagi keng ma‘noda uch xil bog`lanish shakllangan bo`lib, u o`z tasdig`ini 
topgan. Ko`rinib turibdiki, uslubiy yondashuvda o`qituvchining barcha metodini 
uch guruhga bo`lishimiz mumkin: 
1.
Nofaol metod. 
2.
Faol metod. 
3.
Interfaol metod 
Nofaol uslubiy yondashuv-bu o`quvchi bilan o`qituvchi orasidagi 
bog`liqlik shaklidir. Bunda o`qituvchi darsning asosiy harakatlanuvchi figurasi 
hisoblanadi, o`quvchilar esa nofaol eshituvchi sifatida namoyon bo`ladi. Mazkur 
metod darslardagi tezkari mustaqil savol-javoblarda, nazorat ishlarida, test va 
boshqa usullarda aks etadi. Nofaol metod o`quvchilarning o`quv materialini 
o`zlashtirishlaridagi eng samarasiz usul hisoblanadi. Bu dars turi oliy o`quv 
muassasalarida keng tarqalgan bo`lib, keng yoyilgan shakli ma`ruzadir. 
Faol uslubiy yondashuvda o`qituvchi bilan o`quvchi bir-biri bilan o`zaro
aloqada bo`ladi. Dars jarayonida o`quvchi nofaol tinglovchi emas, balki darsning 
faol ishtirokchisiga aylanadi. Agar nofaol dars metodida asosiy harakat qiluvchi 
figura o`qituvchi bo`lgan bo`lsa, bu metodda o`quvchi va o`qituvchi teng 
huquqqa egadir. Nofaol darslar o`qitishning avtoritar uslubiga ega bo`lgan bo`lsa, 
faol metodlar demokratik uslubga egadir. 
Interfaol uslubiy yondashuvda o`quvchilar bilish va o`rganish jarayoniga 
butunlay sho`ng`ib ketadilar, ular o`zlari bilgan va o`ylayotganlari xususida 
bahslashishilari ham mumkin. Interfaol darslarda maqsadga erishish uchun 
yetarli zamin yaratadi. O`qituvchi dars rejasini tuzadi (qoida bo`yicha interfaol 
mashq va topshiriqlar o`quvchi o`zlashtirayotgan material bilan o`zaro bog`liq 
bo`ladi). O`quvchilar bajaradigan interfaol darsdagi interfaol mashq va 
topshiriqlar uning asosiy tarkibi hisoblanadi. 
Interfaol metodlar o`quvchilarda doimiy faollikni ta‘minlaydi. 
O`quvchilar dars davomida bo`sh qolmaydilar, ular mavzuga oid biror bir 
muammo bilan band bo`ladilar. Natijada esa zerikish holatini oldi olinadi. 
Oddiy mashq va topshiriqlardan shunisi bilan farqlanadiki, ularni bajarish 


277 
jarayonida o`ragilgan material nafaqat mustahkamlanadi, balki yana yangilari 
ham olinadi. Shuningdek, bu mashq va topshiriqlar interfaol yondashuvga 
mo`ljallangan bo`lib, zamonaviy pedagogikada ham uning boy zaxirasi 
to`plangan, shulardan quyidagilarni ajratib olamiz: 
1.
Ijodiy topshiriq. 
2.
Kichik guruhlar bilan ishlash. 
3.
Ta‘limiy o`yinlar (rolli, maqsadli va bilim beruvchi o`yinlar). 
4.
Jamiyatdagi 
zahiralardan 
foydalanish(mutaxassis 
taklif 
etish, 
ekskursiyalar). 
5.
Ijtimoiy loyihalar va auditoriyadan tashqari beriladigan ta‘lim metodlari 
(ijtimoiy loyihalar, radio va gazetalar, filmlar, sahna asarlari, qo`shiq va ertaklar). 
6.
Razminka. 
7.
Yangi materialni o`rganish va mustahkamlash (interfaol ma`ruza, 
ko`rgazmali qurollar bilan ishlash, video va audio materiallar, ―o`quvchi-
o`qituvchi rolida‖, ―har bir kishi har bir kishiga o`rgatadi‖), mozayka (ajurli arra) 
savollardan foydalanish, suqrotli dialog). 
8.
Murakkab va muzokara talab savol va muammolarni yechish (―fikr 
maktabi‖, ―pozitsiyani egalla‖, ―POPS‖ loyihalashtirilgan texnikalar, ―bir o`zing, 
ikki kishi birgalikda‖, ―pozitsiyani o`zgartir‖, ―karusel‘‖, ―televizion tok shou 
uslubida munozara‖, debatlar, simpozium). 
9.
Muammo-yechim (―yechimli daraxt‖, ―aqliy hujum‖, ―kazuslar tahlili‖, 
―kelishuvlar va mediatsiya‖) va hokazo. 
Xullas, hozirgi zamon ilm-fan, texnika rivojlanib borayotgan bir paytda 
ta‘lim sohasida ham tub o`zgarishlar sodir bo`lishi tabiiiydir. Bu ta‘limda sifat va 
samaradorlikka erishishning bosh omilidir. 

Download 4,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish