Tur nomi
Hayotiy
shakli
Poyasi
Mevasi
Dorivor
xususiyatga
ega organi
1
Ilonsimon
toron
Gores zmeiny
Polygonum
bistorta
Ko‘p
yillik
Tik o‘suvchi,
bitta ba’zan bir
nechta
bo‘g‘imli,
shoxlanmagan
Uch qirrali,
yaltiroq,
yong‘oqcha
ildizpoyasi
2
Dorivor
otquloq
Shchavel
konskiy
Rumex
confertus
Ko‘p
yillik
Tik o‘sadi,
bo‘g‘imli yuqori
qismi
shoxlangan
Uch qirrali
tuxumsimon,
och jigarrang
yong‘oqcha
ildizi
3
Shaftolibarg
taron
Gores
pochechuyniy
Polygonum
persicaria
Bir yillik
o‘t
Tik o‘suvchi,
bo‘g‘inli,
silindrsimon,
pastki qismi
shoxlangan
Qora rangli
tuxumsimon,
yong‘oqcha
yerustki
qismi
4
Tangut rovochi
Reven
tangutskiy
Rheum
palmatum
Ko‘p
yillik
Tik o‘suvchi,
yo‘g‘on
bo‘g‘inli, kam
shoxli
Qizil-qo‘ng‘ir
rangli, uch
qirrali pista
meva
Ildizi
178
O‘simliklar nomi: Ilonsimon taron.
Dorivorlik xususiyati: Ildizpoya qaynatmasi me’da ichak kasalliklari (kolit),
enterokolit va ichak kasalliklarini davolash hamda og‘iz shilliq pardasi
yallig‘lanshida og‘izni chayish uchun qo‘llaniladi.
O‘simliklar nomi:
Shaftolibarg taron.
Dorivorlik xususiyati: Yerustki qismi damlamasi va suyuq ekstrakti
qabziyatda yengil surgi hamda qon oqishini to‘xtatuvchi vosita sifatida
davolashda ishlatiladi. Bu o‘simlik qaynatmasi xalq tabobatida bavosil
kasalliklarini davolashda va buyrak siydik kasalliklarida siydik haydochi vosita
sifatida qo‘llaniladi. Yana qaynatmasi bilan temiratki, teriga toshgan toshmalar
va yaralar yuviladi.
O‘simliklar nomi:
Dorivor otquloq.
Dorivorlik xususiyati: Ildiz qaynatmasi va parashogi dizenteriya, kolit,
enterokolit va bashqa me’da-ichak kasalliklarini davolash uchun qo‘llaniladi.
Dorivor otquloq ildizidan, bargidan va mevasidan tayyorlangan damlama va
qaynatma xalq tabobatida ich ketishga, dizenteriya, ichak yaralari, qo‘tir,
temiratki, gijja haydochi, yaralarni davolobchi va terining boshqa kasalliklarida
qo‘llaniladi.
O‘simliklar nomi:
Tangut rovochi.
Dorivorlik xususiyati: Dorivor preparatlar (ildiz kukuni, quruq ekstrakti,
sharbati) surunkali me’da–ichak kasalliklarida ichni yumshatish uchun, ichak
atoniyasi va gaz to‘planib qolganda qo‘llaniladi.[2]
O‘zbekiston florasida
Rheum L.
turkumning 9 turi qayd qilingan bo‘lib, bu
turlar tarkibida antraglikozidlar, organik kislotalar, vitaminlar, qandli bo‘yoqlar
va oshlovchi moddalar bor.[3]
Abu Ali ibn Sino ravoch o‘simligi bilan chechak, vabo qizamiq kasalliklarini
davolagan. Shuningdek, ravoch ildizini ichak, buyrak, qovuq, bachadon
og‘riqlarini qoldiruvch, qon ketishni va ovqat hazmining buzilishi natijasida ich
ketishni to‘xtatuvchi dori sifatida ishlatgan. Xalq meditsinasida ravoch ildizi va
mevasidan tayyorlangan qaynatma bilan isitma, me’da ichak (ich ketish)
kasalliklari davolanadi hamda ichdan oqqan qonni to‘xtatish uchun qo‘llaniladi.
Ravoch ildizining sutda qaynatib tayyorlangan qaynatmasini me’da ichak va
yurak kasalliklariga davo bo‘ladi.
179
Ilmiy meditsinada rovoch turlari ildizidan tayyorlangan qaynatma va
mevasidan tayyorlangan ekstraktni ich ketish kasalliklarini davolash uchun
ishlatish tavsiya etilgan.
Rovoch turlarining poyasi barg bandi, bargining asosiy tomiri va yosh tanasi
ishtaha va ko‘ngil ochadigon taom sifatida iste’mol qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |