118
mevali daraxtlarni yetishtirish, ularning xosildor navlarini yaratish va
zararkunandalaridan himoya qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Yurtimizda yetishtiriladigan mevali daraxtlarning yangi navlarini yaratishda
seleksioner olimlarimiz tomonidan yovvoyi formalardan foydalanish amaliyotda
keng qo’llaniladi. Chunki yovvoyi holda tabiiy biotsenozlarda o’suvchi daraxtlar
turli kasalliklar, qurg’oqchilik va zararkunandalarga chidamli ekanligi isbotlangan.
Tabiiy holda o’suvchi mevali daraxtlarning zarakunandalari faunasini, ularning
o’simlik bilan bog’langanlik darajasini o’rganish madaniy o’simliklarning
kushandalariga qarshi profilaktik tadbirlarni to’g’ri rejalashtirishga imkon beradi.
So’nggi yillarda Respublikamizda bog’dorchilik, jumladan quruq meva
beruvchi daraxtzorlarni barpo etish, xosildorlikni oshirish
va zararkunandalardan
himoya qilishga katta e’tibor berilmoqda. Bu borada “O’zbekiston
Respublikasida bog’dorchilik va issiqxona xo’jaligini yanada rivojlantirish chora
tadbirlari to’g’risida”gi va “Limonchilik tarmog’ini yanada rivojlantirishga doir
qo’shimcha chora-tadbirlari” to’g’risida qarorlari (O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2019-yil 20-martdagi PQ-4246-sonli; O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2020-yil 19-fevraldagi № PQ-4610 sonli ) ushbu soxalarni
rivojlantirishga katta axamiyat kasb etadi. Ushbu qarorlar yo’nalishdagi ilmiy va
amaliy ishlar uchun asos bo’lib xizmat qilmoqda. Respublikada limonchilik
tarmog‘ini yanada rivojlantirish, ilmiy-tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish, ilg‘or va
zamonaviy resurs tejovchi texnologiyalarni qo‘llash asosida yuqori sifatli
sanoatbop va eksportbop limon yetishtirish hajmini oshirish,
davlat tomonidan
qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini keng joriy etish maqsadida;
Sitrus, subtropik va
tropik o‘simliklar ilmiy — amaliy markazlari tashkil etildi. Bu markazlarda sitrus
o’simliklarni yetishtirishni rivojlantirish uchun ularning zararkunandalari va
kasallik qo’zg’atuvchilaridan himoya qilish muhim ahamiyatga ega.
Zararkunanda nematoda turlari o’rganilayotgan limon, bodom, xandon pista
va yong’oq kabi o’simliklarning ahamiyati jihatidan hech bir mevali daraxtdan
qolishmaydi. Jumladan achchiq bodomning mag`zida 50% moy va 2,5-4% gacha
glyukozidi, 30% gacha oqsil moddalari, shuningdek qand, yelimsimon moddalar
uchrab, ulardan har xil dori-darmonlar tayyorlanadi. Achchiq bodomda
Dorylaimida, Rhabditida, Tylenchida turkumlari ga xos turlar uchrab,
ularga
Dorylaimus similis, D.elengans, Eudorylaimus kirjanovae, E.parvus, E.pratensis,
Aphelenchus avenae, A.cylindricondetus, Tylenchus davainei, Ditylenchus dipsaci,
D.intermedus, Pratylenchus vulnus, P. coffee
kabilarni kiritish mumkin.[1,2]
Yovvoyi pista (Pistacia vera) ning mag’zi tarkibida 60-70 % moy bo’lib,
tanasidan yemlimsimon modda olinadi. Tanasi, bargi va mevalari xushbo’y efir
moyi saqlaydi, ular asosan O’rta Osiyo tog’ qiyaliklari egallagan.
119
Yovvoyi pista daraxtida quydagi avlodlar:
Dorylaimus, Eudorylaimus,
Discolaimus,
Mesodorylaimus,
Xiphinema
Panagrolaimus,
Drepanodorus
Aphelenchus,
Aphelenchoides,
Bursaphalenchus,
Tylenchus,
Aglenchus,
Ditylenchus, Pratylenchus, Rotylenchus, Merlinius, Criconemoides
uchrashi qayd
etildi.[2,3]
Yong’oq (
Juglans regia L.
) O’rta Osiyo tog’larida tabbiy holda katta-kichik
yong’oqzorlarn hosil qiladi. Mevasi tarkibida 45-72 % moy, 8-21% oqsil, 21 %
uglevod, C, A, B vitaminlari va boshqa foydali moddalar borligi aniqlangan.
Yong’oq daraxtda quydagi turlar uchrashi
Mononchus flektus, M.papillitus,
Dorylaimus similis, D.elengans, Eudorylaimus kirjanovae, E.labiatus, E.
monhystera, E. obtusicaudatus, Mesodorylaimus bastiani, M.meyli, Xiphinema
americanum
Panagrolaimus subelongatus, P. multidentatus, Macrolaimus crucis
Aphelenchus avenae, Aphelenchoides pusillus, A. zeravschanicus, Tylenchus
davainei, T.filiformis, Ditylenchus dipsaci, D. intermedus, Pratylenchus vulnus,
Merlinius bagdanovi-katjakovi, M.quadrifer, M. Dubius
o’rganildi. Ularning
Mononchida, Dorylaimida, Araeolaimida, Rhabditida,
Tylenchida turkumlariga
mansubligi aniqlandi.
Sitrus o’simliklardan limon
tarkibida ishqor moddasi 8 %, shakar va mineral
moddalar 3 % tashkil etib, kaliy tuzi va A, B, S vitaminlar (90-100 mg) miqdorda
uchraydi. Mevaning po’sti va bargidan efir moyi ajratib olinadi. Limon mevasidan
revmatizm(bod), gripp, O’RVI (o’tkir respirator virusli infektsiyalar), angina
(bodomcha bezlarining yallig’lanishi), bronxit, uyqusizlik, sariq kasali (gepatit)
kabi kasalliklarni davolashda foydalanish mumkin.[2,4]
Limon o’simligida va rizosfera tuprog’i qatlamlarida
Mesorhabditis
montystera, Diploscapter rhizophilus, Heterocephalobus elongatus, Chiloplacus
symmetricus,
Aphelenchus
avenae,
Paraphelenchus
pseudoparietinus,
Aphelenchoides bicaudatus, Aphelenchoides parietinus, Aphelenchoides subtenuis,
Aglenchus agricola, Tylenchus davainei, Ditylenchus dipsaci, Ditylenchus
intermedius, Paratylenchus pratensis, Helicotylenchus multicinctus, Merlinius
bucharica
kabilarni uchrashi o’rganildi.[4,5]
O’zbekiston Respublikasining turli biotsenoz va agrotsenozlarida o’suvchi
mevali daraxtlarning xavfli zararkunandalaridan parazit fitonematodalar va
ularning bioekologik xususiyatlari deyarli o’rganilmagan. Ilmiy manbalarda ushbu
parazitlar bo’yicha to’liq ma’lumotlar yetarli emas. Fitonematodalarning bir guruhi
o’simliklarning rizosferasi tuprog’ida yashab undagi bakteriya va bir xujayrali
organizmlar bilan oziqlansa, boshqa bir guruhi chirindilar bilan oziqlanishga
moslashgan bo’lib, ba’zan o’simlik tanasiga kirib uning shirasi bilan oziqlanadi.
Nihoyat, uchinchi guruhi ham mavjudki hayotining asosiy qismini o’simlikning
turli organlarida o’tkazib, uning shirasi va boshqa to’qimalari bilan oziqlanib,
120
o’zidan turli xil zaharli fermentlar ajratib unda fiziologik jarayonlarni buzib, turli
ko’rinishdagi kasalliklarni (nematodozlarni) paydo bo’lishiga sabab bo’ladi.
Fitonematodalarni zararli ta’siri ayniqsa yosh nihollarda kuchli seziladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib,
takidlash lozimki, bizning sharoitimizda parazit
nematodalarning tur tarkibini aniqlash, tarqalishi va o’simliklarning zararlanish
darajasini o’rganish, shuningdek ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish
muxim vazifalardan xisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: