Keywords:
bentonite, montmorillonite, adsorption, polyoxycation,
chromium, blue methylene.
So’ngi yillarda ishlab chiqarish sanoatining keng sur’atda rivojlanishi
natijasida hosil bo’ladigan chiqindi suv muammosi butun dunyoda dolzarb
muammoga aylanib qolmoqda. Sanoat chiqindi suvlari tarkibida turli xil organik
va noorganik ifloslantiruvchi moddalar mavjud bo’lib, ular orasida zararli yoki
kantserogen moddalar bilan bir qatorda qo’rg’oshin, rux, mis, kadmiy, xrom,
nikel va simob kabi og’ir metallar uchraydi. Ekologik xavfsizligi, tan narxining
arzonligi, qo’llanish qulayligi va ko’p martalik regeneratsiya qilish imkoniyoti
mavjudligi sababli tabiiy alyumosilikatlat asosidagi sorbtsion materiallarga
bo’lgan talab ortib bormoqda. Shuning uchun bunday sorbentlarni yaratishda
97
yangi usullarini ishlab chiqish, ular yordamida sanoat aqova suvlarini tozalash
katta ahamiyatga ega.
Ilmiy-texnik adabiyotlarda amorf va kristalli tuzilishli alyumosilikatlarning
sintezi va modifikatsiyasida mikro va mezog’ovakli moddalarning tuzilishi va
fizik-kimyoviy xususiyatlari haqidagi ma'lumotlar ko’p keltirilgan, bu ularning
interkalatsiya jarayonlari uchun asos bo'lib xizmat qiladi.
Tadqiqot obyekti sifatida montmorillonitga boy Qrantau bentoniti tanlab
olingan bo’lib, uning mineralogik tarkibini u’rganish natijalari avvalgi ishlarda
keltirilgan [1]. Tadqiqot maqsadi namunalarda metilen ko’ki adsorbtsiyasini
o’rganish asosida kation tabiatli birikmalarga nisbatan adsorbsion sig’imi hamda
munosabatini aniqlash, boyitilgan Qrantau bentoniti asosida sintez qilingan Cr
3+
bilan modifikatsiyalangan namunalarning adsorbtsion xossasini o’rganish va
jarayoning optimal sharoitini tanlash. Metilen ko'kning kimyoviy formulasi
C
16
H
18
NSCl va molekulyar og'irligi 320 g/mol teng to’q yashil kukunsimon yoki
bronza kabi yaltiroq kristalldir [2].
Modifikatsiyalovchi agent saqlagan eritma tayyorlash uchun dastlab 0,5 M
li CrCl
3
·6H
2
O tuzi 500 ml distillangan suvda eritildi. So’ng OH/Cr
3+
ionlari 2,4
nisbatga yetgunga qadar magnitli aralashtirgich yordamida aralashtirilgan holda
1 M li NaOH eritmasi qo’shiladi. Boyitilgan Qrantaw bentonitining distillangan
suv bilan 1:10 nisbatta suspenziyasi tayyorlanadi [3]. Bentonitning qavatlar ora
masofasini kengaytirish maqsadida suspenziya 1 sutka davomida tindirilgandan
so’ng, unga modifikatsiyalovchi agent tutgan eritma tomizgich byuretka (1 gr gil
uchun 10 mmol Cr
3+
) yordamida qo’shilib, modikatsiyalash jaratoni uchun 2
hafta saqlandi. Modifikatsiyalangan bentonit suyuq fazadan 4500 aylanma/min
tezlik bilan 5-7 minut davomida DM0412 sentrifugasi yordamida ajratib olinib,
105 ºC haroratga quritildi.
1, 2, 5, 10, 20, 40 mg/l konsentratsiyali 50 ml metilen ko’ki eritmalariga
0,05 gramdan namunalar solinib (tabiiy gil (QR) va xromli gil) 1, 2, 4 va 24 soat
davomida adsorbtsiya jarayoni kinetikasi va tabiyati o’rganildi. Bo’yoq
eritmasining adsorbtsiyadan oldingi va keyingi optik zichliklari qiymati UV-
5100 UV-VIS spektrofotometri yordamida 609 nm to’lqin uzunlikda aniqlandi.
Tajribalarda olingan natijalarning izotermasi 1-rasmda keltirilgan.
98
1-rasm. Metilen ko’kining namunalardagi adsorbtsiyasi
Olingan natijalar shuni ko’rsatadiki, bentonitlarni xrom asosida
modifikatsiyalash hisobiga qavatlararo maydonning manfiy zaryadi ortishi
hisobiga metilen ko’ki toifasidagi kationli birikmalarga adsorbsion moyilligi QR
bentonitga nisbatan ortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |