Foydalanilgan adabiyotlar
1. I.R.Asqarovning "Tabobat qomusi" Toshkent"MUMTOZ SO'Z" 2019
2. O'. Ahmedov,A.Ergashev,A.Abdazov,M.Yulchiyeva,D.Mustafakulov. Dorivor
o'simliklar yetishtirish texnalogiyasi va ekalogiyasi "Toshkent-bo'stoni"
nashriyoti. Toshkent-2018.
3. Jo'rayev Azimjon. "Xalq tabobati" "Sharq"Nashriyoti-matbaa aksiyadorlik
kompanyasi bosh taxririyati. Toshkent-2008.
4. M.A.Jo'rayeva "Dorivor o'simliklar atlasi". Toshkent. NOSHIR-2019.
INSON SALOMATLIGINI TA’MINLASHDA OLMANING AHAMIYATI
Q.Q.Otaxonov
-
kimyo kafedrasi mudiri k.f.f.d
,
S. A. Qosimova,
U. N. Maxmudova– kimyo ta’lim yo’nalishi 201-guruh talabalari.
Andijon davlat universiteti
Annotatsiya:
Yurtimiz shifobaxsh ne’matlarga boy. Ushbu tezisda inson
salomatligini taminlashda olmaning ahamiyati, shifobaxshligi, kimyoviy xossalari
haqida ma’lumotlar keltirilgan
Kalit so’zlar
: saxaroza, fruktoza, glyukoza, pektin kislota, kaliy, karotin.
Аннотации:
Наша страна богата благословениями исцеления. В этой
диссертации содержится информация о важности яблок, их лечебных
свойствах, химических свойствах в обеспечении здоровья человека.
Ключевые слова
: сахароза, фруктоза, глюкоза, пектин, калий,
каротин.
Annotation:
Our country is rich in healing blessings. This thesis contains
information about the importance, healing properties and chemical properties of
apples in ensuring human health.
Key words
: sucrose, fructose, pectin acids, potassium, carotene.
Bugungi kunda inson salomatligini saqlash dolzarb muammolardan biri
bo’lib qolmoqda. Tabiiy dori vositalaridan foydalanish, uni amaliyotga tadbiq etish
maqsadga muvofiq hisoblanadi. Prezidentimizning 2017-yil “O’zbekiston xalq
tabobatini tartibga solish chora-tadbirlari to’g’risida” g qarori qabul qilinib, ushbu
qaror inson salomatligini ta’minlashda xalq tabobatining muhim ahamiyatga ega
ekanligining yana bir isbotidir.Yurtimiz shifobaxsh ne’matlarga boy. Shulardan
biri olma hisoblanadi. Olma-ra’nodoshlar oilasiga mansub. O’zbekistonda 8 turi
yovvoyi holda uchraydi.Yangi olma mevalarida organik kislotalardan –olma 12%
gacha glyukoza C
6
H
6
O
6
, pektin moddalar, oshlovchi va bo’yoq moddalar,
askorbin kislota karotin, efir moyi va kaliy (K) bor. Bir dona mevasi vazni 15 g
dan 40 g gacha bo’ladi. Tarkibida fruktoza 6.5-11.8, saxaroza 2.5-5.5, organik
(olma va limon) kislotalar 0.2-1.6, vitamin C-30 mg va boshqa moddalar mavjud.
102
Xalq tabobatida olma mevalaridan kamqonlikni davolash uchun, qabziyat va
me’da shirasidagi kislotalar yetishmaydigan paytlarda hazm sistemasi ishini
meyorga keltirish, ravonlashtirish uchun foydalaniladi. Qadimgi tabiblar ishtahani
ochish va ovqat hazmini yaxshilash uchun, shuningdek, ichburug’ga davo qilish
uchun nordon olma, yurak kasalliklari davolash uchun esa shirin olma tavsiya
etishgan. Olma barglaridan terining yallig’lanish kasalliklari va yaralarga davo
qilish uchun dori tayyorlashgan. Zamonaviy tibbiyotda esa olmadan qon bosimini
pasaytiradigan, yallig’lanishni qaytaradigan, kamqonlikka davo bo’ladigan, siydik
haydaydigan vosita sifatida foydalaniladi. Siydik tosh kasalligi bilan og’rigan
bemorlarga olma ancha yordam beradi. Olmada kaliy tuzlari bo’lganligidan uni
yurak kasalliklarida ham buyuriladi. Olma kishini ko’nglini ochib, ruhini
tetiklashtiradi. Ibn Sinoning aytishicha, “Xushbo’y, shirin va nordon olmalar
yurakni quvvatli qiladi. Olma zaif me’dani quvvatlantiradi. Olmaning talqoni
me’dani quvvatli qiladi. Xamirning ichida pishirilgan olma gijjalarda va
dizenteriyada foyda qiladi”. Olmadan dorivor vositalar tayyorlashning ba’zi
usullari:
3-5 dona olmani po’stini artmasdan maydalanadi va usti yopiq hajmi 1
litrli idishda 10-15 daqiqa qaynatiladi. Keyin 3-4 soat damlangandan so’ng, suzib
olinadi. Bu qaynatmani profilaktika maqsadida issiq holida choy o’rniga kuniga bir
necha martadan ichiladi. Olmani mayda tishli qirg’ichda qirib, badanning kuygan,
sovuq olgan va yallig’lanib turgan joylariga malham qilib qo’yiladi. Kamqonlikda
olmani kuniga 3-4 tadan iste’mol etiladi. Olma sharbatini yoki olma kampotini 1
stakandan kuniga 3-4 marta ichiladi. Olmada chirich-bijg’ish jarayonini
sekinlashtiruvchi, ichakdagi meteorizmni faollashtiruvchi moddalar ko’p, shu
sababli, bu meva tanani zararli moddalardan tozalab, qorin dam bo’lishidan xalos
qiladi.
Gipertoniyaning yengil turlarini dori-darmonsiz faqat olma yordamida
davolash mumkin. Nordon olmada C vitamini ko’p bo’lganligi uchun immunitetni
oshirishga kata hissa qo’shadi. U tomirlar devorini mustahkamlaydi. Olmadagi
fitonsidlar- tabiiy antibiotik bo’lib, shamollaganda va gripp bilan kurashishda
organizmdagi viruslarni nobud qilishga qodir. Ko’pchilik olimlarning
ta’kidlashicha, olma po’stlog’ida qonni ortiqcha xolesterindan tozalovchi, saraton
hujayralari o’sishini to’xtatuvchi moddalar mavjud,shu bois bu mevani po’stini
archimasdan yeyish tavsiya etiladi.Olmaning urug’i ham foydali . Unda yod
miqdori nihoyatda ko’p. 5-6 dona olmaning urug’i odam organizimini 1 haftalik
zaruriy yod moddasi bilan bemalol ta’minlay oladi.Olmaning foydalilik jihati
uning rangiga ham bog’liq. Masalan, qizil va sariq rangli olmani ko’pchilik xush
koradi, chunki qand- uglevod ko’pligi bois, bunday olmalar juda shirin
bo’ladi.Tibbiyot nuqtai nazaridan qaralganda esa tarkibida pektin moddasi mo’l
bo’lgan yashil nordon olmaning shifobaxshligi ko’proqdir.Olmadan dorivor sirka
tayyorlanadi. Olma sirkasini salatlarga va turli taomlarga oz-ozdan qo’shib,
muntazam ravishda iste’mol qilish infarkt va insult kasalliklari xavfini sezilarli
darajada kamaytiriladi.
Agar 30 ml olma sirkasi 200 ml iliq suvga qo’shilib, 1 oy davomida kuniga
1-2 marta ovqatlanishdan oldin ichilsa, qondagi xolesterin miqdorini 30% gacha
103
pasaytiradi. Germaniyalik ekspert Markus Felber olmaning organizmga nafaqat
foydasi, balki, zarari ham borligini ta’kidladi. Uning aytishicha, ovqatlanib bo’lib
olma yeyish tishlarni ishdan chiqarishi aniqlangan. Chunki tishlari o’zini kariesdan
himoya qiluvchi kislotali qoplamaga ega. Ovqat iste’moli paytida bu qoplama
mustahkamlik bo’yicha alohida sinovdan o’tadi. Oradan 30 daqiqa o’tgach
mustahkam holiga qaytadi. Shuning uchun ekspert olmani ovqat iste’molidan
keyin kamida 30 daqiqadan so’ng yeyish kerakligini uqtirib qoladi.
Xulosa: Biz bilamizki, hozirgi kunda infarkt, insult kasalliklari ko’p
uchraydi. Shularni oldini olishda olmaning ahamiyati qanchalik yuqori ekanini
bilgan holda, olma sirkasini ishlab chiqarish, kamqonlik, qabziyat, saraton,
ko’krak bezida, jigar va yo’g’on ichakda saraton to’qimalarining ko’payishini
oldini olishda tabiiy vositalardan foydalanishni keng targ’ib qilish maqsadga
muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |