Tijorat banklari investitsiya jarayonlarining joriy holati
Banklarning investitsiya maqsadlariga ajratilgan investitsion kreditlari miqdori ham 2013-yilga nisbatan 1,2 barobarga oshib, 2015-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra 8.5 trln. so‘mni tashkil qildi. Bunda banklarning investitsion kreditlari ustuvor ravishda «2011-2015 yillarda sanoatni rivojlantirish», «2014 yilgi Investitsiya dasturi» hamda tarmoqlarni modernizatsiya qilish, mahalliylashtirish va hududlarni rivojlantirish Davlat dasturlariga kiritilgan loyihalarni moliyaviy qo'llab-quvvatlashga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan ishlab chiqarish texnologiyalarini sotib
olishga yo'naltirilmoqda. Bunda mamlakat iqtisodiyotiga jalb etiladigan xorijiy investitsiyalar va kreditlar hajmining 3,5 mlrd. AQSh dollaridan ziyodni tashkil etishi kutilmoqda.
5-rasm.Tijorat banklari tomonidan ajratilgan investitsion kreditlarlarning o‘sishi dinamikasi19
2015-yilda iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan keng ko’lamda diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxonalarni barpo etish va mavjud korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash, kichik biznesni, xizmat ko'rsatish va servis sohasini hamda ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmani rivojlantirish kabi investitsion loyihalarni amalga oshirishga yo'naltiriladigan kapital qo'yilmalar real hajmining 2014-yilga nisbatan 10,1 foizga o'sishi prognoz qilinmoqda. Bunda mamlakat iqtisodiyotiga jalb etiladigan xorijiy investitsiyalar va kreditlar hajmining 3,5 mlrd. AQSh dollaridan ziyodni tashkil etishi kutilmoqda.
O'z navbatida, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 7- apreldagi «O'zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g‘risida»gi PF-4609-sonli Farmoni hamda boshqa farmon va qarorlarida mamlakatda ishbilarmonlik va investitsion muhitni tubdan yaxshilash bo'yicha belgilab berilgan vazifalarning izchillik bilan bajarilishi hisobiga 2015 yilda
19 www.cbu.uz//”Yil yakunlari sarhisobi”.19.01.2015y.asosida tayyorlandi.
aholi va xo'jalik yurituvchi sub'ektlar investitsion faolligining yanada oshishi ta'minlanadi.
Jumladan, jahon amaliyotida umumqabul qilingan biznesni yuritish sharoitlarini baholash mezonlari tizimini joriy etish va shu asosda mamlakatimizning xalqaro nufuzini yanada yuqori darajalarga olib chiqishga alohida e'tibor qaratiladi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 27%
Banklar 38%
Xorijiy investorlar
4%
Jismoniy shaxslar 21%
Sug'urta kompaniyalari 5%
Lizing kompaniyalari
5%
Do'stlaringiz bilan baham: |