KICHIK YOSHDAGI BOLALARGA TIL O’RGATISHNING
MUAMMOLARI XUSUSIDA
Begmatov A. (SamDChTI dotsenti)
Bugungi kunda chet tillarini bilish va undan o'z kаsbiy faoliyati davomida
samarali foydalanish nafaqat ehtiyojga, balki zamon talabiga aylanganligi uchun
bugungi globallashuv davrida o'sib kelayotgan yoshlarimizga chet tillarini
o'rgatish va ularda til bilish qobiliyatini shakllantirish davrning dolzarb
masalalaridan biri hisoblanmoqda.
Bolalarga chet tillarini o'rgatishni qaysi yoshdan boshlash zarur? Qaysi
yoshda bolalarga til o'rgatish orqali samarali va sezilarli natijalarga erishish uchun
qanday chora-tadbirlar ko'rish lozim? Ana shunday muammoli va munozarali
fikrlarga yechim topish va ularni yoritib berish masalasida o'z fikrlarimiz bilan
o'rtoqlashmoqchimiz.
Bugungi kun peclagog-psixologlari o'rtasida bolaga necha yoshdan chet
tillarini o'qitish kerakligi to'g'risida xilma-xil fikrlar mavjud. Ularning ayrimlari
bolaga tug'ilganidanoq, hatto ayrimlari esa hali bola ona qornidaligidayoq, ya'ni
ona o'sha tildagi kuy-qo'shiq tinglash yoki hali dunyoga kelmagan farzandi bilan
chet tilida suhbatlar qurish orqali chet tillarini o'rgatish samarali deya hisoblasalar,
boshqa bir guruh olimlar esa bu fikrga zid ravishda bolalarga chet tilini o'rgatishda
shoshilmaslikni va bu ishni 10-12 yoshda boshlash samarali natijalar berishini
ta'kidlaydilar. Shu o'rinda, ma'lumot uchun shuni ta'kidlab o'tmoq joizki, ushbu
masalalar
bo'yicha
tadqiqot
ishlarini
amalga
oshirgan
fiziologlarning
ta'kidlashlaricha, bolaning ichki sekretsiya bezlari rivojlanishining davriy
bosqichlari bo'lgani kabi miyasining ham biologik soatlari mavjud bo'ladi va
miyaning shu xusususiyatiga ko'ra 9 yoshgacha bo'lgan bolada nutq qobiliyatini
shakllanishi a'lo darajada bo'ladi va shu yoshdan so'ng bolada nutq qobiliyatining
shakllanishi va yangi sharoitlarga ko'nikish susaya boradi. Bugungi kunda
mutaxassislar, agar bolada sog'lom psixologik holat kuzatilsa va oila davrasida til
o'rganish uchun shart-sharoitlar yaratilgan bo'lsa, til o'rgatish qancha erta
134
boshlansa, shuncha yaxshi deya ta'kidlashadi. Buning sababini esa quyidagicha
izohlashadi:
Birinchi sababi shuki, zamonaviy texnologiyalar yordamida olib borilgan
tadqiqotlar shuni ko'rsatmoqdaki, bola miyasining tuzilishi kattalar miya
tuzilishidan farq qiladi. Bola miyasi kattalarnikiga nisbatan, ikki baravar ko'proq
neyronlar aloqadorligiga ega bo'ladi. Inson hayotining dastlabki uch yilida uning
bosh miya xujayralari rivojlanishining 70-80% i yakunlanadi. Bu vaqtda bola
nimaniki ko'rsa yoki eshitsa, hammasini tezda o'zlashtira olishga qodir bo'ladi,
ya'ni bir kunda 20-30 ta yangi so'zni eslab qolish qobiliyatiga ega bo'ladi.
Ikkinchidan esa ko'plab tadq.iqotchilarning ma'lumotlariga ko'ra, ikkinchi
chet tilini o'rganishning erta yoshdan boshlanganligi bola miyasiga qo'shimcha yuk
bo'ladi va bu miya faoliyatining yaxshilanishiga, shuningdek, bola nutq
qobiliyatining erta rivojlanishiga sabab bo'ladi.
Shu o'rinda yana bir fikr yuzaga kelishi mumkin, ya'ni bolaga chet tillarni
o'rgatishning erta yoshdan boshlanganligi keyinchalik uning nutqiga ta'sirini
o'tkazib, bolada nutq jarayonida chalkashliklarni yuzaga keltirmaydimi? Albatta,
bu tabiiy holatdir va bunday vaziyatda xavotirga o'rin yo'q. Negaki, tug'ilganidan
boshlab ikkinchi tilni o'rganish davomida bola o'z ona tili va chet tilini birdek
darajada qabul qilib, o'rgana boradi va nutq jarayonida kerakli so'zni qo'llash
zaruriyati tug'ilganda, u hayoliga birinchi kelgan yoki talaffuzi qiyin bo'lmagan
so'zni qo'llaydi. Bunday chalkashliklar, asosan, 3 yoshgacha kuzatiladi,
keyinchalik esa bolada tillar o'rtasidagi chegaralarni ajrata olish va kerak vaqtda
kerakli so'zlardan foydalana olish qobilati shakllana boradi.
Albatta, ushbu ma'lumotlar yuzasidan e'tirozli fikrlar yuzaga kelishi mumkin,
ya'ni bugungi kundagi aksariyat chet tili mutaxassislari chet tilini o'rganishni
nisbatan kech yoshda, asosan, maktab davri ya'ni 10-12 yoshda boshlaganlar va
shunday bo'lsa-da, til sohasida katta-katta yutuqlarga erishganlar, lekin
mutaxassislaring ma'lumotlariga ko'ra, misol uchun, ingliz tilini kechroq
o'rganishni boshlagan odamlar hech qachon 7 yoshli haqiqiy ingliz bolasidek sof
ingliz tilida gapira olishmaydi, hatto shu til bo'yicha professor darajasini olgan
bo'lsalar ham. Quyidagi ilmiy xulosa ham ushbu fikrni yana bir bora tasdiqlashi
shubhasizdir.
Angliyalik olimlar tadqiqotlariga ko'ra, bola miyasi so'zlash signallarini uning
shartsiz refleks va "avtomatik" harakatlarni boshqaradigan maxsus bo'limida qayta
ishlaydi. Bu bo'lim "chuqur harakatlantiruvchi faoliyat sohasi" ham hisoblanadi.
Bola gapira boshlagan vaqtda har qanday informatsiya aynan mana shu bo'limda
xotiraga mahkam o'rnashib qoladi va tafakkuri rivojlanishi uchun asosiy negizga
aylanib boradi. Shunday qilib, bola unga notanish bo'lgan tilni o'rgana boshlar
ekan, bu yangi til bo'yicha ma'lumotlar miyasining ona tilida saqlanadigan qismida
yig'ilib boriladi. Katta odamlarda esa o'rganayotgan tili haqidagi informatsiya
miyaning nisbatan umumiyroq qismiga joylashtiriladi. Buning oqibatida kattalar
avval ona tilida gap tuzishadi, so'ngra gapni asta-sekiniik bilan so'zma-so'z chet
tiliga tarjima qilishadi. Ya'ni ular kichkintoylardek avtomatik ravishda fik rlashga
qiynaladilar. Olimlarning fikricha, hatto biror chet tili bo'yicha oliy o'quv
yurtlarida va maxsus kurslarda bilim egallab, professional darajaga erishgan
135
insonlarning nutqi ham avtomatik ravishda ishlashi mumkin, lekin bunda baribir
miya bolanikidek emas, boshqacha ishlaydi.
Yuqoridagi fikrlardan keiib chiqadiki, bolada chet tillarini o'rganish bo'yicha
qobilayatni shakllantirish qanchalik erta boshlansa, shunchalik yaxshidir, Dono
xalqimiz ta'kidlaganidek, "Yoshlikda olingan bilim - toshga o'yilgan naqsh kabidir"
Agar bolada o'rganish davomida tanaffuslar kuzatilsa, chet tilini
o'zlashtirishda bir qator muammolar yuzaga kelishi mumkin. O'z ona tilimizdan
har kuni foydalanganimizdek, chet tilini o'rganishda ham ana shunday yo'ldan
borish maqsadga muvofiqdir. Mutaxassislar ta'lim jarayonida xafta davomida 2
kun chuqurlashtirilgan holda til darslari bilan shug'ullanishni, shuningdek, har kuni
o'tilgan mashg'ulotlarni takrorlash maqsadida bolaga 5-10 daqiqa ajratishni tavsiya
etadilar.
Kichik yoshdagi boladan katta natijalarni, ya'ni bir dars davomida barcha
ma'lumotlarni o'zlashtirib, eslab qolishini kutmaslik kerak. Hattoki, 7-8 yoshdagi
bolalar uchun ham ma'lumotlarni o'zlashtirish uchun ko'proq vaqt kerak bo'ladi.
Chet tili ta'limining o'zaro hamkorlikda, ya'ni ota-onalar va ustozlarning
uzviy bog'liqligi asosida olib borilishini ta'minlash kerak. Albattaki, har bir ota-ona
farzandiga til o'rgatishni o'zi mustaqil ravishda, ya'ni biror bir shakl, gul,
suratlarning chet tilidagi tarjimasini o'rgatish orqali olib borishi mumkin. Lekin
ko'p xollarda samarali natijalarga erishish uchun ustozlarning, ya'ni ushbu til
mutaxassislarining ko'magi darkordir.
Shuni unutmaslik kerakki, bolaning til o'rganish jarayonida katta tanaffuslarga
yo'l qo'ymaslik kerak. Buning sababi shuki, 9-10 yoshgacha takrorlashlarsiz
olingan ma'lumotlar tezda unitilishi mumkin.
Ushbu ma'lumotlarga asoslangan holda quyidagicha xulosa qilish mumkin:
1.
Bolaga til o'rgatishni qanchalik erta boshlansa, shunchalik samarali
natijalarga,
ya'ni bolaning chet tillarini o'rganishdagi qobiliyatining ortishiga sabab bo'ladi;
2.
Til o'rgatishning erta yoshdan boshlanishi bola miyasining to'laqonli
rovojlanishini ta'minlaydi;
3.
Bolaga chet tillarini o'rganishda ko'maklashish maqsadida bolaning til
o'rganish faoliyatining uzluksizligini ta'minlash samarali natijalarga olib keladi;
4. Til o'rganish jarayonida boladan qisqa fursatda katta natijalar kutmaslik;
5. Bolaning til o'rganish faoliyatini o'zaro, ota-onalar va ustozlar
hamkorligida tashkil qilish maqsadga muvofiqdir.
Ushbu masala yuzasidan quyidagi takliflarni kiritish mumkin:
1. Biror bir tilni o'rgatish jarayonida ota-onalar ham ma'lum ma'noda o'sha
tildan bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishi lozim va shu maqsadda fuqarolarning
o'z-o'zini boshqarish organlari qoshida yoki ta'lim muassasalari, maktab,
maktabgacha ta'lim muassasalarida ota-onaiarning til o'rganishiga ko'maklashuvchi
to'garaklarni tashkil etish orqali nafaqat bolalar, balki ota-onalarning ham til
o'rganishini ta'minlash mumkin;
2. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning barchasi ham ushbu
muassasalarga jaib etilmagan bo'lishi mumkin va ana shu bolalar uchun
136
mo'ljallangan bepul xizmatko'rsatadigan to'garakJarni tashki! qilish va ushbu
to'graklarda dars berish uchun ko'ngilli ta'lim muassasalari talabalarini taklif etish
mumkin. Bu o'z navbatida talabalar uchun ma'lum ma'noda tajriba raaktabini
o'tashi tayindir;
3. Ta'lim muassalari da, maktab yoki maktabgacha ta'lim muassasalaridagi
guruh va sinflar o'rtasida tez-tez til bellashuvlarini tashkillashtirish o'quvchilarda
sog'lom raqobat orqali qiziqishlarining ortishiga sabab bo'ladi;
4. Ta'lim
muassalarida
dars
jarayonida
zamonaviy
pedagogik
texnologiyalardan keng miqiyosda foydalanish, ya'ni dars davomida turli xil
didaktik vositalardan foydalanish orqali yoki o'yinlar tashkil qilgan holda olib
borish o'sib kelayotgan yosh avlodning til salohiyatini takomiilashuviga samarali
ta'sir ko'rsatadi degan fikrdamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |