68
davridan boshlab aniq fanlardan ilk tasavvur- tushunchalar beriladi. Ta’lim sifatining
risoladagidek bo‘lishini ta’minlash pedagogdan bir qator
talablarga mos ravishda
faoliyat olib borishni talab etadi. Bu jarayonni xolis baholash uchun pedagog
faoliyatiga quyidagi mazmundagi talablarni belgilash maqsadga muvofiq deb
hisoblaymiz. Masalan, pedagogning ish hujjatlari mavjudligi –dastur mavzulariga mos
ravishda ish rejasi, kuzatuv-taxlillar va tashxis olib borish. Kundalik o‘yin va
mashg‘ulotlarga tayyorgarligi–kun davomida tashkil etiladigan o‘yin-mashg‘ulotlar
ishlanmalari va borishi (tartibi) aks etgan daftar. Ko‘rgazmali
va tarqatma
materiallarmavjudligi – rejalashtirilgan o‘yin- mashg‘ulotlarning samaradorligini
ta’minlovchi vositalar tayyorlash.
Guruhda bolalar faoliyati uchun zarur muhitning yaratilganligibolalarning
qiziqishlari, intilishlari, individual va yosh xususiyatlari
hisobga olingan faoliyat
muhiti mazmunan aniqfanlarni o‘rganishga qaratilgan bo‘lishi. Ta’limning zamonaviy
texnologiyalarini keng qo‘llash–ta’lim sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar:
Axborot Kommunikatsiya Texnologiyalari, bolalarning faolashtirishning turli
zamonaviy ko‘rinishlari: musobaqa, munozara, testlar, blits- o‘yinlari va hokazolardan
foydalanish. Davlat talablari va dasturni bilish, amalga tatbiq etish–pedagog o‘zi
faoliyat ko‘rsatayotgan guruh bolalar yoshi yuzasidan
dastur va davlat talablari
mazmunini yaxshi egallagan bo‘lishi shart. Turli tanlov va ko‘riklarda ishtirok etish –
ta’lim muassaasi va undan tashqarida mavzu yuzasidan tashkil etiladigan tanlov-
ko‘riklarda imkon darajasida ishtirok etishi kerak.Ta’lim sifatini ta’minlashga
qaratilgan o‘z ustida ishlashning tashkil etilganligi – pedagog ma’lum mavzu va
yo‘nalish bo‘yicha muntazam ravishda o‘z ustida ishlashi lozim, buning uchun “Ustoz-
shogirdlik” maktablarida saboq olish, mustaqil o‘rganish,
muassasa va undan
tashqarida o‘zaro tashriflar qilish.Ota-onalar o‘rtasida pedagogik tashviqot olib borish
–Guruh ota-onalarining pedagogik va psixologik bilimlaridan kelib chiqib, turli
vositalar orqali ularning bilimlarini takomillashtirishga yordam berish.Bolalar
shaxsining psixologik jihatlarini hisobga olinishi – bolalarning aniq fanlarga
qiziqishini hisobga olib, ularga individual yondashuvni amalga oshirishi kerak. Bolalar
bilimini
kuzatish, natijalarni belgilash orqali jarayonga pirovard baho berish –har
69
yarim yillik natijalariga ko‘ra bolalarning o‘tilgan mashg‘ulotlarda olgan bilimlarini
kuzatib, tashxis qilingan holda, ular bilan kelgusidagi ish mazmuni belgilab olinadi.
Jamoada pedagogik jarayonda ishtirok faolligi– pedagog o‘z jamoasida tashkil
etiladigan pedagogik kengashlar, seminar mashg‘ulotlari va tanlovlarda o‘z
muloxazalari, ish tajribasi xulosalari bilan muntazam ishtirok etib turishi
lozim.Bolalarning ta’limning keyingi bosqichidagi o‘zlashtirish
monitoringini
o‘rganish – pedagog ta’lim bergan bolalarining keyinchalik boshqa yosh guruhida yoki
maktabda ta’lim jarayonida qanday o‘zlashtirayotganidan xabardor bo‘lib tursa, o‘z
faoliyatida yo‘l qo‘ygan xatolari va qo‘lga kiritgan yutuqlarini tahlil qila oladi. Iqtidorli
bolalarni ajratib, ularni tegishli qo‘shimcha ta’limga rag‘batlantirish - bolalarga aniq
fanlardan berilgan ta’lim natijasida aniqlangan iqtidorli bolalarga alohida e’tibor berib,
zarur xollarda ularni maxsus yoki chuqurlashtirilgan ta’lim beruvchi muassasalarga
yo‘llash lozim. Ochiq mashg‘ulotlar tashkil etish – pedagog o‘z faoliyatini taqqoslash,
tahlil qilish imkoniga ochiq mashg‘ulotlar jarayonida ega bo‘ladi. Fikr almashadi,
munozara qiladi, xulosalar belgilaydi. O‘zaro tashriflarda ishtirok etish- tajriba
o‘rganish va o‘rgatish imkoniga ega bo‘ladi.
Tavsiyalar: Bolalarning ta’limning keyingi bosqichidagi o‘zlashtirish
monitoringini o‘rganish maqsadida maktab pedagogik jamoasi bilan hamkorlik rejasini
tuzib chiqish, xar yarim yillik natijalarini qiyoslash.
Do'stlaringiz bilan baham: