10-Mavzu: Sharq psixologiyasida shaxs muammosi. Reja



Download 275,94 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana04.06.2022
Hajmi275,94 Kb.
#635808
  1   2   3
Bog'liq
10-Semenar



10-Mavzu: Sharq psixologiyasida shaxs muammosi. 
Reja: 
1.Sharq psixologiyasida shaxs muammosi. 
2.Psixologik o`sish. 
3.Psixologik rivojlanish:shaxs kamoloti bosqichlari.
 

Tayanch so`zlar: 
shaxs, o`sish, rivojlanish, o`zlik, men, psixodinamik, 
ijtimoiy-dinamik , interaksion. 
SHarqda umuman boshqacha holat edi. Induizm va buddizmda shaxs inkor etilib, 
faqatgina «o‘zlik» e’tirozsiz tan olinadi. K. YUngning psixoanaliz nazariyasiga 
asosan «shaxs» tushunchasi odamning jamiyatdagi ijtimoiy roli bilan bog‘liq. 
Hayoti jarayonida u ijtimoiy talablarga mos ravishda o‘zini tutishni o‘rganadi. Har 
bir kasb uchun, masalan, jamiyat a’zosi taqib yuradigan ma’lum niqob xosdir. 
SHaxs xarakterni tashkil etuvchi bo‘lib hisoblanmaydi, lekin u bilan uzviy bog‘liq 
bo‘lib, ichki «Men»ning himoyasi sifatida faoliyat yuritadi. Ko‘pgina tillarda 
mavjud bo‘lgan «o‘zlikni yo‘qotish» iborasi o‘zining egallab turgan o‘rnini va 
darajasini yo‘qotishni bildiradi. SHarq tillarida (xitoy, yapon) shaxs tushunchasi 
odamning yuzi bilan emas, balki butun tanasi bilan bog‘lanadi. Evropa 
an’analarida yuz tana bilan birgalikda o‘rganiladi, chunki inson chehrasi ruhining 
timsolidir, xitoyliklar tafakkurida esa «yashovchanlik» tushunchasiga individning 
ham ma’naviy, ham vujudiy sifatlari kiradi. SHu asosda, avval boshidan «shaxs» 
tushunchasiga ma’lum hayotiy rollarni ijro etganda o‘ziga xoslikka ega bo‘ladigan 
tashqi, yuzaki ijtimoiy obraz – qandaydir «shaxs», atrofdagilarga qaratilgan 
ijtimoiy yuz ifodasi kiritilgan edi. 19 asrning dastlabki o‘n yilliklarida 
shaxspsixologiyasi muammolari bilan faylasuflar bilan bir qatorda shifokor-
psixiatrlar ham shug‘ullana boshladi. Ular birinchilar qatorida klinika sharoitlarida 
bemor shaxsi ustidan muntazam ravishda kuzatuvlar olib bordilar, uning xulq-
atvorini yaxshiroq tushunish maqsadida bemor hayoti tarixini o‘rgandilar. 
Psixiatrlarning diqqat markazida bemor odamda odatda aniqlanadigan shaxs 
xususiyatlari bo‘ldi. Keyinchalik ular tomonidan aniqlangan o‘ziga xos 
xususiyatlar sog‘lom odamlarning deyarli barchasida mavjudligi, lekin ularda 
kuchsiz holatda, bemorlarda esa o‘ta kuchli tarzda ifodalanishi aniqlandi. Bu, 
masalan, xavotirlik va rigidlik, tormozlanganlik va qo‘zg‘alganlik holatlariga 
tegishlidir. SHaxsni aniqlovchi xislatlar shifokor-psixiatrlar tomonidan shunday 
atamalar bilan belgilangan ediki, ular yordamida ham normal, ham patologik, ham
aksentuatsiyalangan shaxsga ta’rif berish mumkin edi. SHunga qaramasdan, ushbu 
yondashuvpsixologiya nuqtai nazaridan mukammal deb hisoblanmaydi. Bunday 
yondashuvlar normal shaxsni yaxlit holda ta’riflash uchun juda qisqa va etarli 
emas. Bunday aniqlash turiga turli sharoitlarda aniq ifodalanuvchi, doimo ijobiy, 
«mutanosib» bo‘lgan shaxs xususiyatlari kiritilmagan edi. Bularga misol qilib, 
layoqatlar, axloqiy sifatlar va boshqa shaxs xususiyatlarini keltirish mumkin. XX 
asrning dastlabki o‘n yilliklariga kelibgina, shaxs, ungacha inson holatlari va bilish 
jarayonlarini tadqiq etish bilan shug‘ullanayotgan psixologlar tomonidan o‘rganila 
boshladi. XX asrda psixologiyada tajriba tadqiqotlari jadal olib borilgani uchun, 
ularga farazlarni aniq tekshirish va asoslangan faktlarga ega bo‘lish maqsadida 
ma’lumotlarni matematik-statistika usulida hisoblash qo‘llanildi. SHu asosda, 


psixologlar uchun uzoq yillar davomida mutanosib shaxsni tadqiq etishning 
ishonchli va valid test metodlarini ishlab chiqish birinchi navbatdagi funksiya 
bo‘lib qoldi. SHaxsga tegishli bo‘lgan nazariyalar va konsepsiyalarni tasniflashga 
nisbatan yondashuvlarning turli xillari mavjud. Masalan, R.S.Nemov shaxsga doir 
nazariyalarning 48 tasini keltiradi, ularning har biri tasniflashga asos bo‘ladigan 
besh ko‘rsatkich bo‘yicha baholanishi mumkin. Bularga xulq-atvorni tushuntirib 
berish usuli; shaxs haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish usuli; shaxsga burchak 
ostidan qarash; yosh darajalari; shaxsni tasvirlab eruvchi tushunchalar kabi 
ko‘rsatkichlar kiradi. Mavjud bo‘lgan shaxs nazariyalarining barchasini xulq-
atvorni tushuntirib berish usuli bo‘yicha 

Download 275,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish