23
II bob. Boshlang‘ich sinf aqli zaif о‘quvchilar mantiqiy tafakkurining о‘ziga
xosligi
2.1. Aqli zaif bolalar mantiqiy tafakkurini о‘rganish usullari va natijalari
Inson ruhiyatini о„rganish nihoyatda murakkab. Diagnostika ishlari uchun,
yordamchi maktablarni butlash uchun bolalar ruhiyatini о„rganish juda zarur
hisoblanadi, chunki yordamchi maktablardagi ta‟lim-tarbiyani samarali amalga
oshirib borish uchun bu boradagi ma‟lumotlar kerak bо„ladi.
Dastlab
birinchi
sinfga
kirmoqchi
bо„lgan о„qituvchi bо„lajak
о„quvchilarningshaxsiy hujjatlari bilan tanishib chiqadi. Bolalar haqidagi tibbiy
kо„rsatmalar bilan yaqindan tanishadi. Tibbiy xulosalarni, tushunchalarni
yetarlicha о„zlashtirish uchun yordamchi maktab xodimlari bunday bilimlarni
yaxshi egallagan bо„lishlari lozim. Bolaning ruhiy taraqqiyoti haqidagi qimmatli
ma‟lumotlar bolalarning ota-onalaridan olinadi. Juda ehtiyotkorlik bilan, ota-
onaning qilbiga shikast yetkazmasdan, nuqsonli bolasi haqidagi zaruriy
ma‟lumotlar yig„iladi. Ayniqsa, ota-onalardan bolaning umumiy rivojlanishidan
tashqari, nuqson yuz bergandan keyingi о„ziga xos, nuqsonli rivojlanishi haqidagi
ma‟lumotlar juda qimmatli va diagnostik ahamiyatga ega. Yordamchi
maktablardagi о„qituvchi va tarbiyachilarning ta‟limiy, tarbiyaviy, korreksion,
sog„lomlashtirish ishlarining barchasi shu ma‟lumotlarga asoslanadi.
Qisqacha ayrim uslubiyatlar ustida tо„xtalib о„tamiz:
S ye g ye n ta x t a c h a s i
Umumiy barcha bolalarning, xususan aqli zaif bolalarning tafakkur
jarayonlarini tekshirish uchun qо„llanilashi mumkin. Segen doskasining tuzilishi
quyidagicha: 10 ta geometrik figurani olib maxsus karton yoki fanerda shu
geometrik figuralar shaklida chuqurchalar о„yiladi. Uchburchak, tо„rtburchak,
kvadrat, aylana, romb, tо„g„ri tо„rtburchak, trapetsiya kabi geometrik
figuralarni tushuntirish asosida bolalardan tegishli chuqurchalarga joylashtirishi
talab etiladi. Ish tartibi quyidagicha. Dastlab tajriba о„tkazuvchi bolalarga
24
chuqurchalarga joylashtirilgan taxtachani kо„rsatadi. Shundan sо„ng u
taxtachadagi figuralarni tо„kib tashlaydi va bolalardan yana figuralarni о„z
joylariga joylashtirishni sо„raydi. Bu usul ayniqsa, chuqur aqli zaif bolalarni
bog„cha yoshida о„rganishga yordam beradi. Bola gapirmasligi ham mumkin. Bu
usulning turli variantlari bor. 2 yoshli bolalar uchun 4 ta figurali, undan katta
bolalar uchun esa, 10 ta figurali varianti bor. Aqlan normal bolalar 2 yoshdan
boshlab bu ishni tо„g„ri bajari oladilar. Aqliy nuqsonlilar, aynaqsa chuqur aqli
zaif bolalar geometrik figuralarni paypaslaydilar, og„izlariga olib kо„radilar,
ularni stolga urib taqillatadilar. Maqsadsiz harakat qiladilar, sinov va xato
usullardan foydalanadilar. Bu bolalar kо„rsatilgan yordamdan foydalana
olmaydilar. Tajriba о„tkazuvchining berayotgan kо„rsatmasini idrok qilishi,
tushunib yetishi ham diagnostik ahamiyatga ega. Usulning sodda tuzilishga
egaligi sababli, bir о„qituvchi, tarbiyachilar mustaqil ravishda yasab
foydalanishlari mumkin.
T о„ r t i n ch i s i o r t i q ch a
Bu uslubiyat uzining soddaligi bilan ajralib turadi. Uning nomidan
kо„rinib turibdiki, biror narsaning tо„rtinchisi ortiqcha akan. Bu uslubiyatning
juda kо„p variantlarini mustaqil ishlab chiqish mumkin. U asosan
tafakkurning turli tomonlarini о„rganishga xizmat qiladi. Ayniqsa, bolalarning
umumlashtira olish qobiliyatini juda yaxshi ochib beradi. Uslubiyatning
mazmuni quyidagicha: mevalar, о„simliklar, daraxtlar, hayvonlar, idish-
tovoqlar, kiyim-kechaklar, о„quv qurollari va hokazolardan 4 ta rasm olinadi.
Shu rasmlarning 3 tasi bir toifaga, 1 tasi boshqa toifa narsalarga xos bо„lishi
darkor. Bola tasvirlangan 4 ta rasmning qaysa biri ortiqcha ekanligini anglashi
kerak. Bu uslubiyatni bog„chagacha, bog„cha, kichik maktab, о„rta maktab
yoshidagi bolalarga ham qо„llash mumkin, aqliy saviyaning pastligiga qarab,
birmuncha katta yoshdagi bolalarga ham tavsiya etsa bо„ladi.
Baholash mezoni
:
topshiriqni aniq bajardi – 4 ball;
25
topshiriqni tushunishga qiynalib, uzoq о„ylab javob berdi – 3 ball;
topshiriqni xato bajardi - 2 ball;
hech qanday javob bermadi – 1 ball.
Biz eksperemental ishlarimizni Toshkent shahar Mirobod tumani 52-
maxsus yordamchi maktabda olib bordik. Eksperimentda 6 nafar aqli zaif
о„quvchi ishtirok etdi.
Tekshirish ishlari 2 bosqichda olib borildi.
1-bosqich –gurux logopedi vaota-onalar bilan suhbatlashish davomida
bolalar haqida anamnestik ma‟lumotlarni о„rganib,bolalarning shaxsiy hujjatlarini
kо„rib chiqdik. Bolalarni turli faoliyat jarayonida kuzatdik.
2-bosqich-yuqorida keltirilgan metodikalar yordamida lug„at holati
tekshiririldi.Tekshirish natijalari bal tizimida baholanib foiz hisobida о„rganib
chiqdiq.
Har bir bola bilan individual tanishish jaryonidada quyidagi hujjatlar о„rganildi:
bola rivojlanishi tarixi, padagogik-psixologik tavsifnomasi.
Bola bilan suhbat jarayonida bolaning nutqiy imkoniyatlari bilan
tanishildi. Suhbat kundalik yumush mavzulari asosida uyushtirildi.
Biz aqli zaif bolalarning mantiqiy tafakkurining rivojlanganlik darajasini
о„rganish maqsadida Segen taxtachasi uslubiyatini о„tkazdik va qо„lga kiritilgan
natijalarni 1- jadvalda aks ettirdik.
Aqli zaif bolalarning tafakkurini rivojlanganlik darajasi (Segen taxtachasi uslubiyati)
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: