4
Istiqlol sharofati tufayli xalq pedagogikasi jadal sur‟atda taraqqiy etib
bormoqda. Ota-bobolarimiz azal-azaldan bola tarbiyasiga aloxida e‟tibor
qaratganlar. “Bola boshdan ....” naqli sо„zimizga dalil. Al-Buxoriy, At-Termiziy,
Beruniy, Az-Zamaxshariy, Navoiy, Bobur, Ogaxiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf
Fitrat, Abdulxamid CHо„lpon singari ulug„ olimu adiblar, fozilu fuzalolar ta‟lim-
tarbiya borasida kо„p asarlar bitganlar. Ular ta‟limdagi milliy xususiyatlarga
diqqat-e‟tiborini qaratishgan. Istiqlolga erishilganiga qadar ularning pand-
nasixatlari, о„gitlari yetarli darajada о„rganilmadi. О„tmishdagi progressiv
pedagoglar va atoqli mutafakkirlarning pedagogikaga doir muxim fikrlari bugungi
kunda pedagogik tafakkurning о„sishiga, pedagoglik madaniyatining ortishiga
imkon beradi.
«Ta‟lim О„zbekiston xalqi ma‟naviyatiga yaratuvchilik faoliyatini
baxsh etadi. О„sib kelayotgan avlodning barcha eng yaxshi imkoniyatlari unda
namoyon bо„ladi, kasb-xunar maxorati uzluksiz takomillashadi, katta avlodning
dono tajribasi anglab olinadi va yosh avlodga о„tadi.» (I.A.Karimov). Bu sо„zlar
ta‟lim tizimiga berilgan ijtimoiy buyurtma bо„lib, «Ta‟lim tо„g„risidagi qonun»
va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» xamda ta‟lim soxasida davlat siyosatida
xam о„z ifodasini topadi. Juda katta ijtimoiy-siyosiy axamiyatga ega bо„lgan bu
qonun va dasturda fuqarolarga, yoshlarga ta‟lim-tarbiya berish, kasb-xunarga
о„rgatishning xuquqiy asoslari, kadrlar tayyorlash milliy modelini rо„yobga
chiqarish, modernizatsiyalashning asosiy tamoyillari belgilab berildi.
Respublikamizda jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bо„lgan
bolalar tug„ilishini oldini olish, bunday bolalarni davolash ishlariga davlatimiz
tomonidan katta e‟tibor berilmoqda.
Alohida yordamga muxtoj bolalarga moddiy, tibbiy, psixologik-
pedagogik, ijtimoiy yordam kо„rsatish bilan bog„liq masalalar hamma vaqt barcha
davlatlarning
ilg„or jamoatchiliklarini tashvishlantirib kelgan. Bizning
mamlakatimizda nogiron bolalarni qо„llab – quvvatlash, har qanday ijtimoiy –
iqtisodiy sharoitlar, tabiatda sodir bо„lib kelgan ekologik muammolar va boshqa
sabablardan qat‟iy nazar hamma vaqt davlat e‟tiborida bо„lib kelgan. Jumladan,
5
aqli zaif bolalar rivojlanishida kuzatiladigan kamchiliklarni ham bartaraf etish,
korreksiya hamda konpensatsiya qilish ishlari defektologiya sohasining
oligofrenopedagogika va oligofrenopsixologiya fanlarining diqqat markazida
turadi.
Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bо„lgan bolalar orasida
intellektida nuqsoni bо„lgan bolalar son jihatdan nisbatan qо„proq uchrab turadi.
Aqli zaiflikning yengil, о„rta va ba‟zan og„ir darajasidagi bolalar, xozirgi kunda,
maxsus maxsus maktabgacha ta‟lim muassasasigacha tarbiya mussasalarida va
maxsus maktabgacha ta‟lim muassasasilarda, maktab - internatlari yoki
umumta‟lim muassasalari qoshida tashkil etilgan yordamchi guruh yoki
yordamchi guruhlarda ta‟lim olmoqdalar. Ushbu muassasalarning asosiy vazifasi
aqli zaif bolalar ijtimoiy adaptatsiyasi, reabilitatsiyasini amalga oshirish, ya‟ni
aqlan zaif bolalarni mustaqil hayotga tayyorlash, ularni jamiyatda о„z о„rnini
topib, hamma qatori yashab ketishiga yordam berish.
Kadrlarni tayyorlash milliy dasturiga binoan yaratilgan uzluksiz ta‟lim
tizimida aqli zaif bolalar xam endilikda 9 yil majburiy va yana 3 yil majburiy-
ixtiyoriy ta‟limga jalb etilmoqdalar. Ushbu talabdan kelib chiqqan xolda hozirgi
kunda maxsus maktabgacha ta‟lim muassasasi bitiruvchilari uchun maxsus ona tili
kollejlari tashkil etilgan. Ayrim kasb-hunar kollejlarida esa ular uchun maxsus
guruhlar faoliyat kо„rsatib kelmoqda.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda biz «
Boshlang„ich sinf aqli zaif
о„quvchilar mantiqiy tafakkurining о„ziga xosligi» mavzusini dolzarb deb topdik
va о„z bitiruv malakaviy ishimizning mavzusi deb tanladik.
Tadqiqotning maqsadi
– Boshlang„ich sinf aqli zaif о„quvchilar mantiqiy
tafakkurining о„ziga xosligi yо„llarini о„rganish.
Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun kuyidagi vazifalarni belgilab oldik:
1. Ilmiy adabiyotlarda mummoning bayon etilishi holatini о„rganish.
2. Aqli zaif о„quvchilar mantiqiy tafakkurining о„ziga xos xususiyatlari
о„rganish.
Tadqiqotning obyekti
– aqli zaif bolalar
6
Tadqiqotning predmeti
– Aqli zaif о„quvchilar tafakkur kamchiliklarni
korreksiyalash jarayoni.
Tadqiqotning metodlari :
-mavzuga doir ilmiy-pedagogik,psixologik adabiyotlarni о„rganish;
-bolalarni mashgulotlarda va о„yin jarayonlarida kuzatish;
-tibbiy-pedagogik hujjatlarni о„rganish;
-psixolog va о„qtuvchilar bilan suhbatlashish.
Do'stlaringiz bilan baham: