1.3. Aqli zaif bolalarning tafakkuri.
Tafakkur – atrofdagi borliqni aks etishiga imkon beradigan inson bilish
faoliyatini oliy shakli, predmet va hodisalar o„rtasidagi aloqa va munosabatni
o„rnatadi.
Tafakkurning asosiy vazifalari:
- Umumiy o„zaro aloqalarni o„rnatish;
- Muayyan sinf xodisalari turi sifatida aniq hodisalar mohiyatini tushuntirish;
- Bir xil guruh hodisalari xossalarini umumlashtirishi.
Tafakkur operatsiyalari:
- tahlil qilish (hayoliy predmet, hodisa, holatlarni qismlarga ajratish va tarkibiy
belgi, qismlarini aniqlash);
- sintez (turli xil belgilar o„rtasidagi aloqani taqqoslash, qiyoslash);
- mavxumlashtirish (predmetning asosiy xossalarini ikkilamchi belgilardan
ajratish);
- taqqoslash (ma‟lum obektlarni takkoslash va ulardagi umumiy yoki farkli
belgilarni ajratish);
- umumlashtirish (ikki yoki bir kancha predmet-xodisalarni umumiy belgilariga
ko„ra guruxlarga umumlashtirish).
Ko„rgazma – obrazli tafakkur
Bola anglash faoliyatini shakllantirish va rivojlantirishida tafakkur
muhim ro‟l o„ynaydi. Bola rivojlanishining ma‟lum bir bosqichida unga
ma‟lum turdagi faoliyat xos bo„ladi.
Ilk yoshda tafakkur shakllanishida asosiy o„rinni muloqot, predmetli
faoliyat
egallaydi.
(L.S.Vigotskiy,
A.V.Zoporojets,
A.N.Monstev,
D.B.Elkonin) hozirgi vaqtda mashhur psixologlarning ta‟kidlashicha, bolalarda
maktabgacha yoshda ko„rgazmali-harakat, ko„rgazmali-obrazli va so„z-mantiq
tafakkuri rivojlanadi. Bu tafakkur shakllari ontogenez jarayonida bir-biri bilan
almashinadi, ammo birinchi ko„rgazmali-obrazli tafakkur hisoblanadi. U bola
19
rivojlanishi jarayonida, ular tomonidan ijtimoiy malakalarni egallash orqali
shakllanadi. Bola tafakkurni rivojlanishida kattalar asosiy o„rinni egallaydi,
ular tafakkurni o„qitish va tarbiyalash orqali rivojlantirishi kerak. Bolalarda ilk
yoshda ko„rgazmali-obrazli tafakkurni o„rganish bilan L.S.Novoselova
shug„ullangan. U bola tafakkurining rivojlanishi butunlay uni predmetli
faoliyati shakllanishi jarayoni bilan bog„liq deb ko„rsatgan. Bolada
predmetlilikning paydo bo„lishi ular tomonidan insoniy faoliyat usullari va
amalga oshirish motivlarini egallash yo„li orqali amalga oshadi.
Aqli zaif bolada aks ettiruvchi faoliyatning faqrli xususiyati unda bilish
faoliyatlarining buzilmaganligi hisoblanadi. Bu eng avvalo umumiy va vositali
bilimning buzilishidir.
Maqsadga qaratilgan faoliyat sifatida tafakkur har doim ma‟lum
muammoning yechimi sifatida yuzaga chiqadi.
Aqliy masalalarini yechish jarayoni bir nechta bosqichlarga ega: masala
shartini tushunish, savol qo„yish, yechim ehtimoli farazini yaratish, yechimni
topish va uning to„g„riligini tekshirish. Barcha fikrlash jarayonlari o„zida
shaxsning qobiliyatlari, bilim va malakalarini ochib beruvchi ixtiyoriy,
maqsadga qaratilgan faoliyatlarini amalga oshiradi. Aqliy masalalarni yechish
aqli zaif bolalarda boshlang„ich davrdayoq muhim qiyinchiliklarga olib keladi.
Ular ko„pincha masalani noto„g„ri anglaydi, uni qisqartiradi yoki buzadi. Shu
tariqa, avval boshdanoq, maqsadga qaratilgan tafakkur buzilgan va u
boshqaruvchi vazifani boshqara olmay qoladi. Yechishning keyingi
bosqichlarida kamchiliklar kuzatiladi. Qo„llanilayotgan yechish usullari
noto„g„ri va samarasiz bo„ladi. Masalani yechish jarayonida qo„yilgan
maqsaddan chetga chiqish, muammoning qaysidir xususiy tomonida to„xtab
qolish kuzatiladi. Yechish jarayonida ko„pincha xatolar va tekshirishlar
majmuiga olib keladi. Tekshirish zarur bosqich sifatida qabul qilinmaydi.
Olingan natijalar boshlang„ich ma‟lumotlar bilan bog„liq bo„lmaydi.
Tafakkurning past mahsulligi aqliy masalalarni yechishning barcha bosqichida
ko„rinadi.
20
Yuqorida keltirilganlar asosida aqli zaif bolalarga o„z faoli yatini tashkil
etishga, aqliy jarayonning bosqichi to„laqonli o„tishiga yordam berish kerak.
Bu vazifani aqli zaif bolaga imkoniyati darajasidagi masala berish, ularni
yechish usullari, nazariy usullari va shu kabilar to„liq ishlab chiqilgandagina
amalga oshirish mumkin bo„ladi.
Ko„rgazmali-obrazli tafakkur uchun obrazlar bilan aqliy faoliyat
natijalari, tasavvuri orqali aqliy masalalarni yechish harakteri hisoblanadi.
Xaqiqiy hayotdagi predmetlar obrazini tahlil qilish, ichki nutq
yordamida amalga oshiriladi. Meyorda rivojlanayotgan bolalarda ko„rgazmali-
obrazli tafakkur asosan maktabgacha yoshda rivojlanadi. Aqli zaif
o„quvchilarda tasavvur etilayotgan va idrok etilayotgan predmetlarni analiz va
sintez qilishni rivojlanganligi kuzatiladi. Ularning diqqatini predmetlarni
mavjud bo„lmagan xususiyatlari, yorqin ko„zga tashlanadigan belgilari tortadi.
Maxsus maktab o„quvchilarida alohida predmetlar va predmetli
xolatlarni so„z bilan tavsiflashda qiyinchiliklar kuzatiladi. Bu toifa o„quvchilar
o„zlariga tanish predmetlarni qarama-qarshi qo„yib, ularni taqqoslashda
ularning umumiy xususiyatlaridan asosiysini aniqlash imkoniyatiga ega emas.
Ularda tasavvurga ko„ra taqqoslash vazifasini tushunmaslik kuzatiladi.
O„quvchilar so„zni erkin ravishda qo„llay olmaydi. T.A.Pratsko aqli zaif
bolalarda topishmoq materiali asosida so„zli-obrazli masalarni yechish
xususiyatlarini o„rgangan. Uning aniqlashicha topishmoqni tushunishning
boshlang„ich bosqichida o„quvchilar uning javoban ifodasini topgan so„zlarni
ajratadi. Nutqning tasviriy vositasi ular uchun tushunarsizligicha qoladi.
Ammo aqli zaif o„quvchilarning aqliy faoliyatini ko„rgazmali vositalar
yordamida faollashtirish mumkin. Maktab sharoitida o„qitish jarayonida
ko„rgazmali-obrazli tafakkur rivojlanadi. Obektlarni aqliy analiz qilish
maydoni kengayadi, tasavvur roli kengayadi, mavhumlashtirish qobiliyatini
rivojlanishida
ahamiyatli
siljishlar
kuzatiladi,
1-sinfdan
5-sinfgacha
ko„rgazmali-obrazli tafakkurni rivojlanishida ijobiy dinamika kuzatiladi. Shu
bilan birga aqli zaif o„quvchilarni ko„rgazmali-obrazli tafakkuri sog„lom
21
tengdoshlarinikidan
baribir pastligi aniqlangan. Ko„pgina aqli zaif
o„quvchilarda murakkab xayotiy malakalar bilan bog„liq bilim va tasavvurlari
orqali
amalga
oshiriladigan
aqliy
faoliyatlarida
yetarli
darajada
umumlashtirishga erishmaydilar. Buning oqibatida ular aqliy masalalarni
yechishda so„z ma‟nolaridan erkin foydalana olmaydi.
Ko„rgazma – harakatli tafakkur.
Ko„rgazma – harakatli tafakkur insonning yangi sharoit va amaliy
muammoli topshiriqni yechishning yangi usuli bilan to„qnashganda paydo
bo„ladi. Bunday turdagi topshiriqlarga bola butun bolalik davrida – maishiy va
o„yin faoliyatlarida duch keladi. Ko„rgazma – harakatli tafakkurning muhim
xususiyati shuki, holatni o„zgartirish usuli bo„lib amaliy harakat xizmat qiladi
va u sinab ko„rish yo„li bilan amalga oshiriladi.
Aqli zaif bolalarda ko„rgazma – harakatli tafakkurning rivojlanishi
orqada qoladi. Aqli zaif bolalar predmetlar bilan harakat qili shlarining har
kungi tajribalarini mustaqil umumlashtira olmaydilar. Shuning uchun aqli zaif
bolalarda umumqabul qilingan qurollardan foydalanishni talab etadigan
anglash bosqichi rivojlanmagan bo„ladi. Amaliy harakatlar va ularni so„z
belgilari o„rtasidagi aloqa yetarlicha bo„lmaydi. Nutq tashkil etuvchi va
boshqaruvchilik vazifasini bajaradi. Aqli zaif bolalarda ko„rgazma – harakatli
tafakkurini shakllantirish asosiga muammoli amaliy vazifa va vaziyatlarda
mustaqil mo„ljal olishni rivojlantirish kiritilishi lozim.
Aqli zaif bolalarda amaliy vazifalarni bajarishda qiyinchilik yuzaga
keladi. Masalan, aqli zaif bolalarga kesma rasmlarni birlashtirish va Segen
doskasini to„ldirish qiyinchilik tug„diradi. Ularning predmetlar bilan
harakatlari impulsiv harakterga ega, bu harakatlar fikrlash vazifasiga bog„liq
bo„ladi.
Mantiqiy tafakkur
Kichik maktab yoshidagi aqli zaif bolalar uchun 2 va undan ortiq
predmet solishtirish qiyinchilik tug„diradi. Solishtirishda I-II sinf o„quvchilari
22
bir obektni ikkinchisidagi ajratuvchi xususiyatlarga e‟tibor beradilar. Bu
obektlarning o„xshash xususiyatlarini hisobga olmaydilar.
Bolalar obektlar o„rtasidagi farqni solishtirib bo„lmaydigan xususiyatlar
bilan qiyoslaydilar. Masalan, bu piyola katta, bunisida esa ko„k gul rasmi bor.
Ular har xil. Birinchi predmetning kattaligini, ikkinchi predmetning gulini
taqqoslangan.
Ayrim hollarda o„quvchilar vazifani oson yengil vazifalar bilan
almashtiradi yoki obektni solishtirish o„rniga ulardan birini analiz qila
boshlaydilar. Yoki solishtirishni boshlab, o„z harakatlarini nazorat etolmaydi.
Bola o„zi uchun qiyin bo„lgan vazifada to„xtolmaydi va o„z aqliy faoliyatini
yengillashtirib boshqa vazifaga o„tadi.
Aqli zaif bolalar tafakkurini tahlil qilib, bu jarayonning stereotipligi,
qiyin harakatligi va umuman to„liq egiluvchan emasligini ta‟kidlash joiz.
Shuning uchun mavjud bilim va malakalarni yangi sharoitda qo„llash aqli zaif
bolalarida qiyinchilik tug„diradi va vaziyatini xato bajarishga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |