1.1 Al’fa, beta, gamma va neytron nurlari.
Radioaktiv moddalar bilan zararlanish zonasi-radiatsiya darajasi 0,5 R/soatdan ortiq bo`lgan joy. Zararlanish darajasi va zararlangan joyda tashqi nurlanishning ehtimoldagi oqibatlari bo`yicha 4 zona ajratiladi: kam zararlanish zonasi (A zona), kuchli zararlanish zonasi (B zona), xavfli (V zona) va o`ta xavfli zararlanish zonasi (G zona).
Zararlangan zona o`lchamlari va o`sha joydagi radiatsiya darajasi odamlarning radiatsion zararlanishi xavfliylik darajasining asosiy ko`rsatkichi hisoblanadi.
Al’fa nurlanish- al’fa zarrachalar oqimidir. Al’fa zarrachalar-bu geliyning musbat zaryadli erkin yadrolari. Al’fa zarrachalar moddadan o`tish jarayonida moddani atom elektronlari bilan to`qnashuvi natijasida o`z energiyasini yo`qotadi. Al’fa zarrachalar o`z energiyasini yo`qotganidan so`ng o`ziga 2 ta elektron qo`shib oladi va geliyning neytral atomiga aylanadi. Ularning harakat tezligi to`g`ri chiziqli bo`lib, Yugurish masofasi uning energiyasiga bog`liq (havoda 3-11 sm va biologik to`qimalarda 0,1), lekin og`irligi va zaryadi katta bo`lganligi tufayli (al’fa zarrachalarning energiyasi 4 dan 9 MeVgacha) kuchli ionlashtirish qobiliyatiga ega. Biroq ularning singib kirish qobiliyati juda kichiq-oddiy qog`oz varag`idan ham o`ta olmaydi, lekin al’fa zarrachalar tarqatuvchi manbaani ochiq turda bo`lishini hisobga olish kerak. SHu sababli al’fa zarrachalar organizmga nafas yo`llari va og`iz orqali, shikastlangan teri orqali tushishi mumkin. SHuning uchun al’fa nurlari chiqaradigan ochiq manbalar bilan ishlaganda qat`iy xavfsizlik qoidalariga amal qilish kerak.
B eta nurlanish-beta zarrachalar-elektronlar yoki protonlar oqimidir.
Beta zarrachalar moddadan o`tish jarayonida modda atomlarini ionizatsiyalaydi va energiyasini yo`qotadi. Beta zarrachalarning havodagi Yugurish masofasi bir necha metrgacha (20 m gacha) boradi, biroq ularning ionlashtirish qobiliyati kichiq bo`ladi (Yumshoq nurlanish uchun 1 MeV gacha va qattiq nurlanish uchun 2-5 MeV gacha). Beta- zarrachalar biologik to`qimalarga 2 sm gacha singib kirishi mumkin, shu sababli ular teri , odam va hayvon ko`zlarining muguz (shox) qavati uchun xavf tug`diradi. Bundan tashqari, beta nurlanish ham xuddi al’fa- nurlanish kabi organizm ichiga tushganda xavf tug`diradi. 10 mm.gacha qalinlikdagi shisha va metal qavati beta nurlanishdan himoya qila oladi, kiyim-bosh beta- zarrachalarni 50 % gacha ushlab qoladi. Beta nurlanishdan himoyalanish uchun engil materiallardan foydalanish kerak( alYuminiy, polistirol, lYutsit). YUqori energiyali beta zarrachalardan himoyalanish qurg`oshinli himoya ekranlaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Gamma nurlanish- rentgen nurlariga o`xshash bo`lgan elektromagnit nurlardir. Gamma-nurlar Yuqori tarqalish tezligiga va kuchli singib kirish xususiyatiga ega. Gamma-nurlanishning havodagi erkin Yugurish masofasi bir necha Yuz metrga (600 dan 3000 m gacha) etadi, bu esa singib kirish xususiyati bilan birgalikda gamma-nurlanishni radiatsion xavfning asosiy manbai ekanligini ko`rsatadi. Tirik to`qima orqali o`tib gamma-nurlanish organizmni hujayrasiga ta`sir ko`rsatadi, bu esa nur kasalligini rivojlanishiga olib keladi. Gamma-nurlarning zararlovchi ta`siridan himoyani faqat maxsus himoya vositalarigina ta`minlaydi.
Neytron nurlanish- Yuqori singish qobiliyatiga ega bo`lgan zaryadlanmagan zarrachalar oqimidir. Bular uran yoki plutoniy yadrolarining bo`linish reaktsiyalari natijasida hosil bo`ladi. Neytron zarrachalari tarqalish jarayonida yo`lda uchragan moddaning yadrosiga kirib, undagi neytronlarni siqib chiqaradi. Neytron nurlanishdan o`zida vodorod saqlovchi materiallar bilan himoyalanish mumkin, chunki vodorod neytron zarrachalarni o`zida tutib qolish xususiyatiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |