Ўзбекистон республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Навоий кон-металлургия комбинати



Download 7,19 Mb.
bet1/138
Sana31.12.2021
Hajmi7,19 Mb.
#233371
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138
Bog'liq
Xavfsizlik qoidalari umk e6af9cd21d160fc709af1963d3d3d56c


Ўзбекистон республикаси

Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги

Навоий кон-металлургия комбинати

Навоий давлат кончилик институти

Кимё-металлургия факультети

Кимёвий технология кафедраси


Хавфсизлик қоидалари”


фанидан
ЎҚУВ – УСЛУБИЙ МАЖМУА



Билим соҳаси:

Tаълим соҳаси:

300000 – Ишлаб чиқариш техник соҳа

320000 – Ишлаб чиқаришлар технологияси



Бакалавр йўналиши:

5320400 – Кимёвий технология

(ишлаб чиқариш турлари бўйича)





Навоий -2020



1-Maruza: Texnologik uskuna qurilmalarning umumiy xavfsizlik talablari

Hozirgi kunda dunyo xamjamiyati oldida turgan muxim masalalardan biri turli miqyosda inson xavfsizligi, xususan uning bir elementi bo‘lmish HFXni ta’minlashdir.

O‘zbekiston Respublikasi 1-Prezidenti I.Karimov «Eng murakkab savollardan biri shuki, bizdagi barqarorlik va xavfsizlik yo‘lida tahdid bo‘lib turgan muammolarni anglab etayapmizmi? Xavfsizlikka tahdid solib turgan muammolarga nimani qarshi qo‘ya olamiz?... biz istiqomat qilayotgan mintaqada jo‘g‘rofiy-siyosiy muvozanatni saqlanishiga nimalar kafolat bula oladi? Xavfsizlikni qanday saqlab qolish mumkin?”1, degan savollar barcha o‘zbek xalkining dolzarb muammmolari sifatida kun tartibiga qo‘yilgan.

HFXni turli yo‘nalishdagi olimlar o‘z qarashlari va mutaxassisliklari doirasida turlicha taxlil qilmoqdalar. Jumladan, g‘arb tadqiqotchilari davlat ekologik xavfsizligi (Gleick,1994), qishloq xo‘jalik xavfsizligi (Holst,1989), erlardan foydalanish va ekologik xavfsizlik (Homer-Dixon et al.,1993), tabiatni muxofaza qilish xavfsizligi (Mische,1998), suv xavfsizligi (Rosegrant and Ringler,1997), resurslar xavfsizligi (Soffer,2000) va shu kabi yo‘nalishlarda ilmiy izlanishlar olib borganlar. Rus olimlari ekologik xavfsizlik va ekologik salomatlik (Mamin, 2003), tabiatni muxofaza qilish va ekologik xavfsizlik (Danilov-Danilyan,1997), inson hayot faoliyati xavfsizligi (Krivoshein va b., 2000), avtotransportda xavfsizlik (Mishin,1997), xavfsizlikni boshqarish mexanizmi va modellari (Burkov, G Rakianskiy va b., 2001), shaxarlarda xavfsizlik (Gorbatovskiy, G.Rыbalskiy, 1996) va shu kabi yo‘nalishlarda ilmiy tadqiqotlar olib borganlar.

Adabiyotlarda xavf, tavakkalchilik (risk), xavfsizlik so‘zlari inson faoliyatining turli jabhalari uchun qo‘llaniladi. Masalan, xavf - ichki yoki tashqi omillar ta’sirida ob’ekt yoki sub’ektning dinamikasi, rivojlanish jarayoni va xususiyatlariga zarar etkazuvchi faoliyat yoki xolat (Reymers, 1990; YAblokov,1994; Sergunin,2003). Tavakkalchilik - oldindan rejalashtiril-magan, bugun yoki ertaga to‘satdan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavf (Kates, 1971; Algin, 1989; Head , 1991; Medeu, 2002; Eldon, Bradley 2004).

Xavf yoki tavakkalchilikni rejalashtirilgan tarzda oldini olish yoki rejalashtirilmagan xolda esa tartibga tushirish mumkin. Bu orqali xavfsizlik ta’minlanadi. Insonlarning esa noqulay muxitga moslashishi -adaptatsiya (O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi.- T.: “O‘zME nashriyoti” 1 jild. 2000; Reymers, 1990; Charles, 1978) deb ataladi va bu holatda ham xavfsizlik ta’minlanishi mumkin.

Xavfsizlik, - L.YU.Xotunsevning (2002) fikricha, - alohida shaxs, jamiyat va tabiat ob’ektlarini kuchli darajadagi xavf-xatardan himoyalanganlik darajasi bo‘lib, uning asosiy mezoni kelajakda yoki hozirda sodir bo‘luvchi tabiiy yoki ijtimoiy xatardan kelib chiquvchi qo‘rquv hissidir.

Bu tushunchaga K.YA.Kondratev (1993) va T.Aroshidzelar (1994), xavfsizlik keng ma’noda xayot, salomatlik, insoniyatning asosiy xukuklari, xayotiy manfaatlarini ta’minlovchi manbalar, ijtimoiy tartibdagi resurslar bilan boglik xavflarga chidamlilik darajasidir, deb ta’rif beradilar. V.N.Burkov, A.V.SHepkinlarning (2003) fikricha xavfsizlik - zamonaviy, o‘zaro tartibli fan yo‘nalishi bo‘lib, insoniyat, jamiyat, davlatni hayotiy zarur manfaatlarini texnogen va tabiiy favqulodda xolatlardan himoyalanganlik darajasi.

Xavfsizlik keng ma’noli tushuncha bo‘lib, birinchidan, u nafaqat shaxs, to‘g‘rirog‘i inson (shaxs yuridik kategoriyaga tegishli), jamiyat yoki davlat, balki tabiat va uning komponentlari nuqtai nazaridan ham qaralishi kerak (Nigmatov, Matchanov, 2005). CHunki u nafakat ekologik nuqtai nazardan nafaqat insonlarga, balki barcha tirik organizmlarning himoyalanganlik darajasidir. Vaholanki, xavfsizlik tushunchasi «bexatar yashash darajasi» ni ifoda etar ekan, u ma’lum bir ma’noda har qanday organizmlar, ya’ni tabiat biokomponentlarining ham bexatar yashashi nuqtai nazaridan qaralishi lozim. Negaki, biologik xilma-xillik inson xavfsizligining asosiy elementi va uni ta’minlash hozirgi kunda bevosita yoki bilvosita tarzda insoniyatga bog‘lik bo‘lib qoldi.

Tabiat komponentlarining o‘zaro aloqasi natijasida yuzaga keluvchi har qanday jarayon yoki xodisa tabiiy jarayon hisoblanib, tabiiy tanlanish bosqichida turadi. Ammo, undagi ayrim jarayonlar, masalan, chigirtkalarning son jihatdan ko‘payib ketishi va ularning o‘simlik dunyosi bilan bo‘ladigan munosabatlari, albatta, inson xavfsizligiga ta’sir etadi. Bu ilgari (insoniyatning tabiatga ta’siri kam yoki deyarli bo‘lmagan davrlarda) ham uchrab turgan tabiiy jarayon hisoblanib, ozuka maydonini insoniyat tomonidan qisqarishi evaziga tezlashdi. Tabiatning esa insondan xavfliroq unsuri yo‘q.

Ikkinchidan, xavfsizlik nafakat texnogen yoki tabiiy favqulodda holatlar va jarayonlardan organizmlarning saqlanganlik darajasi, balki u ko‘zga ko‘rinmas hamda bilvosita ta’sir etuvchi hodisa va jarayonlar orqali sekin asta yuzaga kelishi ham mumkin. Masalan, issiqxona samarasi tufayli iqlimning asta-sekinlik bilan isib borishi va uning natijasida cho‘llanish jarayonining yuzaga kelishi. Oqibatda cho‘llangan erlarda o‘simlik va hayvonot dunyosining tur va son jihatdan kamayadi, ya’ni biologik xilma-xillik degradatsiyalanadi hamda insonlar uchun noqulay ekologik atrof tabiiy muxit shakllanadi. Albatta, bunday xavfsizlik ekologik xarakterdagi xavfsizlikka kiradi. Lekin u ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy-ma’rifiy va shu kabi xarakterlarga ega ham bo‘lishi mumkin. Xavfsizlik xarakteriga qarab ularni qo‘shimcha, to‘ldiruvchi va aniqlovchi so‘z yoki so‘z birikmalari bilan ishlatilishi maqsadga muvofiqdir.

Uchinchidan, xavfsizlikni ta’minlashda tavakkalchilikni e’tiborga olish, uning darajasini aniqlash va boshqarish ham muhim ahamiyat kasb etadi. CHunki, har bir ison faoliyati, u qanday yuqori texnologik va xavfsiz darajada amalga oshirilmasin, muayyan bir tavakkalchilik darajasiga egadir. Masalan, suv omborining qurilishi, zavod yoki fabrikalarning ishga tushirilishi, tabiatdagi anomal holatlar ham organizmlar va ularning muhitiga doimo taxlika solib turadi.

Ushbu uchchala holatlarni inobatga olgan tarzda biz xavfsizlikka - organizmlar (jumladan, inson), ularning turli shakl va ko‘rinishdagi jamoasining atrof muhitini turli ko‘lamda evolyusion yoinki noevolyusion tarzda sodir bo‘luvchi va tavakkalchilikni inobatga oluvchi xavf-xatardan himoyalanganlik darajasi, deb ta’rif beramiz.

YUqoridagi fikrlardan ko‘rinib turibdiki xavfsizlik keng ma’nodagi tushuncha bo‘lib, u nafaqat inson yoki jamiyat uchun, balki biotik va abiotik tabiat komponentlarining xavfsizligi, ya’ni tabiiy geografik nuqtai nazaridan ham qaralishi zarur. Odatda tadqiqotchilar (Ribalskiy, Malyarova, 1992; Gorbatovskiy, 1995; Rosegrant, Ringler, 1997; Gleick, 1994) xavfsizlikni inson va jamiyat nuqtai nazaridan tushuntirishga harakat qiladilar va uni tasniflab beradilar. Masalan, A.A.Sergunin (2003), V.S.Polikarpov (2001), A.S. Makaricheva (2001) lar xavfizlikning vujudga kelishi ko‘ra - siyosiy, iqtisodiy, texnikaviy, harbiy, ekologik, informatsion (axborot), sotsial, xuquqiy, madaniy, intellektual, demografik, genetik, psixologik va h. k turlarga, ta’minlash ko‘lamiga ko‘ra mahalliy, milliy, regional va global xavfsizliklarga ajratganlar.

Respublikamizda chuqur iqtisodiy o`zgarish bo`layotgan bir davrda, kadrlar tayyorlashning milliy dasturi kuchga kirishi, yuqoridagi fikrni amalga oshirishning dastlabki bosqichi bo`lib xizmat qiladi. Ko`p bosqichli ta'lim tizimiga binoan oliygohlarda tayyorlanadigan bakalavrlar uchun o`quv rejasiga «Hayotiy faoliyat xavfsizligi» fanining kiritilishi bo`lg`usi mutaxassislarning bilimini chuqurlashtirilishiga yordam berishi so`zsizdir.

Hayot faoliyat xavfsizligi (HFX) fanining diqqat markaziga qo`yilgan maqsad bu insonning jamiyat taraqqiyotidagi rolidir. Hayot faoliyat xavfsizligi-bu har qanday sharoitdagi inson faoliyatidir. Insonning hamma faol harakati (mehnat jarayonida, dam olishda, uyda hamda sportda) uning faoliyatini tashkil qiladi.

Hayot foaliyati xavfsizligi faning diqqat markazida bu insonning jamiyat tarraqqiyotidagi roli. Hayot foaliyati xavfsizligi fani o‘z tarkibiga inson faoliyatining atrof-muhit bilan aloqasi, mehnat faoliyatidagi xavfsizligi va favqulodda vaziyatlardagi xavfsizligi bo‘limlarni qamrab olganndir.

Hayot foaliyati xavfsizligi prinsip va usullar asosida: baxtsiz hodisalar, qurbonlar va ular natijasida kelib chiqadigan zararlarni kamaytirish masalalarni keng miqyosida qo‘yadigan va hal qiladigan fandir.

HFX bu har qanday ko‘rnishdagi faoliyatga qo‘lanishi mumkin bo‘lgan xavfsizligning nazariy aossidir.

Hayot foaliyati xavfsizligi fanida mehnat muhofazasi masalalarini hal etishning uslublari, uskunalari va dastgohlarning xavfsizlik texnikasi, elektr xavfsizligi, mehnat gigienasi va sanoat sanitariyasi asoslari haqida ma’lumot berilgan. Yonish, o‘tga chidamlik, yonuvchanli va yong‘in o‘chirish masalalari yoritiladi.

Hayot foaliyati xavfsizligi kursi mutaxassilarni Mehnat muhofazasini ilmiy asoslariga doir bilimlar bilan qurollanish va ularga ishlab chiqarishdagi mehnat sharoiti hamda Mehnat muhofazasini yaxshilash muamolarini ijobiy hal etishga qiziqish uyg‘otishga mo‘ljalangan. Maskur fan “Ergonomika”, “Muxandislik psixologiyasi”, “Mehnatni ilmiy tashkil qilish”, “Texnika estetika”, “Mehnat fiziologiyasi va gigienasi” fanlari bilan uzviy bog‘liqdir.

Mehnat muhofazasi insonni ishlab chiqarishdagi ahvoli, u bilan bog‘liq masalalarini o‘rganishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi.

Hozirgi vaqtda inson - tabiiy, texnik, iqtisodiy va boshqa har xil xavf-xatar dunyosida ishlaydi.

Xavf – hayot faoliyati xavfsizligining asosiy tushunchalaridan biri bo‘lib, inson faoliyati davrida uning sog‘ligiga bevosita yoki bilvosita zarar keltiruvchi, ya’ni ko‘ngilsiz oqibatlarga olib keluvchi holat, jarayon, ob`yekt va vositalardir. Xavfni harakterlovchi belgilar soni tahlil maqsadiga bog‘lik holda ko‘payishi yoki kamayishi mumkin. Shu sababli, xavfni harakterlovchi belgilar standart tushuncha – «xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari» shaklida talqin qiladi. Xavfli va zararli omillar kelib chiqish sabablariga bog‘liq holda fizikaviy, kimyoviy, biologik va psixofiziologik ko‘rinishida bo‘ladi. Shunga bog‘liq holda xavf potensial ( yashirin) va real turlarga bo‘linadi. Potensial xavfni yuzaga, birinchi navbatda ishlab chiqarish sharoitiga bog‘iq bo‘lib, xavfni yuzaga keltiruvchi sabablar orqali baholanadi. Xavf tasirida yuzaga kelgan baxtsiz xodisalarning sabablari esa texnik-texnologik, sanitar-gigienik, tashkiliy va psixofiziologiya kabi turlarga bo‘linadi.

Xavfning taksonomiyasi - bu uning kelib chiqishi tabiati turi, oqibatlari, tuzilishi insonga ta’sir etish harakteri va shunga o‘xshash belgilari asosida tasniflanishi bir tizimga keltirilishidir. Umuman, « taksonomiya » murakkab hodisalar jarayonlar tushunchalar va ob`yektlarning tasniflanishi hamda bir tizimga solinishi to‘g‘risidagi fan hisoblanadi. Xavf murakkab va ko‘p belgilarga ega tushuncha bo‘lganligi sababli, uning taksanomiyasini inson hayot faoliyatini xavfsizligini ta’minlashda hamda xavf tabiatini chuqurroq o‘rganishda muhim rol o‘ynaydi. Lekin, hozirgi vaqtda xavfning takomil, to‘liq taksonomiyasi ishlab chiqilmagan. Shunday bo‘lsada bu borada ma’lum darajada ilmiy ishlar bajarilgan bo‘lib, xavfning quyidagi ko‘rinishdagi taksonomiyasi vujudga kelgan:

–xavfning yuzaga kelish tabiatiga ko‘ra: tabiiy, texnik, antropogen, ekologik, aralash;

– xavf ta’sirida ko‘ngilsiz oqibatlarni yuzaga kelish vaqtiga ko‘ra: impulsiv, kumulyativ;

– lokalizatsiya(fazoviy koordinatalari) bo‘yicha: litosfera, gidrosfera, atmosfera, kosmos bilan bog‘liq xavflar;

– yuzaga keluvchi oqibatlar bo‘yicha: charchash, toliqish, zo‘riqish, kasallanish, shikastlanish, jarohatlanish, avariya, yong‘in va boshqalar;

– keltirib chiqaruvchi zararga ko‘ra: sotsial, texnik, ekologik;

– yuzaga kelish sohasi bo‘yicha: madaniy, maishiy, transport, yo‘l-transport, ishlab chiqarish, harbiy va boshqalar;

– xavfning tarkibi va tuzilishiga ko‘ra: oddiy va hosilali (yasamali), ya’ni bir necha oddiy xavflar birikishi natijasida yangi, murakkab xavfning yuzaga kelishi;

– insonga ta’sir etish harakteriga ko‘ra:aktiv va passiv;

Xavfning nomenklaturasi. Nomenklatura – ma’lum bir belgilariga ko‘ra tartibga solingan, tizimlashtirilgan nomlar, terminlar ro‘yxatidir. Hozirgi vaqtda xavfning alfavit tartibidagi nomenklaturasi ishlab chiqilgan bo‘lib, u qisqacha quyidagi ko‘rinishga egadir. Alkogol, anomal harorat, anomal nisbiy namlik, anomal havo tezligi, anomal barometrik bosim, anomal yoritilganlik, anomal ionlashgan havo, analizatorlarning zo‘riqishi, aylanish va harakatlanish tezligi, aqliy zo‘riqish, bosim ostidagi idishlar, bug‘, balandlik, gazlar, gerbitsidlar, gipodinamiya, gipokineziya, dinamik zo‘riqish, dorilar, etarsiz mustahkamlik, yomg‘ir, yopiq hajm (sig‘im), yong‘in, yong‘inga xavfli moddalar, yorug‘lik oqimining pulsatsiyasi, zaharli moddalar, zanglash, zao‘arlanish, issiq yuza ( sirt), infratovush, infraqizil nurlar, ishchi holat, ishchining noto‘g‘ri harakati, kasalliklar, kinetik energiya, kishilarning hato harakati, lazer nurlari, mashina va mexanizmlarning aylanuvchi qismlari, muz, magnit maydoni, makroorganizmlar, meteoritlar, mikroorganizmlar, momoqaldiroq, monotonlik, mashina va mexanizmlarning zo‘riqishi, nonormal ruhiy holat, notekis yuza, olov, portlovchi moddalar, pestitsidlar, radiatsiya, radiatsiya, rezonans, suv, suv bosishi, suv toshqini, sovuq yuza (sirt), statik zo‘riqish, statik elektr zaryadlari, tutun, toyg‘oq (sirg‘anchiq) yuza, tuman, to‘lqin zarbasi, tezlanish, toliqish, uchqun, uyqusizlik, ultratovush, ultrabinafsha nurlar, xazonrezlik, chuqurlik, chang, charchash, shovqin, elektr yoyi, elektr toki, elektr maydoni, emotsional zo‘riqish, yuqoridan qo‘lash ( yiqilish), yuqori ravshanlikdagi yorug‘lik, yuqori chastotali tok, yashin, o‘tkir predmetlar (tikonli, uchli, qirrali, kesuvchi va h.k.), qor bosishi, qor ko‘chishi, quyosh aktivligi, quyosh zarbasi, haraktlanuvchi predmetlar, havoning gaz tarkibini buzilishi va b. Aniq tekshirishlar va tadqiqotlar o‘tkazishda alohida ob`yektlar, ya’ni, ishlab chiqarish, sexlar, ish joylari, ish jarayonlari, kasb turlari bo‘yicha ham xavf nomenklaturasi tuziladi.

Xavfning kvantifikatsiyasi. Kvantifikatsiya – sifat darajasi aniqlanadigan va baholanadigan murakkab tushunchalarga sonli harakteristika berish demakdir. Kvantifikatsiyaning sonli, balli va boshqa usullar qo‘llaniladi. Xavfning eng keng tarqalgan soniy baholash mezoni-tavakkal («risk»), tavakkalchilik, ya’ni xavf-xatarga qarshi bormoqdir. Soniy baholash – ma’lum davrdagi faoliyat davomida yuzaga kelgan ko‘ngilsiz oqibatlarni oldindan ehtimol qilingan, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfga, ko‘ngilsiz oqibatlarga nisbatidir. Tavakkalni aniqlashda oqibatlarning sinfi ko‘rsatilishi lozim. Xavfning identifikatsiyasi. Xavf potensial, ya’ni yashirin haraktyerga ega. Shu sababli, hayot faoliyat xavfsizligini ta’minlashda xavfni oldindan aniqlash muhim rol uynaydi. Identifikatsiya – xavfni va uning soniy hamda vaqtli ko‘rsatkichlarini aniqlash jarayoni bo‘lib, uning natijasida hayot faoliyat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan profilaktik va operativ tadbirlar ishlab chiqiladi. Identifikatsiya jarayonida xavfning nomenklaturasi, xavfni yuzaga kelish ehtimoli, fazoviy koordinatalari («lokalizatsiya»), xavf tufayli kutiladigan zarar va boshqa parametrlar aniqlanadi. Olingan natijalar asosida esa aniq tadbirlar ishlab chiqiladi.

Sabab va oqibat Potensial xavf yuzaga keladigan, amalga oshadigan sharoitlar baxtsiz xodisalarning sabablari deyiladi. Baxtsiz hodisalar turli xil, ya’ni jarohatlar, shikastlanishlar, kasallanishlar va boshqa ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Xavf, sabab va oqibat – baxtsiz xodisalarni, favqulodda holatlarni, yong‘inlarni va shu kabi boshqa ko‘ngilsiz hodisalarni asosiy harakteristikasi hisoblanadi. «Xavf – sabab – ko‘ngilsiz oqibatlar» - bu logik rivojlanish jarayoni bo‘lib, yashirin xavfni yuzaga chiqishiga hamda real zarar keltirib chiqarishga olib keladi. Ko‘rsatilganidek, bu jarayon ko‘p sababli hisoblanadi. Shu sababli baxtsiz hodisalarni oldini olishda ularning sabablarini aniqlash muhim rol o‘ynaydi. Quyida yuqoridagi uchlikga doir misollar keltiramiz: Elektr toki (xavf) – qisqa tutashuv (sabab) – quyish (oqibat); Pestsidlar (xavf) – ShHV foydalanmaslik (sabab) – zaharlanish (oqibat). Insoniyatning har qanday faoliyati potensial xavfli jarayondir. Albatta, bu tasdiq aksiomatik harakterda bo‘lsada, muhim metodologik ahamiyatga egadir.

Yuqorida ta’kidlanganidek « Tavakkalchilik» – xavfni yuzaga kelish, amalga oshish chastotasidir, ya’ni xavfning sonli baholash mezonidir. Sonli baholash – faoliyat davrining ma’lum oralig‘ida sodir bo‘lgan ko‘ngilsiz oqibatlarni sodir bo‘lishi ehtimol qilingan xavfga, oqibatga nisbatidir.

Tavakkalchilikni boshqarish Hayot faoliyati xavfsizligining asosiy vazifalaridan biri xavfsizlik darajasini mumkin qadar oshirishdan iboratdir. Ushbu vazifa quyidagi uch xil yo‘nalishdagi tadbirlar orqali amalga oshirilishi mumki:

1. Texnik tizimlar va ob`yektlarni takomillashtirish.

2. Yuqori malakali mutaxasislar va kadirlarni tayyorlash.

3. Favqulodda holatlarni bartaraf etish.

Yuqoridagilarga mos holda tavakkalchilikni boshqarish uslublarini hamda 4 guruxga ajratishimiz mumkin: texnik, tashkiliy, ma’muriy va iqtisodiy. Texnik tizimlarni va ob`yektlarni takomillashtirish texnik uslub orqali, kadrlarni tayyorlash va favqulodda holatlarni bartaraf etish tashkiliy hamda ma’muriy uslublar orqali amalga oshirilsa, iqtisodiy uslubda sugurta qilish, zararga pulli « kompensatsiya» ( badal) to‘lash, xavfli sharoitlar uchun har xil to‘lovlar berish kabi tadbirlar amalga oshiriladi. Shu sababli, tavakkalchilikni boshqarish negizida, sarf bilan tavakkalchilikni kamayishi hisobiga olingan foydani, ya’ni, xavfsizlik darajasini ortish miqdorini taqqoslash yotadi. Tavakkalchilikni boshqarishda birinchi navbatda xavfni o‘rganish va logik tahlil qilish talab etiladi. Ehtimol qilingan xavf ma’lum ketma-ketlik asosida o‘rganiladi va ushbu ketma-ketlik quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:

1-Bosqich –Xavfni dastlabki tahlil qilish.

a) Xavf manbalarini aniqlash; b) Tizimning ushbu xavfni keltirib chiqaruvchi qisimlarini aniqlash; v) Taќlilda ma’lum chegaralar o‘rnatish, ya’ni o‘rganil-maydigan xavflarni aniqlash.

2-Bosqich - Xavflarni sodir bo‘lish ketma-ketligini aniqlash, «Xodisalar va xavflar daraxti»ni ko‘rish.

3-Bosqich. Oqibatni tahlil qilish. Yuqorida keltirilgan xavfni o‘rganish ketma-ketligining 1 va 2 bosqichlari hodisa (oqibat) sodir bo‘lishidan, ya’ni faoliyat jarayoni boshlanishidan oldin amalga oshiriladi va xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qiladi. 3-bosqich esa faoliyat kelajakda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish uchun foydalaniladi.

Nazorat savollari.

1. Xavf va sababni tushuntiring.

2. Hayot faoliyati xavfsizligi tarkibiy qismlari haqida gapirib bering.

3. Xavflar, ularning tasnifi.


Download 7,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish