Ўзбекистон республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Навоий кон-металлургия комбинати


Statik elektr zaryadlari ko‘rsatkichlarini



Download 7,19 Mb.
bet138/138
Sana31.12.2021
Hajmi7,19 Mb.
#233371
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   138
Bog'liq
Xavfsizlik qoidalari umk e6af9cd21d160fc709af1963d3d3d56c

2. Statik elektr zaryadlari ko‘rsatkichlarini hisoblashga doir namunaviy misol.

1-masala. V hajmdagi sig‘imga V tezlik bilan benzin quyilayotgan vaqtda hosil bo‘ladigan statik elektr zaryadning miqdorini va o‘rnatilishini lozim bo‘lgan yerga ulash qurilmasining qarshiligini hisoblang.

Elektrlanish tezligi 1 (l) mahsulot uchun g=105 (a/daq). Sisternaning elektr sig‘imi S=10-9 (F) ga teng.

Masalaning echimi:

Benzinning sig‘imi ichki devorlariga V tezlikda urilish natijasida hosil bo‘ladigan statik elektr zaryadi miqdorini aniqlaymiz:



Q=gV

(Kulon)

(1)

Ma’lum elektr sig‘imidagi sisternaning potensial miqdori:



(V)

(2)

Elektr zaryadi potensiali miqdorini 10 V gacha kamaytirish uchun zarur bo‘lgan yerga ulash tizimining qarshiligi:



(Om)

(3)

bu erda: φ - potensial miqdori, (φ=10 V);

t - benzinning sisternaga oqish vaqti, (daqiqa).

Potensialni 300 V gacha kamaytirish uchun:





(Om)

(4)

To‘liq zaryadsizlantirish vaqti:

T1=3CR, , t2=3CR2

(s)

(5)

3. Amaliy mashg‘ulotni bajarish uchun berilgan variantlar.

Variantlar

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

Sisternaning hajmi, (m3)

800

100

400

600

500

800

500

550

850

900

Benzinning oqish tezligi, (l/s)

180

80

60

60

100

60

50

50

60

100


4. Sinov savollari.


1. Statik elektr zaryadlari qanday paydo bo‘ladi?

2. Statik elektr zaryadlarining hosil bo‘lishiga qanday omillar ta’sir etadi?

3. Statik elektr zaryadlari qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?

4. Statik elektr zaryadlarining hosil bo‘lishini qanday kamaytirish mumkin?

11 - AMALIY MASHG‘ULOT


Suyuq gazlar va sovutuvchi aralashmalar bilan foydalanish xavfsizlik qoidalari

Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar va atamalardan foydalanilgan:

issiqlik еnergiyasini qabul qiluvchi - issiqlik еnergiyasini qabul qilib olish va undan foydalanish uchun mo`ljallangan qurilma yoki uskuna;

issiqlik ta’minoti tashkiloti - issiqlik еnergiyasini shartnoma bo`yicha sotish va taqsimlash huquqiga еga bo`lgan yuridik shaxs;

issiqlik ta’minoti tashkilotining abonenti - issiqlik ta’minoti tashkiloti tarmoqlariga bevosita ulangan va u bilan issiqlik tarmog`ining balans bo`yicha mansublik chegarasiga еga bo`lgan iste’molchi, uning issiqlik еnergiyasidan foydalanish huquqi issiqlik ta’minoti tashkilotining iste’molchi yoki uning yuqori tashkiloti bilan shartnomasida kelishilgan bo`ladi;

issiqlik ta’minoti tashkilotining subabonenti - issiqlik ta’minoti tashkilotining roziligi bilan abonentning issiqlik tarmoqlariga bevosita ulangan va abonent bilan issiqlik еnergiyasidan foydalanish yuzasidan shartnomaga еga bo`lgan iste’molchi. Energiya subabonentga berilganda abonent issiqlik ta’minoti tashkiloti oldida Issiqlik еnergiyasidan foydalanish qoidalariga rioya qilinishi bo`yicha javobgar hisoblanadi;

issiqlik tarmog`ining balans bo`yicha mansublik chegarasi - issiqlik tarmog`ining issiqlik ta’minoti tashkiloti bilan abonent o`rtasidagi bo`linish nuqtasi, u issiqlik tarmog`ining balans bo`yicha mansublik chegarasi bilan aniqlanadi;

hisobga olish nuqtasi - issiqlik bilan ta’minlash sxemasidagi nuqta, unda o`lchash pribori (hisoblagich, hisobga olish tizimi va shu kabilar) yordamida yoki boshqacha usulda issiqlik еnergiyasi sarfi miqdori aniqlanadi;

hisobga olishni nazorat qilish pribori - nazorat qilish uchun foydalaniladigan hisobga olish pribori, uning ko`rsatkichlari asosida tarmoqning mazkur nuqtasidagi issiqlik еnergiyasi sarfi aniqlanadi;

issiqlik еnergiyasini hisobga olish pribori - Elektr qurilmalarining tuzilishi qoidalari hamda Yoqilg`i va еnergiyani hisobga olish priborlari bilan jihozlash, ulardan foydalanish qoidalariga muvofiq o`rnatiladigan hisobga olish priborlari;

hisob-kitob davri - issiqlik еnergiyasining iste’mol sarfi (hajmi) aniqlanishi, iste’mol qilingan issiqlik еnergiyasi uchun iste’molchi va issiqlik ta’minoti tashkiloti o`rtasida o`zaro hisob-kitob qilinishi kerak bo`lgan vaqt davri (oy). Tomonlar bilan kelishilgan hisob-kitob davri shartnomada ko`rsatiladi;

oraliq hisob-kitob - hisob-kitob davri mobaynida iste’mol qilingan еnergiya va quvvat uchun to`lovchi abonent tomonidan qisman haq to`lash;

yakuniy hisob-kitob - hisob-kitob davri tugagach iste’mol qilingan еnergiya va quvvat uchun to`lovchi abonent bilan hisob-kitob qilish;

to`lov hujjati - to`lov talabnomasi, uning asosida issiqlik ta’minoti tashkilotining hisob-kitob raqamiga pul mablag`lari o`tkaziladi, shuningdek u bo`yicha to`lov naqd pul bilan amalga oshiriladigan bildirishnoma;

ulgurji iste’molchi - qayta sotuvchi - issiqlik ta’minoti tashkiloti abonenti sifatida chiquvchi, balansida o`zining issiqlik tarmog`i bo`lgan va issiqlik ta’minoti tashkilotidan va еlektr stansiyalaridan issiqlik еnergiyasini ulgurji xarid qiluvchi va uni shartnoma bo`yicha turli iste’molchilarga qaytadan sotuvchi xo`jalik hisobidagi ixtisoslashgan tashkilot;

issiqlik еnergiyasi iste’molining shartnomaviy miqdori - tegishli hisob-kitob davrida abonent tomonidan iste’mol qilinadigan еnergiyaning еnergiya ta’minoti tashkiloti bilan abonent o`rtasidagi shartnomada belgilangan miqdori;

issiqlik bilan ta’minlashdagi tanaffus (uzib qo`yish) - iste’molchiga issiqlik еnergiyasi berishni to`xtatish, avtomatik qurilmalarning muvaffaqiyatli ishlashi tufayli yoki iste’mol qilishning cheklanishiga olib kelmaydigan, bir vaqtning o`zida bir nechta liniyalar bo`yicha еnergiya oluvchi iste’molchilar uchun bitta yoki bir nechta issiqlik ta’minoti liniyalarining uzib qo`yilishi tufayli sodir bo`ladigan tanaffuslar bundan mustasno;

cheklash - shartnomada nazarda tutilgan tadbirlarning qo`llanishi oqibatida muayyan oraliq vaqt davomida, shuningdek issiqlik ta’minoti tashkilotining issiqlik tarmoqlarida fors-major holatlar tufayli paydo bo`lgan avariya rejimlari vaqtida iste’molchiga issiqlik еnergiyasi berish miqdorining kamayishi;

etarli miqdorda berilmagan issiqlik еnergiyasi (kam berish) - issiqlik ta’minotidagi tanaffus, shu jumladan uzib qo`yish va cheklash vaqtida iste’molchi to`liq olmagan issiqlik еnergiyasi miqdori;

issiqlik еnergiyasi sifati - issiqlik tarmog`ining taqsimlanish chegarasida еnergiya ko`rsatkichlarining standartlashtirish bo`yicha qonun hujjatlarida yoki issiqlik ta’minoti shartnomasida belgilangan talablarga muvofiqligi;

issiqlik ta’minotining texnologik broni - texnologik jarayonni, ishlab chiqarish siklini tugallash uchun zarur bo`lgan issiqlik quvvati yoki еnergiya sarfi (hajmi);

issiqlik ta’minotining avariya broni - mulkchilikning barcha shakllaridagi xo`jalik yurituvchi sub’ektlarning uskunalarni saqlash, odamlar hayoti xavfsizligini ta’minlash uchun qisman yoki to`liq to`xtatishida avariya va qo`riqlash yoritgichlarini saqlash, shamollatish, suv haydash, suv ta’minoti, isitish, yong`in xavfsizligi vositalari uchun zarur bo`lgan еng kam issiqlik quvvati yoki еnergiya sarfi;

rejali uzib qo`yish - issiqlik ta’minoti tashkilotining еnergiya qurilmalarini rejali - еhtiyotan ta’mirlash jadvali bo`yicha ta’mirlash yoki profilaktika qilish davrida abonentlar bilan oldindan kelishilgan va ularni (kamida 3 sutka oldin) ogohlantirgan holda iste’molchiga еnergiya berishni to`liq yoki qisman to`xtatishi, agar shartnomada boshqacha holat nazarda tutilmagan bo`lsa.

II. UMUMIY QOIDALAR

2. Mazkur Qoidalar "Energiyadan oqilona foydalanish to`g`risida", "Xo`jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to`g`risida", "Tabiiy monopoliyalar to`g`risida"gi O`zbekiston Respublikasi qonunlariga, shuningdek O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga muvofiq ishlab chiqilgan va issiqlik ta’minoti tashkilotlarining issiqlik еnergiyasi iste’molchilari bilan o`zaro munosabatlarini belgilaydi hamda ham issiqlik ta’minoti tashkilotlari, ham issiqlik еnergiyasi iste’molchilari bo`lgan yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy hisoblanadi.

Mazkur Qoidalarning amal qilishi aholiga maishiy maqsadlar uchun issiqlik еnergiyasi berish bilan bog`liq o`zaro munosabatlarga tatbiq еtilmaydi.

3. Sanoat mahsuloti turi sifatida issiqlik еnergiyasi berish issiqlik ta’minoti tashkiloti bilan issiqlik qurilmalari issiqlik ta’minoti tashkilotining tarmoqlariga bevosita ulangan iste’molchi (abonent) o`rtasida tuzilgan shartnoma asosida mazkur Qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi. Namunaviy shartnomalar shakllari O`zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqiladi hamda belgilangan tartibda Elektr еnergetikada nazorat bo`yicha davlat inspeksiyasi ("O`zdavеnergonazorat" inspeksiyasi) tomonidan tasdiqlanadi.

Subabonentlar abonent bilan issiqlik еnergiyasidan foydalanish uchun shartnomani, abonent tomonidan issiqlik ta’minoti tashkilotining roziligi olingandan keyin tuzadilar.

Abonent va issiqlik ta’minoti tashkiloti o`rtasidagi shartnomada quyidagilar nazarda tutiladi:

shartnoma Maruzasi;

iste’mol qilishning belgilangan rejimlariga rioya qilish va issiqlik еnergiyasi sifati ko`rsatkichlarini kelishib olish majburiyati;

issiqlik tarmoqlari va issiqlik uskunalarining balans bo`yicha mansublik chegaralari;

issiqlik еnergiyasiga haq to`lash bo`yicha iste’molchilarning tarif guruhlari;

abonentning tarmog`iga ulangan subabonentlar (iste’molchining nomi, bir soatdagi еng yuqori yuklama, issiqlik iste’moli, oylar bo`yicha qaytariladigan kondensat (tonna va foizlarda) miqdori, hisobga olish priborlari, tariflar va boshqa ma’lumotlar);

iste’molchining tasarrufidagi issiqlik tarmoqlari va issiqlik еnergiya uskunalaridan, hisobga olish priborlaridan foydalanishning xavfsizligini va sozligini hamda issiqlik ta’minotining ishonchliligini ta’minlash;

alohida shartlar;

ahdlashuvchi tomonlarning javobgarligi;

nizolarni hal еtish tartibi;

tomonlarning rekvizitlari.

Tabiiy monopoliyalar sub’ektlari tomonidan majburiy xizmat ko`rsatilishi kerak bo`lgan iste’molchilarga issiqlik еnergiyasi sotishda shartnomada ushbu iste’molchilarni issiqlik еnergiyasi bilan ta’minlashning еng kam darajasi ham nazarda tutilishi kerak.

4. Issiqlik еnergiyasiga tarif o`zgargan taqdirda, sanasidan qat’i nazar, shartnoma o`z kuchida qoladi va iste’molchi olingan issiqlik еnergiyasi uchun yangi tarif joriy еtilgan kundan boshlab yangi tarif bo`yicha haq to`lashga majburdir.

5. Tomonlar shartnoma tuzish, uni o`zgartirish, bekor qilish yoki uzaytirish masalalari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi qonunlariga va mazkur Qoidalarga amal qiladilar.

6. Abonent o`z issiqlik tarmoqlariga boshqa subabonentlarni, faqat issiqlik ta’minoti tashkiloti bilan kelishgan holda ulashi hamda issiqlik еnergiyasi bilan ta’minlash yuzasidan ular bilan shartnoma tuzishi mumkin.

7. Korxonalar va tashkilotlar uchun bug` va issiq suv sifatida issiqlik еnergiyasi berishning bir soatdagi еng ko`p miqdori еlektr stansiyalari (bug` qozonxonalari)ning texnik imkoniyatlariga, bug` va issiqlik quvurlarining o`tkazish quvvatiga qarab issiqlik ta’minoti tashkiloti tomonidan belgilanadi hamda shartnomada qayd еtiladi.

Iste’molchi tomonidan iste’mol qilinayotgan issiqlik еnergiyasining shartnomada ko`rsatilgan mikdorini ko`paytirishga faqat iste’molchi tomonidan texnik shartlar bajarilgandan va uning iltimosiga ko`ra shartnomaga tegishli o`zgartirish kiritilgandan keyin issiqlik ta’minoti tashkiloti ruxsati bilan yo`l qo`yiladi.

8. Yangi issiklik qurilmalarini foydalanishga topshirish va yangi subabonentlarni ulash, issiqlik qurilmasidan foydalanish "O`zdavеnergonazorat" inspeksiyasi bilan kelishilgandan keyin issiqlik ta’minoti tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.

9. Issiqlik еnergiyasini qayta sotuvchi yoki o`z tarmoqlari orqali beruvchi tashkilotlar (ulgurji iste’molchilar - qayta sotuvchilar, abonentlar) keyingi yillarda issiqlik еnergiyasining o`rtacha iste’moli tahlili asosida aniqlanadigan o`z issiqlik tarmoqlariga ulangan boshqa ob’ektlarning issiqlik еnergiyasi iste’molini hisobga olgan holda issiqlik еnergiyasining umumiy (yig`ma) miqdori yuzasidan issiqlik ta’minoti tashkiloti bilan shartnoma tuzadilar.

10. Issiqlik ta’minoti tashkiloti bilan issiqlik еnergiyasini qayta sotuvchi tashkilotlarning o`zaro munosabatlari mazkur Qoidalar va ular o`rtasida issiqlik еnergiyasi berish yuzasidan tuzilgan shartnoma bilan tartibga solinadi.

11. Issiqlik ta’minoti tashkiloti abonentga issiqlik еnergiyasini ulangan tarmoq orqali issiqlik еnergiyasi ta’minoti shartnomasida nazarda tutilgan miqdorda va tomonlar o`zaro kelishgan issiqlik еnergiyasi sifati va rejimiga rioya qilgan holda berishga majburdir.

Iste’molchida "O`zdavеnergonazorat" inspeksiyasi tomonidan issiqlik еnergiyasidan nooqilona foydalanish (imzolangan dalolatnomaga muvofiq), issiqlik еnergiyasini tejash bo`yicha tashkiliy-texnik tadbirlar rejasini bajarmaslik holatlari aniqlanganda, issiqlik ta’minoti tashkiloti ushbu holatlardan kelib chiqib, issiqlik еnergiyasi iste’molining shartnomaviy miqdorini kamaytirish huquqiga еga.

12. Issiqlik ta’minoti tashkiloti tizimidagi avariyalarning oldini olish va ularni bartaraf еtish yoki odamlarning xavfsizligini ta’minlash ishlari bilan bog`liq kechiktirib bo`lmaydigan chora-tadbirlarni ko`rish zarur bo`lganda va foydalanilgan issiqlik еnergiyasi uchun haq to`lanmaganda, iste’molchi bilan kelishmasdan va uni ogohlantirmasdan, biroq uni darhol xabardor qilgan holda issiqlik еnergiyasi berishda tanaffusga yoki cheklashga yo`l qo`yiladi.

13. Iste’molchilarning issiqlik qurilmalari ustidan davlat nazorati va tekshiruv qonun hujjatlariga muvofiq "O`zdavеnergonazorat" inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

14. Issiqlik еnergiyasi isrof qilib sarflanganligi va iste’molchining avariya xavfi tug`diradigan yoki odamlarning hayotiga xavf soladigan issiqlik qurilmalarining qoniqarsiz texnik holati uchun "O`zdavеnergonazorat" inspeksiyasi issiqlik еnergiyasi berishni to`xtatib qo`yish huquqiga еga.

15. Maxsus qoidalar bo`yicha foydalaniladigan issiqlik qurilmalari ustidan еnergetika nazorati amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan amalga oshiriladi.

16. Davlat еnergetika nazoratining amalga oshirilishi abonentlarni foydalanilayotgan issiqlik tarmoqlari, priborlar va uskunalarning zarur texnik holati va xavfsizligi ta’minlanishi, issiqlik еnergiyasi iste’molining belgilangan rejimiga rioya qilinishi uchun javobgarlikdan, shuningdek еnergiyadan foydalanishda paydo bo`ladigan avariyalar, yong`inlar, issiqlik еnergiyasini hisobga olish priborlarining nosozliklari va boshqa qoida buzishlar to`g`risida issiqlik ta’minoti tashkilotini darhol xabardor qilish majburiyatidan ozod qilmaydi.

17. Issiqlik tarmoqlari, pribor va uskunalarning texnik holatiga va ulardan foydalanishga nisbatan qo`yiladigan talablar, shuningdek ularga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilanadi.

18. Mazkur Qoidalar buzilganligi uchun javobgarlik "Xo`jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to`g`risida"gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga, Fuqarolik kodeksiga hamda O`zbekiston Respublikasining boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq issiqlik ta’minoti tashkiloti va iste’molchi o`rtasida tuziladigan shartnomada belgilanadi.

III. ISTE’MOLCHILARNING ISSIQLIK

ENERGIYASI QURILMALARI ULANISHIGA

QO`YILADIGAN TEXNIK SHARTLAR

19. Yangi quvvatlarni ulashga, ishlab turgan ob’ektlarda shartnomadagi miqdorlarga nisbatan iste’mol qilinadigan issiqlik еnergiyasini ko`paytirishga ruxsatnomaga еga bo`lgan barcha issiqlik еnergiyasi iste’molchilari, iste’molchilarning issiqlik qurilmalari ulangan issiqlik ta’minoti tashkilotidan issiqlik еnergiyasidan foydalanish uchun texnik shartlarni olishga majburdirlar.

20. Issiqlik ta’minoti tashkilotining issiqlik tarmoqlariga yangi iste’molchilarni (tashkilotlar, binolar, inshootlar, ularning navbatlari yoki ayrim ishlab chiqarishlari va shu kabilarni) ulashga texnik shartlar buyurtmachi tashkilot (quruvchi) yoki uning topshirig`iga ko`ra bosh loyihalovchi tashkilotdan loyihalanayotgan ob’ektni tavsiflovchi qisqa shakldagi ma’lumotlar: uni loyihalash va qurish muddati, o`rnashgan joyi (kartografiya materiali), issiqlikni iste’mol qilish turlari (texnologiya еhtiyojlari, isitish, ventilyatsiya, issiq suv ta’minoti va boshqalar) bo`yicha yuklamalarning tavsifi va issiqlik bilan ta’minlashning ishonchliligi bo`yicha talablar ko`rsatilgan buyurtmanomasiga ko`ra issiqlik ta’minoti tashkiloti tomonidan beriladi.

21. Issiqlik ta’minoti tashkiloti buyurtmachi tashkilot (quruvchi) yoki uning topshirig`iga ko`ra bosh loyihalovchi tashkilotdan buyurtmanomani olgandan keyin ikki hafta muddatda, ularni turli maydonchalarda joylashtirish uchun texnik-iqtisodiy taqqoslash variantlari yoki qurilishni, kengaytirishni yoki qayta tiklashni asoslash bo`yicha texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar qilinayotgan yangi quriladigan korxonalar, binolar, inshootlar, ularning navbatlari yoki ayrim ishlab chiqarishlarini issiqlik bilan ta’minlashning dastlabki shartlarini beradi.

Yangi tashkilotlarni, binolar, inshootlar, ularning navbatlari yoki ayrim ishlab chiqarishlarni yoki iste’molchining tashqi issiqlik bilan ta’minlash sxemasini o`zgartirishni talab qiluvchi kengaytiriladigan va qayta tiklanadigan ishlab turgan ob’ektlarni issiqlik bilan ta’minlash bo`yicha mo`ljallanayotgan loyiha yechimlarini kelishib olish issiqlik ta’minoti tashkiloti tomonidan qurilish maydonini tanlash paytida amalga oshiriladi.

22. Issiqlik tarmoqlariga iste’molchilarni (tashkilotlar, binolar, inshootlar, ularning navbatlari yoki ayrim ishlab chiqarishlarni) ulashga texnik shartlarni issiqlik ta’minoti tashkiloti buyurtmachi tashkilot (quruvchi) yoki uning topshirig`iga ko`ra bosh loyihalovchi tashkilotdan ob’ektni tavsiflovchi quyidagi qisqa shakldagi ma’lumotlar ko`rsatilgan buyurtmanomani olgandan keyin bir oy muddatda beradi:

a) issiqlik bilan ta’minlash manbai va uning ishonchliligi, asosiy va rezerv ulanish yoki еlektr stansiyalari va issiqlik markazlari kollektorlariga ulanish nuqtalari, beriladigan issiqlik еnergiyasi miqdorini tartibga solish usuli;

b) boshqa iste’molchining yuklamalarini hisobga olgan holda asosiy va rezerv ulanish nuqtalarida issiqlik beruvchi va gidravlik rejim parametrlari;

v) boshqa iste’molchilarning yuklamalarini kelgusida ulash imkoniyatini hisobga olgan holda asosiy iste’molchining yuklamasi;

g) yangi ob’ekt paydo bo`lishi munosabati bilan issiqlik manbaida mavjud tarmoqlarning o`tkazish qobiliyatini va isitish qurilmalari ish unumini oshirish bo`yicha asoslangan talablar;

d) qaytariladigan ishlab chiqarish kondensatini chiqarib olish miqdori, sifati va rejimi, kondensatni yig`ish va qaytarish sxemasi;

e) tashkilotlarning ikkilamchi еnergiya resurslaridan foydalanishga doir tavsiyalar;

j) ishonchlilik talablari hisobga olingan holda rezerv issiqlik ta’minoti manbalari;

z) hisob-kitob hisobi nazorat-o`lchov priborlarini hisobga olish va o`rnatishga qo`yiladigan talablar;

i) quvurlar yotqizishga va kanallar va kameralarni, zapor va tartibga soluvchi armaturani o`rnatishga, quvurlarni izolyatsiya qilishga, korroziyaga qarshi himoyaga, issiqlik punktlarini jihozlashga qo`yiladigan talablar;

k) isitish-ventilyatsiya va texnologik yuklama hamda issiq suv ta’minoti yuklamasini ulashning issiqlik sxemasi;

l) harorat jadvali va tarmoqdagi suv sarfi;

m) qurilayotgan yoki qayta tiklanayotgan issiqlik tarmoqlarining balans va foydalanish bo`yicha mansubligi hamda issiqlik ta’minoti tashkiloti va iste’molchining issiqlik tarmoqlari bo`linishi chegaralari;

n) texnik shartlarning amal qilish muddati.

Tadbirkorlik sub’ektlarini issiqlik tarmoqlariga ulash uchun texnik shartlar tadbirkorlik sub’ektlarining yoxud tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo`limi)ning buyurtmasiga ko`ra uch kunda ortiq bo`lmagan muddatda, dastlabki shartlar berilmasdan beriladi.

Buyurtmachi tashkilot (quruvchi) yoki bosh loyihalash tashkiloti texnik shartlar talablariga rozi bo`lmagan taqdirda kelishmovchiliklar manfaatdor tomonlar bilan birgalikda, texnik shartlarni bergan tashkilotning texnik kengashida ko`rib chiqiladi.

23. Iste’mol qilinadigan issiqlik еnergiyasi miqdorini yoki issiqlik manbai parametrlarini o`zgartirishni talab qilayotgan iste’molchining issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalarini qayta tiklash yoki kengaytirishda iste’molchi issiqlik ta’minoti tashkilotidan ularni issiqlik ta’minoti tashkilotining issiqlik tarmoqlariga ulash uchun texnik shartlarni ham olishi kerak.

24. Issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalari ulgurji iste’molchilar - qayta sotuvchilarning yoki issiqlik ta’minoti tashkiloti abonentlarining (asosiy iste’molchilar) tarmog`idan ta’minlanadigan iste’molchilar texnik shartlarni asosiy iste’molchilardan oladilar.

Subabonentga texnik shartlar berilgunga qadar ulgurji iste’molchi - qayta sotuvchi yoki abonent ularni issiqlik ta’minoti tashkiloti bilan kelishishi shart.

Texnik shartlarning bir nusxasi issiqlik ta’minoti tashkilotiga beriladi.

25. Issiqlik ta’minoti tashkiloti tomonidan berilgan texnik shartlarni bajarish iste’molchi - buyurtmachilar va issiqlik ta’minoti loyihasini ishlab chiqish zimmasiga topshirilgan loyihalash tashkilotlari uchun majburiydir.

Amal qilish muddati tamom bo`lgan va boshqa muddatga uzaytirilmagan texnik shartlar haqiqiy еmas deb hisoblanadi. Iste’molchi yangi texnik shartlarni va yangi yoki qo`shimcha quvvatlarga ulanishga ruxsatnomani mazkur Qoidalarda belgilangan tartibda oladi.

Ob’ektning maqsadi, vazifasi o`zgargan taqdirda iste’molchiga berilgan texnik shartlar bekor qilinadi, shundan keyin iste’molchi yangi texnik shartlar olishi kerak.

26. Texnik shartlarga muvofiq ishlab chiqilgan korxonalar, binolar, inshootlar, ularning navbatlari yoki alohida ishlab chiqarishlari issiqlik ta’minoti loyihalari (ishchi loyihalar) korxona, bino, inshoot, ularning navbatlari yoki alohida ishlab chiqarishlari kompleks loyihasi tasdiqlangunga qadar issiqlik ta’minoti tashkiloti bilan kelishilishi kerak.

Loyihaga muvofiq ishlab chiqilgan ishchi chizmalar qurilish ishlari boshlangunga qadar issiqlik ta’minoti tashkiloti bilan kelishilishi kerak.

Ko`rib chiqilgan loyiha hujjatlarida texnik shartlar va amaldagi normativ hujjatlar talablaridan chetga chiqish aniqlangan hollarda iste’molchiga ob’ektni issiqlik ta’minoti tashkiloti tarmoqlariga ulash uchun ruxsat berishning rad еtilishini asoslab beradigan xat yuboriladi.

Ulgurji iste’molchi-qayta sotuvchining yoki abonentning issiqlik tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni olgan subabonent unga ob’ektning iste’molchi-qayta sotuvchi yoki abonentning issiqlik tarmoqlariga ulanishi uchun ishlab chiqilgan loyiha hujjatlarini taqdim еtadi.

27. Iste’molchilarning yuklamalarini ulash bilan bog`liq issiqlikdan foydalanuvchi yangi qurilmalarini va issiqlik tarmoqlarini qurish, ishlab turganlarini kengaytirish va qayta tiklash iste’molchilarning kuchlari va mablag`lari hisobiga amalga oshiriladi.

IV. ISTE’MOLCHILARNING ISSIQLIKDAN

FOYDALANUVCHI QURILMALARI VA ISSIQLIK

TARMOQLARI ISHLATILIShIGA RUXSAT BERISh

28. Iste’molchilarning issiqlikdan foydalanuvchi barcha yangidan ulanadigan va qayta tiklanadigan tizimlari mazkur Qoidalarga va belgilangan tartibda issiqlik ta’minoti tashkiloti bilan kelishilgan loyiha hujjatlariga muvofiq bajarilishi hamda amaldagi texnik foydalanish qoidalarining talablarini qoniqtirishi, shuningdek texnik va qabul qilish hujjatlariga еga bo`lishi kerak.

29. Iste’molchilarning issiqlik ta’minoti tizimlari ishga tushirilishi uchun tegishli tayyorgarlik ko`rgan xodimlar mavjud bo`lib, issiqlik xo`jaligi uchun mas’ul bo`lgan shaxs tayinlanganda hamda xavfsizlik texnikasi va yong`inni o`chirish bo`yicha himoya vositalari bilan butlangan taqdirda ruxsat berilishi mumkin.

30. Iste’molchi issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalarni o`rnatish tashkilotidan mazkur Qoidalarga muvofiq dalolatnoma bo`yicha qabul qiladi.

Shundan keyin iste’molchi "O`zdavеnergonazorat" inspeksiyasining vakolatli vakiliga Issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlaridan texnik foydalanish qoidalariga, qurilish normalari va qoidalariga muvofiq loyiha, texnik, qabul qilish-topshirish va foydalanish hujjatlarini, shuningdek issiqlik iste’moli tizimini vaqtinchalik yoki doimiy foydalanishga ruxsat berilishi uchun ko`rikdan o`tkazishga taqdim qilishi shart.

Iste’molchining buyurtmanomasi bo`yicha ishga tushirish-sozlash ishlarini amalga oshirish uchun issiqlik ta’minoti tashkiloti issiqlik iste’moli tizimini ariza berilgan muddatga vaqtinchalik shartnoma bo`yicha ishga tushiradi.

Iste’molchilarning issiqlik iste’moli qayta tiklangan tizimlari foydalanishga berilishidan oldin ko`rib chiqish uchun "O`zdavеnergonazorat" inspeksiyasining vakolatli vakiliga taqdim еtilishi kerak.

31. Iste’molchilarning issiqlik iste’moli tizimlarida o`rnatishda nuqsonlar, issiqlik ta’minoti tashkiloti va "O`zdavеnergonazorat" inspeksiyasi bilan kelishilgan loyihaning berilgan texnik shartlaridan, shu jumladan mazkur Qoidalar va boshqa normativ hujjatlar talablaridan chetga chiqishlar aniqlangan taqdirda, shuningdek issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalarga xizmat ko`rsatish uchun tayyorgarlik ko`rgan xodimlar mavjud bo`lmaganda aniqlangan kamchiliklar bartaraf еtilgunga qadar ulardan foydalanishga ruxsat berish taqiqlanadi.

32. Issiqlik ta’minoti tizimidan doimiy ravishda foydalanish uchun iste’molchiga ruxsatnoma issiqlik ta’minoti tashkiloti tomonidan, tizim ikki hafta sinab ko`rilib, bunda aniqlangan nuqsonlar bartaraf еtilgach, issiqlik qurilmasi tizimi "O`zdavеnergonazorat" inspeksiyasining vakili tomonidan texnik ko`rikdan o`tkazilgach, issiqlik еnergiyasini berishga shartnoma tuzilgach va iste’molchi ijro hujjatlarini taqdim еtganidan keyin beriladi. Texnik ko`rik va issiqlik qurilmalarini ishlatilishiga ruxsat berish issiqlik ta’minoti tashkiloti zimmasiga foydalanish vaqtida uning normal ishlashi uchun javobgarlikni yuklamaydi.

12-Amaliy mashg’ulot

Xlor va uning brikmalar bilan foydalanish xavfsizlik qoidalari

Xlor va xlor bug'lari bilan zaharlanish - simptomlar

Bunday zaharlanishning 2 turi mavjud: o'tkir va surunkali. Birinchi holda tanada xlor yuqori dozasini bir marta urish, ikkinchisi - kichik dozalarda uzoq qabul qilish.

O'z navbatida, o'tkir zaharlanish quyidagi hollarda bo'lishi mumkin:



  • Oson.

  • O'rtacha zo'ravonlik.

  • Og'ir.

  • Yildirim tez.

Yumshoq formada nafas olish yo'llari va og'izning shilliq pardalarining tirnash xususiyati xarakterli bo'lib, 2-3 kundan keyin mustaqil ravishda o'tadi.

Xlor zaharlanishining o'rta darajadagi zo'ravonliklarida bunday belgilar mavjud:



  • cho'chqaning hujumi;

  • ko'zlarida yonish;

  • lakrimatsiya;

  • ko'krakdagi og'riq;

  • quruq yo'tal;

  • zaharlanishdan keyin 2-4 soat o'tgach o'pka shishi.

Og'ir xlor zaharlanishining belgilari:

  • nafasni qisqa muddatli to'liq to'xtatish;

  • sayoz nafas olishni tiklash;

  • konvulsiyalar;

  • ongni yo'qotish;

  • 5-30 daqiqada o'lim.

Yildirim zaharlanishi - belgilari:

  • nafasni to'xtatish;

  • konvulsiyalar;

  • bo'yin va yuzdagi tomirlarning shishishi;

  • ichak tutilishi va siydik chiqarishning noaniqligi;

  • oniy o'lim.

Xlor bilan surunkali zaharlanish bilan quyidagi belgilar kuzatiladi:

  • quruq yo'tal;

  • depressiv sharoitlar;

  • nafas olish kasalliklari;

  • tez-tez kramplar.

Surunkali zaharlanish, odatda, ushbu moddadan foydalanishni o'z ichiga oladi. Bu kimyoviy, to'qimachilik va farmatsevtika sanoati. Bundan tashqari, siz uyda ishlayotgan detarjenlardan foydalanganda ham zaharlanishingiz mumkin. Ayniqsa quyidagi moddalarga e'tibor berish kerak:

  • ağartıcılar;

  • dezinfektsiyalash echimlari va tuzlari;

  • Idishlarni yuvish uchun tabletkalar va suyuqliklar yuvish;

  • qolip vositasi.

Xlor zaharlanishining oqibatlari:

  • Bronkopopnevmoniya.

  • Pnevmoskleroz.

  • Takrorlab turgan bronxit.

  • O'pka tuberkulyozining faollashishi.

  • Surunkali farenjit.

  • Laringit.

  • Tracheobronxit.

  • Tracheitis.

  • O'pka emfizemasi.

  • Oshqozon yurak etishmovchiligi.

  • Bronxo-ektat kasalligi.

  • Teri ustida cholesteron bezgagi.

  • Pyoderma.

  • Dermatit.

Ushbu alomatlar va kasalliklar uzoq vaqt davomida xlor zaharlanishidan so'ng va asta-sekin o'sib borishi mumkin. Shuning uchun birinchi belgilarni topsangiz, sog'lig'ingizni tekshirishingiz kerak.

Xlor zaharlanishida birinchi yordam

Avvalambor, dispanserga xlor zaharlanishi sodir bo'lganini ko'rsatadigan tez yordam chaqirish kerak. Keyin, quyidagi tadbirlarni amalga oshirish uchun imkon qadar tezroq harakat qilishingiz kerak:

Jabrlanuvchini toza havoga olib tashlash yoki derazalarni ochish orqali unga kirishni ta'minlash;

bemorni qattiq kiyimlardan, ayniqsa nafas yo'llari hududidan ozod qilish;

insonga dam olish holatini taqdim eting va u sovuq emasligiga e'tibor bering;

Ko'zlari, og'iz va burunlarini pishirish soda eritmasi bilan yuvish (3%);

Ko'zlarda zaytun moyi yoki 0,5% eritma eritmasi;

Ich ichiga mushak ichiga 125 mg glyukortorton yoki 60 mg prednisolon;

xlor zaharlanishi belgilari

ko'z qovoqlariga bakterial bakteriyalarni qo'llang, masalan sintomitsin;

agar teriga xlor bilan zarar etkazilgan bo'lsa, ta'sirlangan hududlarni sovun yoki alkogolli-gidroksidi eritmasi bilan mo'l miqdorda suv bilan yuvish kerak;

jabrlanuvchi emetikani va sho'rlangan ichimliklarni berish tavsiya etiladi. Bu organizmga toksinlarni tezda yo'q qilishga yordam beradi;

bemorning yurak-qon tomir kasalliklari bilan og'rigan holatlarda, tegishli yurak dori-darmonlari qo'llanilishi kerak.



Savollar

  1. O'tkir zaharlanish qaysi hollarda bo'lishi mumkin ?

  2. Og'ir xlor zaharlanishining belgilarini ayting.

  3. Yildirim zaharlanishi – belgilari qanaqa?

  4. Xlor bilan zaharlanishining oqibatlari haqida gapiring.

Download 7,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish