Ўзбекистон республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Навоий кон-металлургия комбинати


Himoya vositalari holatini nazorat qilish va



Download 7,19 Mb.
bet87/138
Sana31.12.2021
Hajmi7,19 Mb.
#233371
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   138
Bog'liq
Xavfsizlik qoidalari umk e6af9cd21d160fc709af1963d3d3d56c

Himoya vositalari holatini nazorat qilish va

ularning hisobini olib borish

Raqamlanishi zarur bo‘lmagan gilamchalar, tagliklar hamda xavfsizlik plakatlari va belgilaridan tashqari, ishlatilayotgan barcha izolyasiyalovchi himoya vositalari, himoya belbog‘lari ham raqamlangan bo‘lishi zarur. Elektrostansiya, elektr tarmoqlari va podstansiyalarda har bir himoya vositasi uchun alohida raqamlanadi. Inventar raqamlar bevosita himoya vositasiga yozib qo‘yiladi.

Agar himoya vositalari bir necha bo‘laklardan iborat bo‘lsa (kuchlanish ko‘rsatgichlari, izolyasiyalovchi shtangalar va hokazolar), ushbu vosita uchun umumiy bo‘lgan raqam jami bo‘laklarga alohida yozilishi zarur. Himoya vositalarining raqami barcha bo‘laklarda bir xilda bo‘lsa, zavod raqamini ko‘llash mumkin.

Elekrostansiya sexlari, podstansiya (markazlashtirilgan xizmat ko‘rsatilganda bo‘lim va uchastkada), laboratoriya, qurilish-montaj tashkilotlari uchastkalari va boshqa joylarda himoya vositalarini hisobga oluvchi va holatini nazorat qiluvchi, ularning nomi va raqami qayd qilingan, saqlanish joyi ko‘rsatilgan, vaqti-vaqti bilan sinash va ko‘rikdan o‘tkazish muddati ko‘rsatilgan qayd etish jurnali olib borilishi zarur. Jurnal tavsiya qilingan shaklda to‘ldirilib borilishi va har 6 oyda bir marta himoya vositalari holatiga javobgar ma’muriy texnik xodim tomonidan nazorat qilib turilishi zarur. SHaxsiy foydalanishda bo‘lgan himoya vositalari ham, himoya vositalarini hisobga olish va saqlash jurnalida qayd qilinishi, ularning berilgan vaqti va xodimning vositani olganligi to‘g‘risidagi imzosi bo‘lishi zarur.

Himoya vositalari tayyorlangandan so‘ng har bir himoya vositasi namunasini qabul qilish va topshirish, davriy (vaqti-vaqti bilan) va namunaviy sinovlardan o‘tkazish talab qilinadi (GOST 16504-81). Ishlatilayotgan himoya vositalari davriy va navbatdan tashqari (ta’mirlashdan keyin o‘tkaziladigan) sinovlardan o‘tkazilishi lozim.

Izolyasiyalovchi tagliklar, dielektrik gilamchalar, ko‘chma erga ulagichlar, to‘siqlar, plakat va belgilardan tashqari, zavodlardan yoki omborlardan ishlatish uchun olingan hamma himoya vositalari ishlatish sinovlari me’yorlari bo‘yicha sinovdan tekshirilishi shart.

Izolyasiyalovchi dastakli uskuna va 1000 V gacha bo‘lgan kuchlanish ko‘rsatgichlaridan tashqari, sinovga bardosh bergan barcha himoya vositalariga quyidagi shakllarda keltirilgan shtamplardan biri qo‘yilishi zarur.

SHtamp rezina mahsulotlari chetiga, saqlagich moslamalari va elektr himoya vositalarining izolyasiya qismidagi chegaralovchi halqa yoniga chidamli hamda yuvilib ketmaydigan bo‘yoq bilan bosilgan bo‘lishi yoki elimda yopishtirilishi kerak. Bir necha bo‘lakdan iborat bo‘lgan himoya vositasiga shtamp himoya vositasining faqat bir bo‘lagiga bosilishi lozim. Ishga yaroqsiz deb topilgan himoya vositasining eski shtampi qizil bo‘yoq bilan o‘chirib tashlanishi zarur.

Himoya vositalarini sinovdan o‘tkazuvchi laboratoriya elektr va mexanik sinov natijalarini ixtiyoriy shakldagi jurnalda qayd qiladi. Dielektrik rezinadan qilingan ko‘p miqdordagi himoya vositalarining sinov natijalarini alohida jurnalda qayd qilish mumkin. Begona tashkilotlarga tegishli himoya vositalariga ham shtamp bosiladi va bundan tashqari, buyurtmachiga sinov bayonnomasi beriladi.


Download 7,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish