9-MARUZA: Kimyoviy jarayonlarni shamolatish va issitish tizimi
Reja:
Himoya vositalarining tasniflari, ularga qo‘yiladigan talablar
Kollektiv himoya vositalari va shaxsiy himoya vositalari.
Himoya vositalarini saqlash tartibi
Tayanch so`zlar: dielektrik qo`lqop, dielektrik etik, dielektrik boti,biologik, ekran,to`siq, gazniqob,gilamcha, ixota.
Izolyasiyalovchi shtangalar (operativ, o‘lchov, erga ulagichni o‘rnatish uchun), izolyasiyalovchi va elektr o‘lchovchi qisqichlar (saqlagichlar bilan ishlash operatsiyalari uchun), kuchlanish ko‘rsatgichi, fazalarni sozlash uchun kuchlanish ko‘rsatgichi va hokazolar;
1000 V dan yuqori kuchlanish ostida ta’mirlash ishlarini olib borish uchun ishlatiladigan izolyasiyalovchi vositalar va moslamalar, 1000 V gacha kuchlanish ostidagi elektr uskunalarida ish olib borish uchun ishlatiladigan izolyasiyalovchi dastakli chilangarlik-yig‘uv asboblari;
dielektrik qo‘lqoplar, etiklar, kalishlar, gilamchalar, izolyasiyalovchi qoplamalar va izolyasiyalovchi tagliklar;
shaxsiy ekranlovchi komplektlar;
ko‘chma erga ulagichlar;
to‘siq qurilmalari va dielektrik qalpoqlar;
xavfsizlik plakatlari va belgilari.
Yuqorida keltirilgan elektr himoya vositalaridan tashqari, elektr uskunalarida ish olib borilganda himoya ko‘zoynagi va kaskalar, protivogazlar, qo‘lqoplar, montyorning himoya belbog‘lari va xavfsizlik arqonlari kabi shaxsiy himoya vositalarini qo‘llash mumkin.
1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uskunalarida ish bajarish mobaynida ishlatiladigan asosiy himoya vositalariga quyidagilar kiradi:
izolyasiyalovchi shtangalar, izolyasiyalovchi va elektr o‘lchovchi qisqichlar, kuchlanish ko‘rsatgichlari, fazalarni sozlash uchun aniqlovchi kuchlanish ko‘rsatgichlari;
elektr montyorlar havo elektr uzatish tarmoqlarida bevosita tok o‘tkazuvchi qismlarga tegib turib ta’mirlash ishlarini olib borishda ko‘llaniladigan izolyasiyalovchi qurilma va asbob-uskunalar (izolyasiyalovchi narvonlar, havozalar, bevosita simlarga tegib turadigan izolyasiyalovchi tortqilar, arqonlar, teleskopik minoralar savatchasi, simlarda ishlash uchun mo‘ljallangan ko‘chma minoralar va hokazolar).
Asosiy himoya vositalarining izolyasiyalovchi qismi dielektrik xususiyati chidamli bo‘lgan materiallardan (chinni, qog‘ozbakllet quvurlari, ebanit, getinaks, yog‘och qatlamli plastiklar, plastik va shisha epoksid materiallar va hokazolardan) tayyorlanishi zarur.
O‘ziga nam tortuvchi materiallar (qog‘ozbakelit quvurlar, yog‘och va boshqalar) namga chidamli lok bilan qoplangan va bu materiallar yorilmagan, darz ketmagan, tekis yuzali va tirnalmagan bo‘lishi kerak.
1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uskunalarida qo‘llaniladigan qo‘shimcha elektr himoya vositalariga quyidagilar kiradi:
dielektrik qo‘lqoplar;
dielektrik etiklar;
dielektrik gilamchalar;
shaxsiy ekranlovchi komplektlar;
izolyasiyalovchi tagliklar va qoplamalar;
dielektrik qalpoqlar;
ko‘chma erga ulagichlar:
to‘siq qurilmalari;
xavfsizlik plakatlari va belgilari.
1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uskunalarida qo‘llaniladigan asosiy elektr himoya vositalariga quyidagilar kiradi:
izolyasiyalovchi shtangalar;
izolyasiyalovchi va elektr o‘lchovchi qisqichlar;
kuchlanish ko‘rsatgichlari;
dielektrik qo‘lqoplar;
izolyasiyalovchi dastakli chilangarlik-yig‘uv asboblari.
1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uskunalari uchun qo‘shimcha elektr himoya vositalariga quyidagilar kiradi:
dielektrik kalishlar;
dielektrik gilamchalar;
ko‘chma erga ulagichlar;
izolyasiyalovchi tagliklar va qoplamalar;
to‘siq qurilmalari;
xavfsizlik plakatlari va belgilari.
Elektr uskunalarini operativ holda almashlab ulashlarda va boshqa ishlarni bajarish uchun zarur himoya vositalarini tanlab olish mazkur Qoidalar asosida, «Elektr uskunalarini ishlatishda xavfsizlik texnikasi qoidalari», «Sanoat chastotasida ishlayotgan o‘zgaruvchan tokli 500 kV kuchlanishli elektr uzatish havo tarmoqlari va podstansiyalarida ish bajarish jarayonida mehnatni muhofaza qilish me’yorlari va qoidalari» hamda boshqa tegishli me’yoriy texnik hujjatlar bilan, shuningdek, mazkur hujjatlarda talab etilganidek mahalliy sharoitga qarab aniqlanadi.
Asosiy himoya vositalaridan foydalanilganda qo‘shimcha himoya vositalarining birini ishlatish kifoyadir, bundan faqat elektr uskunalari tokidan shikastlangan odamlarni qutqarish holati mustasnodir. Bunday hollarda qadam kuchlanishdan saqlanish uchun shuningdek, dielektrik etik yoki kalish ham ishlatiladi.
Himoya vositalari elektr uskunalari ishchi kuchlanishning1 eng yuqori qiymatida ishlatishga mo‘ljallangan bo‘lishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |