Ўзбекистон республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Навоий кон-металлургия комбинати


Himoya vositalaridan foydalanish tartibi



Download 7,19 Mb.
bet86/138
Sana31.12.2021
Hajmi7,19 Mb.
#233371
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   138
Bog'liq
Xavfsizlik qoidalari umk e6af9cd21d160fc709af1963d3d3d56c

Himoya vositalaridan foydalanish tartibi

Elektr uskunalariga xizmat ko‘rsatuvchi xodim xavfsiz ish bajarilishini ta’minlovchi barcha zarur himoya vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi shart.

Himoya vositalari inventar sifatida taqsimlovchi uskunalar, elektrostansiya sexlari, elektr tarmoqlarini taqsimlovchi punktlari va transformator podstansiyalarida saqlanishi yoki tezkor harakatdagi brigada, markazlashgan ta’mirlash brigadasi, ko‘chma laboratoriya va hokazolarning inventar mulkiga kiritilishi hamda shaxsiy foydalanish uchun berilishi mumkin.

Inventar himoya vositalari ishlatishni tashkil qilish sistemasi, mahalliy sharoitlar va keltirilgan komplektlash me’yorlari (6-ilova) asosida ob’ektlar, tezkor chiqadigan brigadalar va boshqalar o‘rtasida taqsimlanadi. Himoya vositalarining saqlanish joyini ko‘rsatgan holda ushbu taqsimlanish ro‘yxatlarda qayd etilgan bo‘lishi va u korxona bosh muhandisi yoki tuman elektr tarmoqlari boshlig‘i tomonidan tasdiqlanishi kerak.

Xodimlarni o‘z vaqtida himoya vositalari bilan ta’minlash va elektr uskunalarini me’yorlariga muvofiq sinovdan o‘tkazilgan himoya vositalari bilan komplektlash, ularni to‘g‘ri saqlashni tashkil qilgan va zarur zaxirani hosil qilish, muntazam kuzatuv va sinovlarni o‘z vaqtida olib borish, yaroqsiz himoya vositalarini chiqarib tashlash hamda himoya vositalarini hisobga olishni tashkil qilish javobgarligi sex, xizmat joyi, podstansiya, elektr uzatish tarmoqlari uchastkasi boshlig‘i va uchastka ustasi zimmasida bo‘ladi, umumiy korxona bo‘yicha esa mas’uliyat bosh muhandisga yuklatiladi.

Alohida elektr uskunalari uchun berilgan himoya vositalari yaroqsiz bo‘lib qolganligi aniqlangan taqdirda, ushbu uskunani ishlatuvchi xodim himoya vositasini ishlatishdan darhol chiqarib tashlashi, yuqorida ko‘rsatilgan shaxslardan biriga ma’lum qilishi va himoya vositalari qayd etiladigan jurnalga yoki operativ hujjatlarga yozib qo‘yishi zarur.

Himoya vositalarini yakka o‘zi ishlatish uchun olgan shaxslar ushbu himoya vositalarini to‘g‘ri ishlatishga va o‘z vaqtida yaroqli-yaroqsizligini aniqlashga javob beradilar.

Himoya vositalarini saqlash tartibi

Himoya vositalarining sozligi va ishlatishga yaroqliligi ta’minlanadigan sharoitda saqlash va tashish zarur. SHuning uchun ular namlikdan, ifloslanishdan va mexanik buzilishlardan himoyalangan bo‘lishi kerak.

Himoya vositalari berk xonalarda saqlanishi zarur.

Rezinadan qilingan himoya vositalari maxsus shkaf, tokcha, quti va hokazolarda alohida saqlanishi kerak. Ular yog‘, benzin va rezinani emiradigan boshqa moddalardan hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushadigan quyosh nuri va isitkich asboblari ta’sirini himoyalangan bo‘lishi lozim. Ombordagi zaxiraga olib qo‘yilgan rezinadan tayyorlangan himoya vositalarining harorati 0 - 25° S bo‘lgan quruq xonalarda saqlanishi kerak.

Izolyasiyalovchi shtanga va qisqichlar xona devorlariga tegmaslik hamda egilmaslik choralari ko‘rilgan holatda saqlanishi zarur. Kuchlanish ko‘rsatgichi va elektr o‘lchovchi qisqichlar jild yoki g‘iloflarda saqlanishi lozim. Ko‘chma erga ulagichlarni saqlashga mo‘ljallangan maxsus joylarga tartib raqami qo‘yiladi, ularning raqamlari ko‘chma erga ulagichlardagi raqamlarga mos kelishi kerak.

Protivogazlar maxsus sumkalarga joylangan bo‘lib, quruq xonalarda saqlanishi shart.

Ishlatilayotgan himoya vositalari maxsus ajratilgan joylarda, odatda, xonalarning kirish joylarida va elektr uskunalarini boshqaruv shitlarida joylashtiriladi. Ushbu joylarda himoya vositalarining ro‘yxati bo‘lishi kerak. Saqlanish joylarida shtangalar, qisqichlar, ko‘chma erga ulagichlar, xavfsizlik plakatlari va belgilari uchun kronshteyn yoki ilgaklar bo‘lishi, shuningdek, dielektrik qo‘lqop, dielektrik kalish, dielektrik etik, dielektrik gilamcha, dielektrik qalpoq, izolyasiyalovchi taglik va qoplama, qo‘lqop, himoya belbog‘i va arqonlari, himoya ko‘zoynagi, protivogaz va kuchlanish ko‘rsatgichlar va boshqalar uchun shkaflar hamda tokchalar bilan jihozlangan bo‘lishi zarur.

Tezkor chiqadigan va ta’mirlash brigadalari, laboratoriyadagi yoki shaxsiy foydalanishda bo‘lgan elektr himoya vositalari quti, sumka yoki jildlarda saqlanishi lozim.

Kuchlanish ostida ta’mirlash ishlarini olib borishda ishlatiladigan izolyasiyalovchi vositalar quruq va havosi shamollatiladigan xonalarda saqlanishi, ularni tashqarida va ochiq havoda vaqtinchalik saqlaganda jildlarga solingan bo‘lishi zarur. Izolyasiyalovchi qurilmalar va moslamalarni ishlatishdan oldin quruq latta bilan artish, ishlatish mobaynida namlanishiga yo‘l qo‘ymaslik talab qilinadi. Izolyasiyalovchi vositalar namiqqan bo‘lsa, ularni quritish va navbatdan tashqari elektr sinovidan o‘tkazish darkor.




Download 7,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish