5-MAVZU: Mavzu: Mutaxassislik fanlarini o‘qitishning tashkiliy shakllari.
Reja:
1. Mutaxassislik fanlarini о‘qitishning shakl va metodlari: leksiya, seminar va amaliy mashg‘ulotlar, laboratoriya mashg‘ulotlari, о‘quv anjumanlari, maslahatlar, ekskursiya, ekspeditsiya, ilmiy pedagogik faoliyatini tashkil qilish talabalarning mustaqil ishlari, kurs va bitiruv malakaviy ishlar.
2. Mutaxassislik fanlarini о‘qitishda pedagogik texnologiyalarni о‘rni.
3. О‘quv jarayonini tabaqalashgan pog‘onali – modulli tizim holda tashkil etish bо‘yicha.
Oliy maktabdagi о‘quv jarayoniga sistem-struktur yondashuv nuqtai nazaridan qaralganda uning о‘zaro bog‘langan ikki tizimi amal qiladi.
Birinchidan, о‘quv jarayoni о‘zining о‘qitish maqsadi, о‘qitish va о‘quv faoliyati, ta’lim mazmuni, о‘qitish vositalaridan iborat murakkab tizim sifatida namoyon bо‘ladi. Ular о‘zaro bir-biri bilan bog‘lanib ketgan.
Ikkinchidan, о‘quv jarayoni nisbatan yirik tizim bо‘lgan pedagogik jarayonning tizimidir. Bu tizim о‘qitish, ta’lim berish va tarbiya jarayoni birligi sifatida namoyon bо‘ladi. Shu bilan birga bu tizimda salmoqli tizim sifatida oliy о‘quv yurti о‘quv jarayoni rivojlanishi qonuniyatlariga bevosita ta’sir kо‘rsatadigan ijtimoiy jarayonlar va talablar tizimi ham mavjud.
Shunday qilib, о‘kuv jarayonining muhim tashqi va ichki bog‘liqligini farqlash lozim. Shu asosda ta’lim qonunlari tasniflanadi. Didaktikaning о‘z qonuniyatlari sifatida о‘quv jarayoni komponentlari orasidagi zaruriy, takrorlanuvchi va muhim bog‘lanishlarni kо‘rsatish mumkin.
Sotsial-pedagogik qonuniyatlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
oliy о‘quv yurtidagi ta’lim jarayoni jamiyat ishlab chiqarish taraqqiyotini aks ettiradi;
oliy о‘quv yurtidagi ta’lim jarayoni tarbiya jarayoni va talabalar rivojlanishi bilan qonuniy bog‘langan;
oliy о‘quv yurtidagi о‘quv jarayoni tashqi sharoitga ham qonuniy bog‘liq;
oliy о‘quv yurtidagi о‘qitish va о‘rgatish jarayonlari yaxlit о‘qitish jarayoni bilan, muayyan ta’lim mazmuni bilan, ikki tomonlama qonuniy aloqani tashkil etadi;
talabani u yoki bu faoliyatga о‘rgatish uni shu faoliyatga, maqsadga muvofiq jalb qilish orqali amalga oshiriladi;
о‘qitish maqsadi va oliy о‘quv yurti ta’lim mazmuni, о‘qitish metodlari va shakllari о‘rtasida qonuniy bog‘liqlik mavjud;
о‘quv jarayoni talaba maqsadlarining о‘qituvchi maqsadlariga muvofiq kelgan taqdirdagina davom etadi. Bunda о‘qituvchi faoliyati о‘zlashtirilishi lozim bо‘lgan mazmunga mos bо‘lishi shartdir;
ta’lim mazmunining о‘zlashtirilish sur’ati va mustahkamligi о‘qituvchi tomonidan amalga oshirilishi lozim bо‘lgan о‘quv faoliyatiga talabalarning bilishga bо‘lgan qiziqishini ta’minlash bilan proporsionaldir;
о‘qitish va rivojlantirishning muvaffaqiyatliligi va tezligi talabani u о‘zlashtirishi mumkin bо‘lgan о‘quv-bilish jarayoniga jalb qilinishiga bog‘liq;
anglab olingan о‘quv materiali mazmunining mustahkamligi ushbu mazmunni doimo tо‘liq va qisman takrorlashdan, uni avval о‘zlashtirilgan bilimlar tizimiga kiritishdan kо‘ra muhimdir.
О‘quv jarayoni qonuniyatlarini asoslash yо‘li bilan qо‘lga kiritilgan nazariy bilimlar о‘quv jarayonini kelgusidagi takomillashishiga xizmat qilishi lozim. Buning uchun esa о‘qitishning ilmiy tavsifidan uni loyihalashga, ya’ni nazariyadan amaliyotga о‘tish lozim bо‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |