Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги наманган давлат университети


о‘quv-bilish faoliyatining samaradorligini nazorat qilish va о‘z-о‘zini nazorat qilish



Download 1,6 Mb.
bet46/144
Sana09.02.2022
Hajmi1,6 Mb.
#438142
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   144
Bog'liq
МФУМ Маъруза матн

о‘quv-bilish faoliyatining samaradorligini nazorat qilish va о‘z-о‘zini nazorat qilish:

Og‘zaki nazorat qilish va о‘z-о‘zini nazorat qilish metodlari

Yozma nazorat qilish va о‘z-о‘zini nazorat qilish

О‘z-о‘zini nazorat qilishning laboratoriya-amaliy metodlari

Didaktikada ishlab chiqilgan funksional yondashuv metodlar tizimini yaratish uchun asos bо‘lgan bо‘lib, unda metodlar didaktik maqsadlarga erishishning nisbatan alohida yо‘llari va usullari sifatida namoyon bо‘ladi.


Shunday qilib, tarixiy meros, pedagogik hayot, chet el va о‘z tadqiqotchilarimizning ilmiy mahsulotlari о‘qitishning quyidagi metodlarini belgilash mumkinligini kо‘rsatadi: Oliy maktabdagi о‘qitish metodlari muammosi kо‘p sonli tadqiqotlarining mavjudligiga qaramasdan hali tо‘la hal etilganicha yо‘q. Bu о‘qitish metodlarining dialektikligi, oliy maktabdagi ta’lim mazmunining takomillashuvi, ilmiy-texnik taraqqiyotning о‘sib borishi bilan izohlanadi.
Oliy maktabdagi о‘qitish metodlari muammosini hal qilishdan avval oliy maktabdagi о‘qitish metodlarining о‘ziga xosligini asoslash о‘rinli bо‘ladi. I.T. Ogorodnikov о‘z tadqiqotlarida oliy maktabdagi о‘qitish metodlarining о‘ziga xosligi deganda, uning ilm о‘rganish metodlari bilan yaqinlashuvidadir deb biladi. S.I. Arxangelskiyning fikricha, oliy maktabdagi о‘qitish metodlari nafaqat dars berish usullari va uslublarini birlashtiradi, balki bilishning о‘quv va ilmiy faoliyatga yо‘naltirilgan tizimi ekanligini qayd qiladi. Shunday qilib, oliy maktabdagi о‘qitish metodlari о‘ziga xos xususiyatlarga ega. Endi shunday savol tug‘iladi: Oliy maktab metodlari maktab metodlaridan qay jihatlari bilan farqlanadi?
Maktabda fan asoslari о‘rganiladi, umumiy ta’lim beriladi. Oliy maktabda talaba zamonaviy fanni о‘rganadi va ixtisoslik bо‘yicha ta’lim oladi. Shuning uchun ham oliy maktab metodlari bilimlarni yetkazish va anglashning usullarigina emas, balki fan taraqqiyoti jarayoniga tobora kirib borish, uning metodologik va g‘oyaviy asosini ochish metodi hamdir.
Oliy maktabdagi о‘qitish metodlarini asoslashda didaktika bilan shug‘ullanuvchi olimlar oliy maktabdagi о‘quv jarayonining xususiyatlari va talabalarning bilish faoliyatini qamrab oladilar, talabalarning kasbiy va shaxsiy tayyorgarligi masalalariga katta ahamiyat beradilar. Talabalarning faol ijodiy bilish faoliyati, ularning mustaqil ishlaridan iborat oliy maktab jarayoni ikki guruh о‘qitish metodlarining farqlanishini taqozo qiladi: о‘qitish metodlari va о‘rganish metodlari.
О‘qitish metodlari bilimlarni berish usullari sifatida qaraladi va talabalarning ilmiy bilish faoliyatiga rahbarlik qilishga qaratilgan bо‘ladi hamda о‘quv jarayonida olim pedagogning talabalarga ta’sir kо‘rsatishini shakllantiradi.
О‘rganish metodlari bilim, malaka va kо‘nikmalarni ijodiy egallashga hamda metodik va g‘oyaviy-siyosiy e’tiqodlarni ishlab chiqishga qaratilgan talabalarning ilmiy bilish faoliyati usuli sifatida belgilanadi.
Oliy maktabdagi ta’lim xususiyati о‘quv jarayonini tashkil etishda kо‘rinadi. Maktab ta’limi metodlarni belgilash va о‘qitish shakllarini tashkil qilishni tavsiya etadi, oliy maktabda esa о‘qitish metodlari va shakllari qо‘shilib ketadi, ya’ni oliy maktabdagi dars berish metodi ayni zamonda о‘qitishning tashkiliy shakli ham hisoblanadi. Oliy maktabdagi о‘qitish metodlari о‘ziga qо‘shimcha yuklanma – mashg‘ulotni tashkil etishni ham oladi.
Oliy maktabdagi о‘qitish metodlari tasnifi masalasi о‘zining dolzarb­li­gini saqlab qoladi. Oliy maktabdagi о‘qitish metodlari tasnifining didaktik yondashuvlari umumdidaktik yondashuvlarga monelik qilmaydi, balki ularni rivojlantiradi. Ular oliy maktabdagi о‘quv jarayonining xususiyat­lari, ularning didaktik vazifalari xarakteriga asoslanadi.
Oliy maktabda о‘qitish va о‘rganish metodlari quyidagi guruhlardan iborat keng tarqalgan tasniflarga borib taqaladi.
Bilimlarni berish, idrok etish va о‘zlashtirish, e’tiqodni shakllantirishni ta’minlovchi metodlar. Metodlarning bu guruhiga leksiya, talabalarning mustaqil ishlari, mustaqil tahsil olish bо‘yicha ishlar, ishlab chiqarish jarayonlarini kuzatish, maslahatlar, kо‘rsatma berish, ommaviy axborot, programmalashtirilgan materiallarni idrok etish va boshqalar kiradi.
Bilimlarni tatbiq etish va mustahkamlash, malaka va kо‘nikmalarni hosil qilish, e’tiqodni chuqurlashtirish metodlari. Bu guruhga seminar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari, nazorat ishlarini bajarish, programmalashtirilgan о‘qituv kabinetlaridagi mashg‘ulotlar, ishlab chiqarish amaliyoti kiradi.
Bilimlar, e’tiqodlarni shakllantirish, talabalarning kasbiy tayyorgarligini aniqlash metodlari. Bu о‘quv jarayonining reyting baholari, kollogiumlar, suhbat о‘tkazish, kurs va diplom ishlari loyihalari va davlat attestatsiyasi natijalarini baholashdir.
Bu tasnif konkret materiallar imkoniyatlarini belgilovchi eng muhim sifatlari asosiga qurilgan.
Birinchi guruhdagi shunday sifatlarga bilimlarni idrok qilish va о‘zlashtirish, ikkinchi guruhga – tatbiq etish va mustahkamlash, uchinchi guruhga – attestatsiya va bilimlarni aniqlash taalluqlidir.
Oliy maktabdagi о‘qitish metodlari tizimiga quyidagi talablar qо‘yiladi:
metodlar tizimi ta’limiy funksiyaga ega bо‘lishi lozim. Bu didaktik maqsadlar va о‘qitish vazifalariga erishishning eng qulay usulidir;
metodlar tizimi tarbiyalov-takomillashuv funksiyasiga ega bо‘lishi lozim. Bunda talabalarning mustaqil ishlari, vazifalari, ularning ishga ijodiy yondashuvi hal qilinadi, talabalarning shaxsiy sifatlari, bilim, malaka va kо‘nikmalar egallashga bо‘lgan ehtiyojlari shakllanadi, ularning diqqati, irodasi, hissiyoti, xotirasi, tafakkuri о‘sadi.
Eng jiddiy didaktik muammolardan biri ta’lim metodlarini tanlash nimaga bog‘liq degan masaladir.
Didaktikaga oid adabiyotlarda о‘qitish metodlarining quyidagi bog‘liqliklari qayd qilinadi:

  1. birinchidan, о‘quv mashg‘ulotlarining didaktik maqsadlari va vazifalariga bog‘liq;

  2. ikkinchidan, bayon qilinadigan materialning xarakteriga bog‘liq;

  3. uchinchidan, ta’lim oluvchilarning bilimi va rivojlanish darajasiga bog‘liq;

  4. tо‘rtinchidan, о‘quv jarayonida о‘rganilayotgan fan asoslarining muayyan (hozirgi) davrdagi metodlariga bog‘liq;

  5. beshinchidan, oliy о‘quv yurti yoki kafedraning sharoitlariga bog‘liq;

  6. oltinchidan, о‘quv jarayonining moddiy-texnik ta’minoti bilan bog‘liq;

  7. yettinchidan, о‘qituvchining pedagogik mahorati, uning tayyorgarligi va о‘quv jarayonini tashkil etish darajasi, о‘qituvchining hozirgi zamon metodlari bо‘yicha bilimlariga bog‘liq.

Shunday qilib, oliy maktabdagi о‘quv jarayoni о‘qitishning shakl va metodlarida tashkil etiladigan kо‘pqirrali yaxlit tizim doirasida amalga oshiriladi. Bunda har bir shakl о‘z oldiga qо‘ygan vazifalarni bajaradi, lekin shakl va metodlar tо‘plami yagona didaktik majmuani (kompleksni) hosil qiladi. Didaktik majmuaning amalga oshirilishi о‘quv jarayonining psixologik-pedagogik qonuniyatlari bilan belgilanadi. О‘zbekiston Respublikasidagi oliy ta’limni isloh qilishning dolzarb vazifasi talabalarning о‘quv-bilish faoliyatini jonlantirish, о‘quv jarayoniga yangi texnologiyalarni tatbiq etishga xizmat qiladigan о‘qitishning shakl va metodlarini takomillashtirishdan iboratdir.

Download 1,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish