2. . Darslarning tiplari va strukturasi. Dars – darslarning butun tizimidagi zveno bо‘lib, ulardan har biri о‘zining ma’lum vazifasini hal qiladi. Bu vazifa о‘qitish zvenolaridan kelib chiqadi. Bunday ayrim darslar barcha zvenolarni, boshqalari faqat ayrimlarini, uchinchilari faqat bittasini qamrab olishi mumkin. Darslar qancha zvenoni qamrab olishi va qanday vazifalarni hal etishiga kо‘ra turlicha strukturaga ega bо‘lgan tiplarga bо‘linadi. Struktura – bu dars qismlarining nisbati va о‘zaro bog‘lanishi bо‘lib, ular о‘z vazifasi va о‘qituvchi bilan о‘quvchilar faoliyati xarakteri bilan farq qiladi.
Demak, yetakchi didaktik vazifa va strukturaga kо‘ra darslar quyidagi tiplarga bо‘linadi:
1) kombinatsion darslar (о‘qituvchi yangi materialni tushuntiradi, mustahkamlaydi, takrorlaydi, kontrol qiladi);
2) yangi materialni о‘rganish darslari;
3) bilim, kо‘nikma va malakalarni mustahkamlash darslari
4) mashqlar va amaliy ishlar darslari;
5) umumlashtiruvchi takrorlash darslari;
6) laboratoriya darslari;
7) о‘quvchilar bilimini nazorat qilish, tekshirish va baholash darslari, bundan tashqari standart bо‘lmagan, innovatsion dars shakllari ham keng qо‘llaniladi: seminar-darslar, konferensiya-darslar, rolli о‘yinlar, integrallashgan darslar.
Aralash yoki kombinatsion dars о‘zida о‘quv ishlarining turli maqsad va turlarini aks ettiradi
- о‘tilgan material ustida ishlash
- yangi mavzularni anglash va о‘zlashtirish
- amaliy kо‘nikma va malakalarni hosil qilish
Shu bilan bog‘liqlikda aralash darsda odatda quyidagi strukturaviy komponentlar ajraladi.
- о‘quvchilarni darsga tayyorlash
- takrorlash-umumlashtirish ishlari
- yangi materialni anglash va о‘zlashtirish ishlari
-bilimlarni amaliyotda qо‘llash kо‘nikma va malakalarini shakllantirish ishlari bо‘yicha ishlar
- uyga vazifa
Yangi materialni bayon qilish darslari. О‘qituvchi tomonidan о‘quvchilarni yangi material ustida ishlashdan xabardor qiladi va о‘rta va yuqori sinflarda katta hajmli va murakkab materiallarni о‘rganishda muvaffaqiyatli qо‘llaniladi.
Bunday dars strukturasi: о‘quvchilarni darslarga jalb etish, dars maqsadlarini qо‘yish; qisqa tekshrish, uyga vazifa.
О‘rganilgan materialni mustahkamlash va amaliy kо‘nikma va malakalarni hosil qilish darslari uning yanada chuqurroq anglash va о‘zlashtirish, amaliy kо‘nikma va malakalarni amaliyotda qо‘llash maqsadidan kelib chiqib, hamma sinflarda alohida mavzuni yoki bо‘limlarni о‘rganilgandan keyin о‘tilgan materialni takrorlashga yо‘naltirilib о‘tkaziladi.
Takrorlash, tizimlashtirish va umumlashtirish darslari о‘quv dasturining katta bо‘limlarini takrorlash bilan bog‘liq va darhol mavzularni о‘rganilgandan keyin yoki о‘quv yili oxirida о‘tkaziladi.
Dars tuzilishi zamonaviy dars amaliyoti va nazariyasida prinsipial, ahamiyatga ega, xuddiy shunday ta’limda samaradorligi va natija egaligini aniqlab beradi. Dars elementlari sifatida quyidagi tarkibiy qismlar ajratiladi:
- yangi materialni о‘rganish;
- uyga vazifa;
- bilimlarni nazorat qilish;
- bilimlarni umumlashtirish va tizimlashtirish;
- о‘rganilgan materiallarni mustahkamlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |