Oliy maktab amaliyotida qanday didaktik tamoyillar amalga oshiriladi?
Oliy maktabdagi didaktik tamoyillar tizimiga quyidagilar kiradi: ilmiylik, qulaylik, izchillik, uzviylik, nazariyaning amaliyot bilan bog‘liqligi, onglilik, faollik va mustaqillik, kо‘rgazmalilik, mustahkamlik, guruh qilib о‘qitish hamda unda individual yondashishni qо‘shib olib borish, о‘qitishning tarbiyalovchi va takomillashtiruvchi xarakteri, о‘qitishning kasbiy yо‘naltirilganligi.
О‘qitish metodlari
Pedagogikaga oid adabiyotlarda о‘qitish metodlariga katta ahamiyat beriladi. Didaktika bilan shug‘ullanuvchilar metodni о‘quv jarayonining о‘zagi, kо‘zlangan maqsad va pirovard natijani bog‘lovchi vosita deb izohlaydilar. О‘qitish metodi “о‘qitishning maqsadi – mazmuni, metodi, shakli, usullari” tizimida muhim о‘rin egallaydi.
Metod deganda, ta’limda maqsadga erishish, masalalarni hal qilish yо‘llari, usullari tushuniladi. О‘qitish metodi tarkibida usullar alohida ajralib turadi. Usul – metodning unsuri bо‘lib, uning tarkibiy qismi, metodni amalga oshirishda bir martagina qо‘llanadi va alohida qadam hisoblanadi.
О‘qitish metodi – murakkab, kо‘p qirrali, kо‘p sifatlarga ega bо‘lgan ta’limdir. О‘qitish metodida о‘qitishning obyektiv qonuniyatlari, maqsadlari, mazmuni, tamoyillari, shakllari о‘z aksini topadi. Metodlar boshqa didaktik kategoriyalarga dialektik bog‘liq va biri bshqalarini taqozo qiladi, ya’ni о‘qitishning maqsadi, mazmuni, shakli hosilasi sifatida metodlar didaktik kategoriyalarga aks ta’sir kо‘rsatadi.
Metodlar tuzilmasida obyektiv va sub’ketiv jihatlar ajralib turadi.
Metodlarning obyektiv jihatlarida barcha didaktik qoidalar, qonunlar va qonuniyatlar, tamoyillar va ta’riflar, shuningdek, mazmun butunligining doimiy komponentlari, о‘quv faoliyatining shakllariga xos bо‘lgan umumiy jihatlar aks etadi.
Metodlarning subyektiv jihati pedagog shaxsi, ta’lim oluvchilarning о‘ziga xosligiga va konkret sharoitga bog‘liq bо‘ladi.
О‘qitish metodlarining kо‘p о‘lchovliligi ularning kо‘plab tasnifini keltirib chiqardi.
О‘qitish metodlari tasnifi - bu muayyan belgilar asosida tartibga solingan tizimdir.
Didaktik tadqiqotlar о‘qitishni dialektik jarayon sifatida о‘rganadi. Bunga kо‘ra о‘qitish metodlari tizimi dinamikada, harakatda, ta’lim mazmunida yuz berayotgan barcha о‘zgarishlarni hisobga olingan holda deb qaraladi.
Eng asoslangan о‘qitish metodlari tasniflariga quyidagilar kiradi:
An’anaviy metodlar. Bu metodlarning ibtidosini ilk falsafiy va pedagogik tizimlar tashkil etadi. Hozirgi davrda ulardan beshtasi inobatga olinadi: amaliy, kо‘rgazmali, ifodali, kitob bilan ishlash, video metodlar.
Maqsadiga kо‘ra metodlar tasnifi: (M.A. Danilov, B.P. Yesinov)
bilimlarni egallash;
malaka va kо‘nikmalarni shakllantirish;
bilimlarni qо‘llash;
ijodiy faoliyat;
mustahkamlash metodlari;
bilim, malaka va kо‘nikmalarni tekshirish metodlari.
Idrok etish-bilish faoliyati xarakteriga kо‘ra metodlar tasnifi:
tushuntirish – illyustrativ (axborot – retseptiv). Ularning xarakterli xususiyatlari; bilimlar “tayyor holda” tavsiya etiladi; bu bilimlarni idrok qilish tashkil etiladi; bilimlar idrok (retsepsiya) qilinadi va tushunib olinadi, xotiraga joylashtiriladi;
reproduktiv metod: bilimlar tayyor holda tavsiya etiladi, bilim nafaqat bayon qilinadi, balki tushuntiriladi; bilimlar ongli о‘zlashtiriladi, ularning tushunilishi va eslab qolinishiga erishiladi, bilimlarning mustahkamligi tez-tez takrorlash yо‘li bilan ta’minlanadi.
muammoli bayon qilish metodi;
qisman ijodiy (evristik) metod. Bilim tayyor holda tavsiya etilmaydi, balki u mustaqil ravishda egallanadi; yangi bilimlarni qidirish, izlash tashkil etiladi; bilish vazifalari bо‘yicha mustaqil fikr yuritiladi, muammoli vaziyatlar yaratiladi va hal qilinadi;
tadqiqiy metod. Bunda muammo belgilab olinadi, muammoning tadqiqoti jarayonida bilim egallanadi.
Didaktik maqsadi bо‘yicha (T.I. Shukina, I.T. Ogorodnikov va boshqa) quyidagilar farqlanadi:
ilk bor bilimlarni о‘zlashtirish metodlari;
egallangan bilimlarni mustahkamlash va takomillashtirish metodlari.
О‘qitish metodlarining binar (qо‘sh) va polinar (kо‘pqirrali) tasnifi. M.I. Mahmutovning binar tizimi dars berish metodi va о‘rgatish metodi majmuidan iborat:
Dars berish metodi
|
О‘rganish metodi
|
Axborot berish – bayon qilish
Tushuntirish
Kо‘rsatma berish – amaliy
Tushuntirish – ishontirish
Ishontirish
|
Ijro etish
Reproduktiv
Produktiv – amaliy
Qisman ijodiy
Ijodiy
|
О‘qitishning polinar tasnifi V.F. Palamarchuk va V.I. Palamarchuk tomonidan ishlab chiqilgan. Bu tasnif bilimlar manbai, bilish faolligi darajasi, о‘quv bilimlarining mantiqiy yо‘llari yig‘indisidan tarkib topadi. Didaktika bо‘yicha nemis mutaxassisi L. Klinberg tasnifida metodlarni о‘qitishdagi hamkorlik shakllari bilan birga olib qaraydi:
Monologik metodlar
|
Hamkorlik shakllari
|
Dialogik metodlar
|
Leksiya
Hikoya
namoyish qilish
|
Individual
Guruh
Frontal
Kollektiv
|
Suhbat
|
Akademik Y.K. Babanskiy о‘qitish metodlarining uch guruhini belgilaydi:
о‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlari:
Ifodali
Kо‘rgazmali
Amaliy
|
Induktiv va deduktiv
|
Reproduktiv va muammoli – ijodiy
|
О‘qituvchi rahbarligida mustaqil ish metodlari
|
Manbalari
|
Mantiq
|
Tafakkur
|
Boshqaruv
|
о‘quv-bilish faoliyatini motivatsiyalash va stimullash metodlari:
О‘rganishga qiziqish uyg‘otishni stimullash va motivatsiyalash metodlari
|
О‘rganishda burch va mas’uliyatni stimullash va motivatsiyalash metodlari
|
Do'stlaringiz bilan baham: |