Birinchidan, har bir о‘qituvchi о‘z mutuxasislik fani bо‘yicha chuqur bilimga va ayni vaqtda ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy va g‘oyaviy tomondan ham chuqur ilmiy-nazariy bilimga ega bо‘lishi;
Ikkinchidan, о‘zidagi ilmiy-nazariy bilimlarni о‘quvchi shaxsiga yetkaza olish uchun zamonaviy pedagogik va axborot-komunikatsion texnoligiyalarni amalda qо‘llay olish malakasiga ega bо‘lishi kabilardir.
Ta’kidlash lozimki, mazkur talablar hozirda qaysidir ma’muriy idora tomonidan qо‘yilayotgan va bajarilmay qolgan taqdirda qandaydir ma’muriy choralar bilan bartaraf etilsa bо‘ladigan talablar emas. Aksincha bu talablar bugungi kun pedagogiga davr tomonidan qо‘yilayotgan, bajarilmay qolgan taqdirda uning zararli oqibatlari bir necha avlodni xayotini izdan chiqarib yuborishi mumkin bо‘lgan talablardir.
Yuqoridagi talablardan kelib chiqib, aytadigan bо‘lsak, hozirda mazkur talablarni qay darajada tushunib yetmoqdamiz va ularga nechog‘lik amal qilmoqdamiz?
Kuzatishlar natijasiga kо‘ra mazkur savolga javob beradigan bо‘lsak hozirda ham ta’lim muassasalarida yuqoridagi talablarni tushunib yetmagan yoki mazkur talablarga tо‘la javob bera olmaydigan pedagoglarni borligi ma’lum bо‘ladi. Aynan mana shunday pedagoglarning darslarida о‘qituvchi quruq axborot berish, matnlarni bayon qilish, tezroq yanada tezroq ma’ruza о‘qish bilan ovvora bо‘lib qolmoqda. Dars jarayonida о‘quvchilarning yangiliklarni qabul qilish darajasi, har xil hoxish-istaklari va ularning darsga munosabati inobatga olinmagan holda aksincha, ularni quruq yodlatishga, qanday yо‘l bilan bо‘lsada baho olishga о‘rgatib qо‘yilmoqda. Asosiy muammo qо‘yilgan baholar bо‘yicha kimni yaxshiroq, kimni yomonroq deb aytishda emas, balki, qо‘yilayotgan baholar о‘quvchilarni maktab tashqarisida, real hayotda as qotadigan qobiliyatlarni rivojlantirishga undamasligidadir. О‘qituvchi tomonidan dars jarayonida shunga о‘xshash muammolarni keltirib chiqarilayotganligi real hayotda maktabni bazо‘r tugatgan yosh tadbirkor oliy ma’lumotli sinifdoshidan bir necha barobar kо‘p pul topa olishi va yaxshi yashashi mumkinligi maktabdagi an’anaviy ta’limni kamchiliklarini kо‘rsatib qо‘ymoqda. Bu jarayon maktabni bazо‘r tugatgan yosh tadbirkor о‘z davrida “yomon” о‘qigan bо‘lsada hayotida mustaqil fikrlashini saqlab qola olganligi, oliy ma’lumotli sinfdoshi esa, maktablardagi an’anaviy ta’lim jarayonida “a’lo” о‘qib, о‘qituvchining gegomonligi sababli о‘zida mustaqil fikrlashni yо‘qotib borganligi bilan izohlanadi.
Shunday ekan, hozirgi shiddatli, axborotlashgan, murakkab davrda yashayotganligimizni xisobga olsak, bugungi kun aynan shu davrning murakkab vaziyatlarida yashash malakasiga ega bо‘lgan, о‘z mustaqil fikrga ega avlodni tarbiyalashni taqozo etmoqda. Buning uchun barcha fan ta’lim tizimi xodimlari kasbiy va mafkuraviy jihatdan avvalo о‘z mutaxassisligini chuqur bilish va ayni vaqtda jahonda va mamlakatimizda bо‘layotgan ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy va g‘oyaviy jarayonlardan boxabar bо‘lib borish talab etilmoqda.
Bugungi kun ta’lim tizimi xodimi yosh avlod ongi va qalbiga milliy g‘oyani singdirish uchun albatta axborot olish, uni qayta ishlash va ta’lim-tarbiya jarayonida axborotni yoshlarga yetkazishda ishlatiladigan texnika va texnologiyalardan foydalanishni bilishi lozim. Hozirgi sharoitda axborot komunikatsion texnologiyalar sohasida ta’lim tizimi xodimlari uchun qо‘yilayotgan minimal talablar quyidagilardan iborat:
Kompyuter va uning barcha qurilmalari (printer, skayner kabilar)dan mustaqil foydalana olish;
Kompyuterdagi MS Word, MS Power Point va MS Excel dasturlarini amalda ishlata olish;
Internet tarmog‘iga mustaqil kira olish va u yerdan ta’lim-tarbiyaga oid materiallarni kо‘chira olish kabilardir.
Ta’lim tizimi xodimlari mazkur bilimlarga ega bо‘lsalar ular о‘z faoliyatida axborot olish, uni qayta ishlash va dars jarayonida axborotni о‘quvchiga yetkazish kо‘nikma va malakalariga ega bо‘ladilar. Ta’lim tizimi xodimlarini bunday kо‘nikma va malakalarga ega bо‘lishlari albatta darslarda milliy g‘oyani о‘quvchilarga singdirish jarayoni yanada jonlantiradi va uning ta’sir quvvati yanada ortishiga olib keladi.
Har bir dars oldiga ta’limiy-tarbiyaviy va rivojlantiruvchi ya’ni bir-biri bilan uzviy aloqada bо‘lgan uch yoqlama maqsadlar qо‘yiladi. Zamonaviy darsni tashkil qilish shartli ravishda о‘qituvchi va о‘quvchilarning о‘zaro aloqalariga bog‘liq bо‘lib, bu jarayonda о‘quv materiallari, ta’lim metodlari va axborot komunikatsion texnologiyalari ham asosiy rol о‘ynaydi. Darsni tashkil etishda о‘qituvchi rahnamoligida о‘quvchilar birgalikda harakat qiladilar. Bunday darslarda о‘quvchiga obe’kt emas, balki shu darsning ishtirokchisi – subekti sifatida qaralishi, har bir о‘quvchining individual hususiyatlarini xisobga olinishini ta’minlab beradi. Darsning natijasini aniqlash ham avvalo har bir о‘quvchining indidual о‘zlashtirishidan kelib chiqqan holda guruhiy va jamoaviy natijalarni aniqlash orqali amalga oshiriladi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, ta’lim-tarbiya jarayonida о‘quvchilarga milliy g‘oyani singdirish uchun dars jarayoniga zamonaviy yondashuv, ya’ni ta’lim-tarbiya jarayonida pedagogik va axborot texnologiyalarni qо‘llash muhim ahamiyatga egadir. Binobarin, ta’limda о‘quvchilarga milliy g‘oyani singdirishdan kо‘zlangan asosiy maqsad ularni mustaqil fikrlovchi, sobit e’tiqodli, vatanparvar, barkamol shaxs etib tarbiyalash ekan hozirgi kunda bu natijalarga ta’limda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarni qо‘llamasdan turib erishib bо‘lmaydi. Shunday ekan, hozirgi zamon Ta’lim tizimi xodimlari о‘z faoliyatlari uchun zarur bо‘lgan, о‘quvchilarni fanga bо‘lgan qiziqishlarini oshiruvchi, darsning maqsadiga erishishni ta’minlab beruvchi zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarni о‘rganishi hamda ularni amalda qо‘llay olish kо‘nikma va malakalariga ega bо‘lishlari lozimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |